×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TONZILGON N draje N100

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Алтей лекарственный, кора дуба, Ромашки цветки, трава тараксачи, трава тысячелистника, хвощ полевой, яломис фолиа
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- R02AA
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
69 400 s`om dan
TONZIPRET tabletkalari N50 Bionorica SE Germaniya
60 000 s`om dan
TONZILOTREN tabletkalari N60 Deutsche Homoopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG, Германия произведено: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co.KG Germaniya
80 600 s`om dan
ADJISEPT pastilkalar so vkusom meda N24 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
19 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TONZILGON N draje N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TONZILGON® N

TONSILGON® N

Preparatning savdo nomi: Tonzilgon® N

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tomchilar

Tarkibi:

100 g Tonzilgon® N tomchilari quyidagi o‘simliklarning 29 g suvli­spirtli ajralmalarini saqlaydi:

Althaeae radix (Gulhayri ildizi)                          0,4 g

Chamomillae flores (Moychechak gullari)                0,3 g

Equiseti herba (Qirqbo‘g‘im o‘ti)                              0,5 g

Joglandis folia (Yong‘oq bargi)                                  0,4 g

Millefolium herba (Bo‘ymadaron o‘ti)                       0,4 g

Quercus cortex (Eman po‘stlog‘i)                             0,2 g

Taraxaci herba (Dorivor momoqaymoq o‘ti)           0,4 g

Etanol tarkibi: 19% (hajm nisbatida)

Qo‘shimcha ingredientlar: tozalangan suv.

Ta‘rifi: ichga qabul qilish uchun tomchilar: tiniq yoki biroz xira sariq­jigarrang rangli, o‘ziga xos xidli va moychechak ta‘mli suyuqlik. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar bo‘lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: og‘iz-halqum kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.

ATX kodi: R02AR30.

Farmakologik xususiyatlari

Eksperimental tadqiqotlarning natijalari Tonzilgon® N fagositlar va tabiiy killer hujayralarini oshishi hisobiga immun tizimiga modulyator ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar Tonzilgon® N yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial va antiviral ta‘sirga ega ekanini ko‘rsatdi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tekshiruv ma‘lumotlari preparatning barcha faol moddalari haqidagi ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.

 

Qo‘llanilishi

– yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit);

– respirator virusli infeksiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infeksiyalarda antibiotiklar bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kasallikni rivojlanishining o‘tkir davrida: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 2­5 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 5­6 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 5­6 marta qabul qiladilar. Kasallik yengillashganidan keyin davolanishni yana 1 hafta davom ettirish kerak.

O‘tkir simptomlar yengillashganidan keyin: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 2­5 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Tomchilar suyultirilmagan xolda qabul qilinadi, yutishdan oldin biroz vaqt davomida og‘izda tutib turiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar va me‘da­ichak buzilishlari bo‘lishi mumkin.

Moychechak gullarini saqlovchi preparatlar boshqa murakkab guldoshlar oilasiga mansub o‘simliklariga (masalan, oddiy shuvoq, bo‘ymadaron o‘ti, xrizantema, dastorgulga) yuqori sezuvchanligi bor odamlarda kesishgan reaksiyalar tufayli allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xususan murakkab guldoshlar oilasi o‘simliklariga. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibakterial vositalar bilan birga ishlatilishi mumkin va maqsadga muvofiqdir.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar simptomlar yo‘qolmasa, shuningdek tana harorati oshganida, hansirash, yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.

Ichga qabul qilish uchun tomchilar alkogol saqlaganligi sababli, ularni alkogolizm bilan kasallangan bemorlar, shuningdek alkogolizmni muvaffaqiyatli davolashdan so‘ng qabul qilish mumkin emas. Alkogolni saqlanishi jigar kasalliklari, tutqanog‘i va bosh miya kasalliklari bo‘lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhi pasientlarida qo‘llanganida e‘tiborga olinishi kerak.

Flakonni ishlatishda uni vertikal xolatda ushlang. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar va xiralashish bo‘lishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Tonzilgon® N tomchilarini qabul qilishdan oldin uni chayqatish kerak!

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar: 50 va 100 ml.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Tegishli sharoitlarda saqlash ta‘minlansa, ichga qabul qilish tomchilar 2 yil yaroqlilik muddati ega.

Ochilgan flakonlar 6 oy davomida ishlatilishi mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptciz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TONZILGON N draje N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TONZILGON N draje N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TONZILGON N draje N100 dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TONZILGON N draje N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TONZILGON N draje N100 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Narh: 87 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tomchilar 50ml
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9