×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FENKAROL tabletkalari 10mg N20

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Farmakoterapevtik guruh:
- tizimli foydalanish uchun antigistaminlar, tizimli foydalanish uchun boshqa antigistaminlar.
Faol modda:
Хифенадин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Олайнфарм, АО
Vakil:
- Olainfarm
ATX kodi:
- R06АХ31
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 247 ta dorixonasida topildi

ico 40 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 58 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 48 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg xifenadin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, kal'tsiy stearati.

Ta'rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi tsilindrik, riskali va bir tomonida faskali tabletkalar.

Сhiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin fol'gali kontur uyali o'ramda (blisterda).

2 blister (20 tabletka) qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Tabletkalar
Xifenadin gidroxloridi (xifenadin) - antigistamin vosita, a'zolar va ularning tizimlariga gistaminning ta'sirini kamaytiradi. Bu guruhdagi klassik dori vositalaridan farq qilib, Xifenadin alohida ta'sir mexanizmiga ega. Dori vositasi periferik to'qimalarda gistamin N1-retseptorlarni bloklaydi, shuningdek diaminoksidaza (gistaminaza) fermentini faollashtiradi, shu orqali to'qimalarda gistamin darajasini kamaytiradi. Shu bilan boshqa gistaminga qarshi vositalar bilan davolash samarasiz bo'lgan bemorlar uchun xifenadin ning samaradorligi tushuntiriladi. Xifenadin past lipofillikka ega, shuning uchun gematoentsefalik to'siq orqali yomon o'tadi, bosh miya to'qimalarida serotoninni dezaminizatsiya jarayonlariga va monoaminoksidaza fermentlarining faolligiga kuchsiz ta'sir qiladi. Xifenadin gistaminning toksik ta'sirini kamaytiradi, bronxokonstriktor ta'sir va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirni bartaraf etadi yoki susaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'siri va uning kapillyarlarning o'tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Xifenadin o'rtacha serotoninga qarshi va kuchsiz xolinolitik faollikka ega, adrenolitik faollikka ega emas. Xifenadin yaqqol namoyon bo'lgan qichishishga qarshi va desensibilizatsiya qiluvchi ta'sirga ega.

So'rilishi

Dori vositasining 45% me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi va 30 minutdan keyin organizm to'qimalarida aniqlanadi. Qon plazmasida faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga bir soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, kamroq miqdorda esa o'pka va buyrakda, juda kam miqdorda esa – bosh miya to'qimalarida kuzatiladi. Dori vositasi past lipofillikka ega va bosh miyadagi uning darajasi past (0,05% dan kam), bu markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sirini yo'qligini tushuntiradi, lekin shaxsiy yuqori sezuvchanlikda kuchsiz sedativ samara kuzatilishi mumkin.

Metabolizmi

Xifenadin jigarda metabolizmga uchraydi.

Eliminatsiyasi (tanadan chiqarilishi)

Metabolitlar va dori vositasining o'zgarmagan qismi asosan siydik, safro va o'pka orqali chiqariladi. Ichak orqali dori vositasining so'rilmagan qismi chiqariladi. Dori vositasining asosiy qismi va uning metabolitlari (taxminan 44%) siydik bilan 48 soat davomida va yana 1% keyingi 48 soat davomida chiqariladi.

Boshqa dori vositalari kabi Xifenadin barcha patsientlarda namoyon bo'lmasa ham, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Noxush nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanish tez-tezligi bo'yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: bosh og'rig'i, uyquchanlik.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: og'izni qurishi.

Tez-tez emas: dispeptik ko'rinishlar (ko'ngil aynishi, qusish), ular odatda dori vositasining dozasi kamaytirilganda yoki bekor qilinganda o'tib ketadi.

Agar Sizda ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan biron-bir nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa yoki ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlardan birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo'lsa, iltimos shifokorga murojaat eting.

Shifokor retseptisiz beriladi.
Xifenadin MNT ga yaqqol susaytiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, lekin ayrim hollarda kuchsiz sedativ samara kuzatiladi.

Pollinoz, o'tkir va surunkali eshakemi, allergik rinit, allergik kon'yunktivit, angionevrotik shish, dermatozlar (ekzema, neyrodermit, teri qichishishi va boshqalar), dori vositalarini yoki ozuqa moddalarini qabul qilish bilan bog'liq allergik reaktsiyalarda qo'llanadi.

Dori vositasining ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning dastlabki uch oyligida; homiladorlikning keyingi davrida ham qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Bolani ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Xifenadin alkogol' va uxlatuvchi vositalarning markaziy nerv tizimiga (MNT) ga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Xifenadin kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega, lekin me'da-ichak yo'llarining motorikasi susayganda sekin so'riladigan dori vositalarning (masalan bilvosita ta'sir etuvchi antikoagulyantlar - kumarinlar) so'rilishi kuchayishi mumkin.
25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Oq yoki deyarli oq rangli, yassi tsilindrik, riskali va bir tomonida faskali tabletkalar.
Fenkarol® ovqatdan keyin darhol ichga qabul qilinadi.

3 yoshgacha bo'lgan bolalarda doza 5 mg (yarim tabletka) kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

3 yoshdan 7 yoshgacha – 10 mg kuniga 2 marta.

7 yoshdan 12 yoshgacha – 10-15 mg kuniga 2-3 marta.

Davolash kursi davomiyligi 10-15 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo'lganida davolash kursini takrorlash mumkin.

12 yoshdan oshgan bolalarga Fenkarol 25 mg tabletkasi preparatini qo'llash tavsiya etiladi.

Agar preparatni qabul qilishni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz bu yodingizga tushgan zahoti qabul qiling, lekin keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo'lsa qabul qilishni o'tkazib yuboring. Dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.

Fenkarol tabletkalari 2 yoshdan kichkina bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan.
Dozani oshirib yuborishga shubha bo'lganda darhol shifokorni chaqiring.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar berilmagan.

Simptomlari: dori vositasining yuqori dozalari shilliq qavatlarni qurishi, bosh og'rig'i, qusish, ovqat hazm bo'lishini buzilishini chaqirishi mumkin.

Davolash: simptomatik va organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turuvchi davolashni ta'minlash kerak. Maxsus antidoti yo'q. 

Homiladorlikning dastlabki uch oyligida ushbu dori vositasini qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning keyingi davrida ham uni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Xifenadinning ona sutiga o'tishi bo'yicha tadqiqotlar mavjud emas, shu bois bolani ko'krak suti bilan emizish davrida mazkur dori vositasini buyurish tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan preparatni jigar kasalliklari uchun buyurish kerak.
Ehtiyotkorlik bilan preparatni buyrak kasalligi uchun buyurish kerak.
Yurak-qon tomir tizimi, me'da-ichak yo'llari, jigar va/yoki buyrakning og'ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositasi shakar saqlaydi

Agar shifokor sizn biror-bir shakarlarni o'zlashtiraolmaslikdan ogohlantirgan bo'lsa,  ushbu dori vositasini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlikning dastlabki uch oyligida ushbu dori vositasini qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning keyingi davrida ham uni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Xifenadinning ona sutiga o'tishi bo'yicha tadqiqotlar mavjud emas, shu bois bolani ko'krak suti bilan emizish davrida mazkur dori vositasini buyurish tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va murakkabmexanizimlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ish faoliyati tezkor jismoniy yoki ruhiy reaktsiyani talab qiladigan shaxslar (transport vositalari haydovchilari va boshqalar) dori vositasi sedativ ta'sir ko'rsatishi mumkunligini birlamchi tekshirib ko'rishlari kerak (qisqa muddatli buyurish yo'li bilan). Dori vositasining sedativ ta'siri namoyon bo'lgan shaxslarda transport vositalari va xavfli mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.

Bolalar va o'smirlar 

Fenkarol tabletkalari 2 yoshdan kichkina bo'lgan bolalar uchun mo'ljallanmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FENKAROL tabletkalari 10mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FENKAROL tabletkalari 10mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FENKAROL tabletkalari 10mg N20 dori vositasi Олайнфарм, АО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FENKAROL tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FENKAROL tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FENKAROL tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Хифенадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • Vakil: Olainfarm
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
FENKAROL tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Хифенадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • Vakil: Olainfarm
Narh: 77 900 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REMANTADIN kapsulalar 100mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VAZOMAG kapsulalar 250mg N40
VAZOMAG kapsulalar 500mg N30
NOOFEN poroshok 100mg N15
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
NOOFEN kapsulalar 250mg N20
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
ADAPTOL tabletkalari 500mg N20
Narh: 81 900 so'mdan Batafsil
FENKAROL tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Хифенадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • Vakil: Olainfarm
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
FENKAROL tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Хифенадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • Vakil: Olainfarm
Narh: 77 900 so'mdan Batafsil
VAZOMAG inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
ETASIZIN tabletkalari 50mg N50
Narh: 145 500 so'mdan Batafsil
ADAPTOL kapsulalar 300mg N20
Narh: 58 900 so'mdan Batafsil
FURAMAG kapsulalar 50mg N30
Narh: 81 400 so'mdan Batafsil
FURASOL poroshok 100mg N5
Narh: 40 900 so'mdan Batafsil
FENAZEPAM tabletkalari 1mg N50
REMANTADIN kapsulalar 100mg N30
REMANTADIN tabletkalari 50mg N20
NEYROMIDIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5mg/ml N10
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
PASK NATRIY poroshok 12,5g N25
FENAZEPAM tabletkalari 0,5mg N50
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50
GISTAFEN tabletkalari 50mg N20
FURADONIN tabletkalari 0,1g N20
GRIPOFLEKS 750 poroshok 5g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9