×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOZEPAM tabletkalari 10mg N50

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Faol modda:
оксазепам
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Олайнфарм, АО
ATX kodi:
- N05BA04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RISPAKSOL tabletkalari 4mg N60 Гриндекс, АО Latviya
322 500 s`om dan
SENTRAL B kapsulalar N30 Rotapharm Limited Buyuk Britaniya
53 700 s`om dan
FENIBUT tabletkalari 250mg N20 ООО «Озон» Rossiya
15 600 s`om dan
RESPONGIL tabletkalari 4mg N20 РЕПЛЕК ФАРМ Лтд. Makedoniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOZEPAM

NOZEPAM

 

Preparatining savdo nomi: Nozepam

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksazepam (oxazepam).

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg oksazepam;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, qand, polivinilpirrolidon, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli, yassisilindrik tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitik vositalar, benzodiazepin hosilalari.

ATX kodi: N05BA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nozepam preparatining ta‘sir etuvchi moddasi – oksazepam benzodiazepin hosilasi bo‘lib, o‘rtacha anksiolitik, shuningdek sedativ va uxlatuvchi ta‘sirlarga ega. Anksiolitik ta‘siri xavotirlik, qo‘rquv hissi va qo‘zg‘alishni kamayishi ko‘rinishida; sedativ ta‘siri – psixomotor qo‘zg‘alishni va diqqatni jamlashni kamayishi, reaksiya tezligini pasayishi ko‘rinishida; uxlatuvchi ta‘siri – xavotirlik chaqirgan uyqusizlik hollarida uyquga ketishga va uyqu davomiyligini oshishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Miorelaksasiya qiluvchi va tirishishga qarshi ta‘siri kamroq namoyon bo‘lgan.

Ta‘sir mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan. Trankvilizatorlar po‘stloq osti markazlari (talamus va limbik tizim) qo‘zg‘alishlarini, shuningdek miorelaksasiya chaqiruvchi polisinaptik spinal reflekslarni susaytiradi deb taxmin qilinadi. Benzodiazepin hosilalari GAMK-ergik jarayonlarni kuchaytirib, spesifik benzodiazepin reseptorlari bilan bog‘lanib, o‘zining po‘stloq osti markazlariga ta‘sirini amalga oshiradi va shu orqali tinchlantiruvchi samara chaqiradi.

Farmakokinetikasi

Oksazepam me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (90-100%) so‘riladi. Faol moddaning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga bir martalik doza qabul qilingandan keyin 1-3 soat o‘tgach erishiladi.

Oksazepamning 95-98% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi
0,6-2 l/kg ni tashkil etadi. Takroriy dozalar qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi barqaror konsentrasiyasiga 2-3 kun davomida erishiladi. Oksazepam gematoensefalik to‘siq, shuningdek yo‘ldosh to‘sig‘i orqali oson kiradi, ko‘krak suti bilan ajraladi.

Oksazepam jigarda oksazepam-o-glyukuronidgacha (asosiy faol bo‘lmagan metaboliti) tez metabolizmga uchraydi. Bundan tashqari yana 6 ta faol bo‘lmagan metabolitlarining oz miqdori, qisman glyukuronid metabolitlari aniqlangan. Yarim chiqarilish davri har bir odamda individual bo‘ladi va 5 soatdan 15 soatgachani tashkil qiladi.

Dozaning 87% dan ko‘prog‘i metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan, 10% dan kamrog‘i – ichak yo‘llari orqali chiqariladi.

Buyrak yetishmovchiligi holatida metabolik klirensi va erkin oksazepamning qon plazmasidagi konsentrasiyasi norma chegarasida bo‘ladi, lekin oksazepam-o-glyukuronidning davomli yarim chiqarilish davri tufayli to‘planishi mumkin. Ahlat bilan chiqarilishi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasiga qarab oshadi.

Oksazepamning metabolizmi jigarda amalga oshganligi tufayli, jigar yetishmovchiligi holatida oksazepamning terapevtik samarasi va nojo‘ya reaksiyalari kuchayishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Xavotirlik, qo‘rquv, qo‘zg‘alish, yuqori ta‘sirchanlik bilan birga kechuvchi nevrotik holatlar.

Xavotirlik holati chaqirgan uyqusizlik.

Alkogolli abstinent sindromini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Nozepam depressiya yoki depressiya bilan bog‘liq xavotirlikni monoterapiyasida qo‘llanmaydi.

Har kungi muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan tanglik va bezovtalik, preparatni qo‘llashga ko‘rsatma bo‘lmaydi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Terapevtik samaraga erishish uchun minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Davolash kursi imkoniyat darajada qisqa bo‘lishi kerak.

Xavotirlik, qo‘rquv, qo‘zg‘alish, yuqori ta‘sirchanlik bilan birga kechuvchi nevrotik holatlar: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 24 soat davomida 10-30 mg 3-4 martani tashkil qiladi. Ambulator davolashda odatda sutkalik doza 20-30 mg (ikki qabulda – ertalab va kechqurun) ni tashkil qiladi. Og‘irroq hollarda doza 3 qabulga bo‘lib, 60 mg gacha oshiriladi, ko‘proq qismini kechasiga buyuriladi. 60 mg dan yuqori sutkalik doza faqat stasionar davolashda buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza – 120 mg.

O‘tkir hollarda bir martalik doza yoki bir necha kun davomida davolash bilan cheklanish mumkin.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Nozepamni qo‘llash mumkin emas.

Xavotirlik holati chaqirgan uyqusizlikda: 10-30 mg dan uyquga ketishdan yarim soat-bir soat oldin. Maksimal bir martalik doza – 50 mg.

Alkogolli abstinent sindromini majmuaviy davolashda: 10-30 mg dan kuniga 3-4 marta.

Keksa yoshdagi, zaif bemorlar uchun, jigar va buyraklar funksiyasini buzilishlari, yurak va o‘pka yetishmovchiligida, shuningdek bosh miyadagi organik o‘zgarishlarda sutkalik doza 10 mg (ertalab va kechqurun 5 mg) ni tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida ehtiyotlik bilan 15 mg gacha oshiriladi.

Davolash davomiyligi

Davolash boshlanganidan taxminan 2 haftadan keyin preparatni qabul qilishni davom ettirilishi uchun ko‘rsatmalar borligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki 4 haftadan ko‘proq uzluksiz qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Nozepamni har kuni bir necha hafta davomida qo‘llash jismoniy va ruxiy qaramlikni chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli davolashning zarurati bo‘lganida (bir necha oy) bo‘lib-bo‘lib davolash usuli qo‘llanadi – bir necha kunga qabul to‘xtatiladi va yana individual ravishda tanlangan terapevtik doza uni qo‘llashga qaytiladi.

Dozani asta-sekin pasaytirib, ayniqsa yuqori dozalar qo‘llaganidan keyin, preparatni qo‘llash bekor qilinadi. Preparatni keskin bekor qilish abstinensiya sindromini chaqirishi mumkin.

Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz va keyingi dozani qabuligacha vaqt oralig‘i yetarli bo‘lsa, kechiktirmasdan dozani qabul qiling. Hech qachon dozani ikki marta qabul qilmang.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nozepam boshqa dori vositalari kabi garchi ular hamma pasientlarda bo‘lmasada nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi bo‘yicha tasnifi: juda tez-tez – (≥1/10); tez-tez – (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Nojo‘ya ta‘sirlar individual hisoblanadi va dozaning kattaligiga bog‘liq.

Qon va lifatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda – qon yaratilishini buzilishlari (leykopeniya).

Ruhiyatni buzilishlari

Tez-tez emas – dezorientasiya.

Kam hollarda – paradoksal reaksiyalar (yaqqol qo‘zg‘alish, uyqusizlik, gallyusinasiyalar, alahsirash, tajavuzkorlik, noadekvat hulq). Paradoksal reaksiyalar odatda keksa yoshdagi va ruhiy kasalligi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek preparat va alkogolni bir vaqtda qo‘llagandan keyin kuzatiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez – uyquchanlik, yengil bosh og‘riqlari, reaksiyani sekinlashishi, harakat koordinasiyasi va muvozanatni buzilishlari (ayniqsa 65 yoshdan oshgan pasientlarda). Ushbu nojo‘ya ta‘sirlar ko‘pincha davolashni boshida kuzatiladi va davolash davom ettirilganda odatda kamayadi.

Tez-tez emas – bosh aylanishi, nutqni buzilishi (noaniq nutq), xotirani buzilishi. Yaqqol nojo‘ya ta‘sirlar rivojlangan hollarda, preparat dozani pasaytirib ularning yaqqolligi va uchrash tez-tezligi kamaytiriladi.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Noma‘lum – ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda ikkilanish).

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Kam hollarda – ahamiyatsiz gipotenziya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, ovqat hazm qilishni buzilishi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda – sariqlik belgilari bilan kechuvchi jigar funksiyasini buzilishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda – terining allergik reaksiyalari.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – mushak kuchsizligi.

Kam hollarda – tremor.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez – siydikni tutib turolmaslik yoki siydikni tutilishi.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – hayz siklini buzilishi, libidoni pasayishi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez emas – umumiy holsizlik.

Davolash vaqtida diagnostika qilinmagan depressiya oldi holati yuzaga kelishi mumkin.

Nozepamning terapevtik dozalari qo‘llanilganda jismoniy va ruhiy qaramlik rivojlanishi mumkin. Alkogolizm va narkomaniya bilan xastalangan pasientlar qaramlik rivojlanishiga moyildirlar.

Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lsa, yoki ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya ta‘sirlari ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni so‘raymiz.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • oksazepamga, benzodiazepinning boshqa hosilalariga va/yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
  • og‘ir nafas yetishmovchiligi (shu jumladan nostabil Myasthenia gravis)
  • o‘tkir o‘pka yetishmovchiligi
  • uyqudagi apnoe sindromi (uyquda nafas funksiyasini buzilishi)
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi
  • surunkali psixozlar
  • o‘tkir porfiriya
  • emizish davri
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar yoki alkogol bilan zaharlanishda preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolash davrida va preparat bekor qilinganidan keyin 3 kun davomida alkogolli ichimliklarini iste‘mol qilish mumkin emas.

Oksibat natriy va ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Davolovchi shifokorni Siz qabul qilayotgan hamma, shuningdek reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida ham albatta xabardor qiling.

Bir vaqtda natriy oksibati (benzodiazepinlar natriy oksibatining ta‘sirini kuchaytiradi) va ritonavir (qon plazmasida anksiolitik vositalarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin) bilan qo‘llash mumkin emas.

Simetidin, disulfiram, fluvoksamin oksazepamning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini susaytirishni kuchaytirib, organizmdagi metabolizmini susaytiradi (qon plazmasida oksazepamning konsentrasiyasini oshiradi).

Alfa-adrenoblokatorlar, umumiy narkoz uchun vositalari, trisiklik antidepressantlar, gistaminga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, opioid analgetik vositalar, baklofen, lofeksidin, moksonidin, nabilon, tizanidin Nozepamning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Rifampisin Nozepamning ta‘sirini susaytirib, organizmda benzodiazepinlarning metabolizmini tezlashtiradi (qon plazmasida oksazepamning konsentrasiyasini pasaytiradi).

Nozepam fenitoinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi ham, pasaytirishi ham mumkin.

Nozepam levodopani ta‘sirini susaytirishi mumkin (ta‘sir antagonizmi).

Nozepam bilan bir vaqtda AAF ingibitorlari, adrenergik neyronlarning blokatorlari, alfa-blokatorlar, angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari, beta-blokatorlar, kalsiy kanallarining blokatorlari, diuretik vositalar, nitratlar, klonidin, metildopa, moksonidin, diazoksid, gidralizin, minoksidil yoki nitroprusid qo‘llanganida, ko‘rsatilgan dori vositalarining arterial bosimni pasaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Alkogol bilan bir vaqtda iste‘mol qilinganida markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siri kuchayadi, shuningdek ko‘zda tutilmagan paradoksal reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Nozepamni buyurganda benzodiazepinlarni qo‘llashga taalluqli umumiy ma‘lumotlarni e‘tiborga olish kerak.

Tolerantlik

Nozepamni bir necha xafta davomida muntazam qo‘llash uning samaradorligini kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu pasientda terapevtik samaraga erishish maqsadida dozani mustaqil oshirish istagini chaqirishi mumkin.

Doriga qaramlik

Nozepamni bir necha xafta davomida har kuni qo‘llash jismoniy va ruhiy qaramlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun davolashni eng past samarali dozada eng qisqa vaqt davomida olib borish kerak. Dozani va qo‘llash davomiyligini oshirish qaramlik rivojlanishiga olib keladi. Alkogolga qaramlik yoki anamnezida boshqa dori vositalariga qaramligi bo‘lgan pasientlarda qaramlik rivojlanishi xavfi oshadi.

Doriga qaramlik rivojlangan hollarda preparatni qo‘llashni to‘satdan to‘xtatish bekor qilish sindromi yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Bekor qilish sindromiga xarakterli simptomlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: bosh og‘rig‘i, mushakda og‘riq, hayajonlanish yoki emosional zo‘riqish, harakat kuchsizligi, bezovtalik, ongni chalkashishi holati va dezorientasiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik. Og‘ir hollarda derealizasiya, shaxsni buzilishi, taktil, akustik va yorug‘lik giperstaziyasi, “chumoli o‘rmalashi”ni his qilish va qo‘l-oyoqlarni uvishishi, gallyusinasiyalar yoki tirishish xurujlari.

Bekor qilish sindromidan saqlanish uchun Nozepamni, preparatning dozasini bir necha xafta davomida pasaytirib, qo‘llashni asta-sekin bekor qilish kerak.

Ayrim bemorlarda bekor qilish sindromi hatto preparatni, ayniqsa yuqori dozalarni qisqa muddat qo‘llagandan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Anterograd amneziya

Benzodiazepinlar, shu jumladan Nozepam anterograd amneziya chaqirishi mumkin. Ushbu holat ko‘pincha preparatni, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanilgandan keyin bir necha soat davomida yuzaga keladi. Uyquni buzilishlari holatida oksazepam qabul qilayotgan pasientlarda anterograd amneziya xavfini kamaytirish uchun Nozepamni uyqudan bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi, bu 7-8 soatlik uzluksiz uyquni ta‘minlaydi.

Paradoksal reaksiyalar

Benzodiazepinlar, shu jumladan Nozepam yaqqol bezovtalik, qo‘zg‘alish, g‘azab, tajavuzkorlik, gallyusinasiyalar, alahsirash, uyqusizlik, noadekvat hulq va hulqning boshqa noxush ko‘rinishlari kabi paradoksal reaksiyalar chaqirishi mumkin. Bu reaksiyalar ko‘pincha keksa yoshdagi va ruhiy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanilgandan keyin kuzatiladi. Paradoksal reaksiyalar yuzaga kelgan hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Keksa yoshdagi va jismonan zaif bo‘lgan pasientlarda noxush nojo‘ya reaksiyalar (xotirani buzilishi, makonda orientasiyani va koordinasiyani buzilishi) rivojlanishi xavfi tufayli, Nozepamning dozasini kamaytirish kerak.

Nafasning surunkali buzilishlari bo‘lgan pasientlarda nafasni susayishi xavfi tufayli, Nozepamni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Nozepamning dozasini kamaytirish kerak. Og‘ir jigar yetishmovchiligi holatida qo‘llash mumkin emas (jigar komasi xavfi).

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Nozepamni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, dozani kamaytirish lozim.

Psixozlari bo‘lgan pasientlarda Nozepamni qo‘llash tavsiya etilmaydi (surunkali psixozlar holatida qo‘llash mumkin emas).

Endogen depressiya simptomlari bo‘lgan pasientlarda Nozepamni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bu pasientlar o‘z joniga qasd qilishga moyillikka egadirlar. Dozani oshirib yuborilishi xavfi tufayli, Nozepamni eng past dozada buyurish kerak.

Depressiya yoki depressiya gumon qilingan holatlarda Nozepamni monoterapiya sifatida qo‘llash mumkin emas. Ushbu preparat bilan monoterapiya o‘z joniga qasd qilish moyilligini oshiradi.

Dori vositalari yoki alkogolni suiiste‘mol qilishga moyil pasientlarda (shu jumladan anamnezida) Nozepamni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ushbu guruh pasientlarda Nozepamni qo‘llashni qat‘iy nazorat qilish kerak, chunki u jismoniy va ruhiy qaramlik rivojlanishining yuqori xavfiga ega.

Davolash vaqtida va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 3 kun davomida alkogolni qabul qilish mumkin emas.

Uzoq vaqt davolaganda qon manzarasi va jigar funksiyasini ko‘rsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Agar Nozepam bilan davolash vaqtida boshqa dori vositalari buyurilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ularning o‘zara ta‘siri kuzatilishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Yordamchi moddalar

Tabletkaning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi. Galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Tabletkaning tarkibiga qand kiradi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromi yoki saxaraza-azomaltazani yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Oksazepam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hozirgi vaqtda oksazepamning teratogen ta‘siri haqida yagona fikr yo‘q, lekin benzodiazepinlar yuz suyaklarini bitmasligi va yurak-qon tomir anomaliyalarini chaqirishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar bor. Homiladorlik davrida oksazepamni muntazam, yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas. Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Homiladorlikning oxirgi oylarida yoki tug‘ruqdan oldin preparatning yuqori dozalarini qo‘llash tranzitor gipotermiya, gipotenziya va nafas olishni buzilishi, sedasiya, emiz refleksini sustligi, “lanj bola” sindromini chaqirishi mumkin.

Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Oksazepam ko‘krak suti bilan ajraladi, uning ko‘krak sutidagi konsentrasiyasi ona plazmasidagi konsentrasiyasining taxminan 10% ni tashkil qiladi. Bolada qaramlik va nafas olishni buzilishi rivojlanishi mumkin.

Transport vositasining boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash vaqtda transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli mexanizmlarga xizmat qilish  mumkin emas, chunki preparat diqqat va reaksiya tezligini pasaytiradi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganida darhol shifokorni chaqirish kerak.

Oksazepam dazasi oshirib yuborilganda o‘lim kam hollarda kuzatilgan. Alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda oksazepamning toksikligi ahamiyatli darajada oshadi.

Simptomlari: uyquchanlik, ongni chalkashishi, harakat koordinasiyani va muvozanatni buzilishi, nutqni buzilishi, gipotenziya, markaziy nerv tizimini susayishi, hatto komagacha. Og‘ir intoksikasiya holatida nafasni susayishi va qon aylanishini susayishi (sianoz) rivojlanishi mumkin. Agar markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa preparatlar yoki alkgol bir vaqtda qo‘llanilsa, benzodiazepinlar pasientning xayoti uchun xavf tug‘diradi.

Davolash choralari. So‘rilishni kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi (doza oshirib yuborilgandan keyin bir soat davomida maqsadga muvofiq). Simptomatik davolash buyuriladi, xayot uchun muhim funksiyalarni tutib turish va monitoringini ta‘minlash kerak. Benzodiazepinlar chaqirgan nafasni susayishi xolatida flumazenil samarali vosita bo‘lib hisoblanadi. Gemodializ samarasiz.

Har qanday preparatning dozasi oshirib yuborilishini davolaganda, pasient turli preparatlarni qabul qilgan bo‘limi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

5 kontur uyali o‘ramdan rus  va davlat tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 dori vositasi Олайнфарм, АО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOZEPAM tabletkalari 10mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FENKAROL tabletkalari 10mg N20
Narh: 40 300 so'mdan Batafsil
REMANTADIN kapsulalar 100mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VAZOMAG kapsulalar 250mg N40
VAZOMAG kapsulalar 500mg N30
NOOFEN poroshok 100mg N15
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
NOOFEN kapsulalar 250mg N20
Narh: 134 000 so'mdan Batafsil
ADAPTOL tabletkalari 500mg N20
Narh: 103 800 so'mdan Batafsil
FENKAROL tabletkalari 25mg N20
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
FENKAROL tabletkalari 50mg N30
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
VAZOMAG inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
ETASIZIN tabletkalari 50mg N50
Narh: 175 000 so'mdan Batafsil
ADAPTOL kapsulalar 300mg N20
Narh: 75 700 so'mdan Batafsil
FURAMAG kapsulalar 50mg N30
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
FURASOL poroshok 100mg N5
Narh: 53 600 so'mdan Batafsil
FENAZEPAM tabletkalari 1mg N50
REMANTADIN kapsulalar 100mg N30
REMANTADIN tabletkalari 50mg N20
NEYROMIDIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5mg/ml N10
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
PASK NATRIY poroshok 12,5g N25
FENAZEPAM tabletkalari 0,5mg N50
GISTAFEN tabletkalari 50mg N20
FURADONIN tabletkalari 0,1g N20
GRIPOFLEKS 750 poroshok 5g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9