×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 20 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

OFLO infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
23 000 s`om dan
KLAFORAN poroshok 1,0g N1 Sanofi Aventis Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. А.S. Turkiya
47 800 s`om dan
SEF-OD kapsulalar 400mg N5 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
55 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
250 mg dan kapsulalar. 6 kapsuladan kontur-uyali o'ramda. 1, 2 yoki 3 ta kontur uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo'lib, bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Makrolid antibiotiklarning yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig'lanish o'chog'ida yuqori kontsentrasiyasi hosil bo'lganida bakterisid ta'sir ko'rsatadi.

Azitromisinning ta'sir mexanizmi mikrob hujayralarining oqsil sintezini bostirishi bilan bog'liq. Ribosomani 50S-subbirligi bilan bog'lanib peptidtranslokazani translyasiya bosqichida susaytiradi va bakteriyalarni o'sishi va ko'payishini sekinlashtirib, oqsil sintezini bostiradi. Yuqori kontsentrasiyalarda bakteriosid ta'sir ko'rsatadi.

Qator grammusbat, grammanfiy, anaeroblar, hujayraichi va boshqa mikroorganizmlarga nisbatan faollikka ega.

Mikroorganizmlar boshidanoq antibiotikning ta'siriga chidamli bo'lishi yoki unga chidamlilikni orttirishi mumkin.

Azitromisinga mikroorganizmlarning sezgirligining shkalasi (MIK, mg/l)

Mikroorganizmlar


MIK (mg/l)

Sezgir

Chidamli

Staphylococcus

≤1

>2

Staphylococcus A, V, S, G

≤0,25

>0,5

Streptococcus pneumonia

≤0,25

>0,5

Haemophilus influenzae

≤0,12

>4

Moraxella catarrhalis

≤0,5

>0,5

Neisseria gonorrhoeae

≤0,25

>0,5


Ko'pchilik holatlarda azitromisin preparati grammusbat aerob bakteriyalarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumoniae (penisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes; grammanfiy anaerob bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida, Neisseria gonorrhoeae; anaerob bakteriyalar: Clostridium perfrigens, Fusobacterium spp., Prevotella spp., Porphyromonas spp.; boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalium, Borrelia burgadorferi.

Azitromisinga chidamlilik rivojlantirishi mumkin bo'lgan mikroorganizmlar: grammusbat anaeroblar – Sterptococcus pneumoniae (penisillinga chidamli shtammlar).

Boshidanoq chidamli mikroorganizmlarga: grammusbat aeroblar – Enterococcus faecalis, Staphylococci (metisillinga chidamli stafilokokk shtammlari makrolidlarga juda yuqori chidamlilik namoyon qiladi); eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalar; anaeroblar – Bacteroides fragilis.

So'rilishi

Preparat me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog'liq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin azitromisinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (SMax) 2,5-2,9 soatda erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Azitromisin nafas yo'llariga, urogenital yo'llarining a'zolari va to'qimalariga (xususan, prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi kiradi. Oqsillar bilan qayta bog'lanishi qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga teskari proportsional va 7-50% ni tashkil etadi. Gistogematik to'siqlar orqali engil o'tadi va to'qimalarga yaxshi kiradi. To'qimalardagi yuqori kontsentrasiyalari (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi, azitromisinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog'lanishi, hamda uning eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rn past bo'lgan lizosomalar atrofidagi muhitda ko'proq to'planishi bilan bog'liq. Bu, o'z navbatida, katta taxminiy taqsimlanish hajmini (V- 31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Hujayra membranalari orqali o'tadi (hujayraichi qo'zg'atuvchilari chaqirgan infektsiyalarda samarali). Azitromisinning ko'proq lizosomalarda to'planish qobiliyati, ayniqsa hujayralni qo'zg'atuvchilarining chiqarilishi uchun muhimdir. Infektsiya joyiga fagositlar tomonidan etkazib beriladi, u erda bakteriyalar ishtirokida ajralib chiqadi. Fagositlarning azitromisinni infektsiya joylashgan joyga etkazib berishi isbotlangan, u erda fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Azitromisinning kontsentrasiyasi infektsiya o'choqlarida sog'lom to'qimalardagiga nisbatan ishonchli (o'rtacha 24-34% ga) yuqori va yallig'lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagositlardagi yuqori kontsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatiga amalda ta'sir qilmaydi. Azitromisin deyarli uning faoliyatiga ta'sir etmaydi. Azitromisin yallig'lanish o'chog'ida bakterisid kontsentrasiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Metabolizmi

Preparat jigarda demetillanish yo'li bilan faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Azitromisinning qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda sodir bo'ladi: yarim chiqarilish davri preparat qabul qilingandan keyin 8 soatdan 24 soat oralig'ida
14-20 soatni va 24 soatdan 72 soat oralig'ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu esa preparatni sutkada 1 marta qo'llash imkoniyatini beradi. Azitromisinning terapevtik kontsentrasiyasi oxirgi doza qabul qilinganidan so'ng 5-7 kungacha saqlanib qoladi. Asosiy chiqarilish yo'li – o't suyuqligi bilan, asosan, o'zgarmagan holda, 50% - ichak orqali, 6% buyrak orqali chiqariladi.

Har qanday dori vositasi kabi, azitromisin-Nika ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Nojo'ya samaralarining tez-tezligi JSST tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% - <10%), tez-tez emas (≥0,1% - <1%), kam hollarda (≥0,1% - 0,1%), juda kam hollarda (<0,01%), tez-tezligi noma'lum (bor ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).

Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:

- infektsion kasalliklar: tez-tez emas – kandidoz (shu jumladan og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati va genitaliyni), pnevmoniya, faringit, gastroenterit, respirator kasalliklar, rinit; tez-tezligi noma'lum – soxtamembranoz kolit.

- qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya; juda kam xollarda – trombositopeniya, gemolitik anemiya.

- moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez emas – anoreksiya.

- nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas - bosh aylanishi, ta'm sezishni buzilishi, paresteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, asabiylik; kam xollarda – ajitasiya; tez-tezligi noma'lum – gipesteziya, xavotirlik, tajovuskorlik, hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, hid sezishni yo'qolishi, hid bilishni buzilishi, ta'm bilishni yo'qolishi, miasteniya, alahsirash, gallyusinasiyalar.

- ko'rish a'zolari tomonidan: tez-tez emas – ko'rishni buzilishi.

- eshitish a'zosi tomonidan va labirintli buzilishlar: tez-tez emas – eshitishni buzilishi, vertigo; tez-tezligi noma'lum – hatto karlikkacha eshitishni buzilishi va/yoki quloqlarda shovqin.

- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak urishini sezish, yuzga qonni oqib kelishi; tez-tezligi noma'lum – AB pasayishi, EKG da QT intervalini oshishi, "piruet" turi aritmiya, qorincha taxikardiyasi.

- nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, burundan qon ketishi.

- me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – diareya; tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og'riq; tez-tez emas – meteorizm, dispepsiya, qabziyat, gastrit, disfagiya, qorinni dam bo'lishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi, kekirish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yarasi, so'lak bezlari sekresiyasini oshishi; juda kam xollarda – tilning rangini o'zgarishi, pankreatit.

- jigar va o't-safro chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas – gepatit; kam xollarda – jigar funktsiyasini buzilishi, xolestatik sariqlik; tez-tezligi noma'lum – jigar etishmovchiligi (kam hollarda ko'rinishida o'lim bilan yakunlanuvchi og'ir jigar funktsiyasini buzilishi), jigar nekrozi, fulminant gepatit.

- tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – osteoartrit, mialgiya, belda og'riq, bo'yinda og'riq; tez-tezligi noma'lum – artralgiya.

- buyrak va siydik-chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas – dizuriya, buyrak sohasida og'riq; tez-tezligi noma'lum – interstisial nefrit, o'tkir buyrak etishmovchiligi.

- jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – metrorragiya, tuxumdonlar funktsiyasini buzilishi.

- teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, eshak Emi, dermatit, terini quruqligi, ko'p terlash; kam xollarda – fotosensibilizasiya reaktsiyasi, o'tkir yoyilgan ekzantematoz pustulezi (AGEP); tez-tezligi noma'lum – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema.

- allergik reaktsiyalar: tez-tez emas - angionevrotik shish, o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi; tez-tezligi noma'lum – anafilaktik reaktsiyalar.

- boshqa holatlarda: tez-tez emas – asteniya, lohaslik, charchoqlik hissi, yuz shishi, ko'krakda og'riq, isitma, periferik shish.

- laboratoriya ma'lumotlari: limfositlar miqdorini pasayishi, eozinofiliyalar miqdorini oshishi, bazofillar miqdorini oshishi, monositlar miqdorini oshishi, neytrofillar miqdorini oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar kontsentrasiyasini pasayishi; tez-tez emas – ast, Alt faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida mochevina kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida kaliy miqdorini o'zgarishi, qon plazmasida IF faolligini oshishi, qon plazmasida xlor miqdorini o'zgarishi, qon plazmasida glyukoza kontsentrasiyasini oshishi, trombositlarni miqdorini oshishi, gematokritni oshishi, qon plazmasida bikarbonat kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida natriy miqdorini o'zgarishi kuzatilishi mumkin.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringizga, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Preparatni bir dozasini qabulini o'tkazib yuborilgan hollarda, dozani mumkin qadar ertaroq, keyingisini – 24 soat tanaffuslar bilan qabul qilish kerak.

Preparat antasid preparatlarni qabul qilishdan, hech bo'lmaganda, 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilinishi kerak.

Boshqa antibakterial preparatlarni qabul qilishdagi kabi, azitromisin bilan davolashda chidamli mikroorganizmlar va superinfektsiya rivojlanishini belgilari, shu jumladan zamburug'lar mavjudligiga pasientlarni muntazam tekshirish kerak.

Azitromisinni yo'riqnomada ko'rsatilgandan davomliyroq kurslar bilan qo'llash mumkin emas, chunki azitromisinning farmakokinetik xususiyatlari qisqa va oddiy dozalash tartibini tavsiya qilish imkoniyatini beradi.

Azitromisin va ergotamin hamda digidroergotamin hosilalari orasida ehtimoliy o'zaro ta'sirlashuv haqida ma'lumotlar yo'q, lekin makrolidlarni ergotamin va digidroergotamin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llashda ergotizmning rivojlanishi tufayli, ushbu majmua tavsiya qilinmaydi.

Azitromisinni uzoq vaqt qabul qilishda, engil diareya ko'rinishida ham og'ir kolit ko'rinishida ham Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin.

Azitromisinni qabul qilish fonida, shuningdek davolash tugagandan keyin 2 oy o'tgach antibiotik – assosiasiyalangan (diareya rivojlanganda) soxta membranoz kolitni istisno qilish kerak.

Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.

Makrolidlar, shu jumladan azitromisin bilan davolashda, yurak aritmiyalari xavfini, shu jumladan "piruet" turini aritmiyani oshiruvchi yurak repolyarizasiyasini va QT intervalini uzayishi kuzatilgan.

Proaritmogen omillari (ayniqsa keksa yoshdagi blar), shu jumladan QT intervali tug'ma yoki orttirilgan uzayishi bo'lgan pasientlarda; ІA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlarni (moksifloksasin va levofloksasin) qabul qilayotgan pasientlarda, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya hollarida, klinik ahamiyatli bradikardiyada, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak etishmovchiligida azitromisinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Azitromisinni qo'llash miastenik sindromi rivojlanishini chaqirishi yoki miasteniyani kuchayishini chaqirishi mumkin.

Jigar funktsiyasini buzilishida qo'llanishi

Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan fulminant gepatit pasientlarda va og'ir darajali jigar etishmovchiligida rivojlanishi mumkin bo'lganligi uchun azitromisinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Tez oshib boruvchi asteniya, sariqlik, siydikni to'qlashishi, qon ketishiga moyillik, jigar entsefalopatiyasi kabi jigar funktsiyasini buzilishini, simptomlari jigarning funktsional holatida bo'lganda azitromisin bilan davolashni to'xtatish va tekshirishni o'tkazish kerak.

Jigar funktsiyasini og'ir darajali buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha S sinfi) qo'llash mumkin emas.

Buyraklar funktsiyasini buzilishida qo'llanilishi

Buyrak funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali (kk>40 ml/min) buzilishida, buyrak funktsiyasini holatini nazorati ostida azitromisin bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan olib borish kerak.

Buyraklar faoliyatini og'ir darajali (kk <40 ml/min) buzilishida qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Agar siz azitromisin-Nika bilan davolanish vaqtida homilador ekanligingiz ma'lum bo'lsa darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish yoki to'xtatish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo'llash faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra va faqat qat'iy tibbiy nazorat ostida, onaga uchun mo'ljallangan foyda homila uchun mumkin bo'lgan potentsial xavfdan ustun tursagina qo'llash mumkin.

Preparatni laktasiya davrida qo'llashning zarurati bo'lganda emizishni to'xtatish kerak.

JSST azitromisinni homiladorlarda xlamidiy infektsiyasini davolashda tanlov preparat sifatida tavsiya etadi.

Pediatriyada qo'llanilishi

Tana vazni <45 kg bo'lgan (250 mg va 500 mg kapsulalari uchun) 12yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ayrim nojo'ya ta'sirlarni (uyquchanlik, konvulsiyalar, gallyusinasiyalar, deliryum, bosh aylanishi, hushidan ketish) rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak.



Противопоказан в детском возрасте до 12 лет с массой тела <45 кг (для капсул 250 мг и 500 мг).

Влияние на способность управлять автомобилем и сложными механизмами

Следует принимать во внимание возможность развития некоторых побочных эффектов (сонливость, судороги, галлюцинации, бред, головокружения, обмороки), которые могут повлиять на способность управлять транспортными средствами и механизмами.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklar:

- yuqori nafas yo'llarining va LOR-a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o'rta otit);

- quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, surunkali pnevmoniyani zo'rayishi, bronxit);

- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);

- Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo'lmagan uretrit, tservisit);

- Layma kasalligining (borrelioz) boshlang'ich bosqichi, ko'chib yuruvchi eritema (erythema migrans);

- Helicobacter pylori bilan assosiyasiyalangan me'da va o'n ikki barmoqli ichakning kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo'llanadi.



Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

AZITROMISIN-NIKA ni quyidagi hollarda qo'llamang:

- azitromisinga, eritromisinga, boshqa makrolidlarga yoki ketolidlarga, yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- jigar funktsiyasini og'ir darajali buzilishi;

- buyrak funktsiyasini og'ir darajali (kk<40 ml/min) buzilishi;

- fenilketonuriya;

- ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish;

- tana vazni <45 kg bo'lgan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (250 mg va 500 mg kapsulalari uchun);

Ehtiyotkorlik bilan: miasteniya; jigar funktsiyasini og'ir va o'rtacha darajali buzilishi; buyrak funktsiyasini (kk<40 ml/min) og'ir va o'rtacha darajali buzilishi; proaritmogen omillari mavjud bo'lgan pasientrlar (ayniqsa keksa pasientlarda) – QT oralig'ini tug'ma yoki orttirilgan uzayishi, IA (xinidin, prokainamid) va III sinfi (dofetilid, amiodaron va sotalol) aritmiyaga qarshi preparatlar tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopramid), ftorxinolonlar (moksifloksasin va levofloksasin) bilan davolanayotgan, suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiyasi, klinik ahamiyatli bradikardiyasi, aritmiyasi yoki og'ir yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar; digoksin, varfarin, Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.

Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Antasid preparatlar

Antasid vositalar azitromisinning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, lekin qonda Smax ni 30% ga pasaytiradi, shuning uchun azitromisinni bu preparatlarini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Tsetirizin

Sog'lom odamlarda azitromisinni 5 kun davomida tsetirizin (20 mg) bilan birgalikda qo'llash farmakokinetik o'zaro ta'sirlashuv va QT oralig'ining ahamiyatli o'zgarishiga olib kelmagan.

Digoksin (R-glikoprotein substratlari)

Makrolid antibiotiklarini, shu jumladan digoksin kabi azitromisinni R-glikoprotein substratlari bilan bir vaqtda qabul qilish, qon zardobida R-glikoproetin substrat kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Shunday qilib, azitromisin va digoksin bir vaqtda qo'llanilganda, qon zardobida digoksinning kontsentrasiyasini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Zidovudin

Azitromisinni (bir marta 1000 mg qabul va ko'p marta 1200 mg yoki 600 mg qabul) bir vaqtda qabul qilish farmakokinetikaga ahamiyatsiz, shu jumladan zidovudinni yoki uning glyukuronid metabolitini buyrak orqali chiqarilishiga ta'sir qiladi. Biroq azitromisinni qo'llash periferik qondagi mononuklearlarda klinik faol metaboliti, fosforlangan zidovudinning kontsentrasiyasini oshishini chaqirgan.

Azitromisin tsitoxrom R450 tizimi izofermentlari bilan kuchsiz o'zaro ta'sir qiladi. Azitromisinni eritromisin va boshqa makrolidlarning o'zaro farmakokinetik ta'sirilarida ishtirok etishi aniqlanmagan. Azitromisin va tsitoxrom R450 tizimining ingibitorlari va izofermentlarini ingibitorlari induktori ham hisoblanmaydi.

Shoxkuya alkaloidlari

Nazariy ergotizm paydo bo'lishi mumkinligini hisobga olib, azitromisinni shoxkuya alkaloidlari hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Bir vaqtda azitromisin va metabolizmi tsitoxrom R450 tizimi izofermentlari ishtirokida yuz beradigan preparatlari qo'llanganda farmakokinetik tadqiqotlar o'tkazilgan.

Atovastatin

Atorvastatin (har kuni 10 mg dan) va azitromisinni (har kuni 500 mg dan) bir vaqtda qo'llash qon plazmasida atorvostatinning kontsentrasiyasini o'zgarishini chaqirmagan (GMK-KoA-reduktazani ingibirlanishini taxlili asosida). Biroq ro'yxatga olishdan keyingi davrda azitromisin va statinlarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda rabdomioliz hollari haqida alohida xabarlar olingan.

Tsimetidin

Tsimetidin azitromisindan 2 soat oldin qabul qilingan sharoitda, bir martalik dozada qabul qilinganda tsimetidinning azitromisin farmakokinetikasiga ta'siri bo'yicha farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin farmakokinetikasining o'zgarishi aniqlanmagan.

Bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar (kumarin hosilalari)

Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin sog'lom ko'ngillilarda varfarinning bir martalik 15 mg dozasini antikoagulyantlar samarasiga ta'sir qilmagan. Azitromisin va bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar (kumarin xosilalari) bir vaqtda qo'llangandan keyin antikoagulyant samarani potentsiyalanishi haqida xabar berilgan. Sabab aloqasi aniqlanmaganiga qaramasdan, bilvosita ta'sirga ega peroral antikoagulyantlarni (kumarin hosilalarini) qabul qilayotgan pasientlarda azitromisin qo'llanganda protrombin vaqtini tez-tez monitoringini o'tkazish zarurligini hisobga olish lozim.

Tsiklosporin

Azitromisinni ichga 3 kun davomida qabul kilib (bir marta sutkada 500 mg), so'ng tsiklosporinni qabul qilgan (bir marta sutkada 10 mg/kg), sog'lom ko'ngillilar qatnashgan farmakokinetik tadqiqotlarda, qon plazmasida tsiklosporinning Smax va AUC0-5 ni ishonchli oshishi aniqlangan. Bu preparatlar bir vaqtda qo'llanganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu preparatlarni bir vaqtda qo'llashni zarurati bo'lganida, qon plazmasida tsiklosporinni kontsentrasiyasini monitoringini o'tkazish va dozani mos ravishda tuzatish kerak.

Flukonazol

Azitromisin (1200 mg) flukonazol (800 mg bir marotaba) bilan bir vaqtda qo'llanganda farmakokinetikasini o'zgartirmagan. Flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanganda, azitromisinning umumiy ekspoziyasiyasi va T1/2 o'zgarmagan, lekin bunda azitromisinning Cmax pasaygan (18%ga), bu esa klinik ahamiyat kasb etmagan.

Nelfinavir

Azitromisin (1200 mg) va nelfinavir (750 mg dan 3 mahal/sutka) ni bir vaqtda qo'llash qon plazmasida azitromisin Css oshishini chaqiradi. Klinik ahamiyatga ega bo'lgan nojo'ya samaralar kuzatilmagan va azitromisin dozasiga tuzatish kiritish, u nelfinavir bilan bir vaqtda qo'llanganda, talab etilmaydi.

Rifabutin

Azitromisin va rifabutinni bir vaqtda qo'llash har bir preparatning qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi. Azitromisin va rifabutinni bir vaqtda qo'llashda gohida neytropeniya kuzatilgan. Neytropeniyaning rifabutinni qo'llash bilan assosiirlanganligiga qaramay, azitromisin va rifabutin majmuasini qo'llash va neytropeniya o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqlik aniqlanmagan.

Terfenadin

Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin va terfenadinni o'zaro ta'sirini dalillari aniqlanmagan. Bunday o'zaro ta'sir mumkinligini to'liq istisno qilish mumkin bo'lmagan, yakka hollar haqida xabar qilingan, ammo bunday o'zaro ta'sir bo'lganligi haqida bironta ham aniq dalillar bo'lmagan.

Terfenadin va makrolidlarni bir vaqtda qo'llash aritmiya va QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkinligi aniqlangan.

Har doim azitromisin-Nika ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'z shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Ichga qabul qilish uchun kapsulalar.

Chaynamasdan, ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi.

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan tana vazni 45 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga.

LOR-organlari, yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalarida –sutkada 500 mg (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).

Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida – sutkada 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 2 ta 500 mg li kapsula) dan birinchi kuni 1 qabulda, keyin sutkada 500 mg dan (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) 2-5 kunlari xar kuni (kurs dozasi – 3,0 g) buyuriladi.

Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik chiqarish yo'llarining o'tkir infektsiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki tservisit) - bir marta 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula). buyuriladi.

Layma kasalligida (borrelioz) I bosqichini davolash uchun ko'chib yuruvchi eritemada (erythema migrans) – 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) birinchi kuni va 500 mg (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) dan 2-kundan 5 kungacha har kuni buyuriladi (kurs dozasi – 3,0 g).

Me'da va o'n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori bilan assosiyasiyalangan bo'lgan yara kasalligida - sutkada 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 2 ta 500 mg li kapsula) dan 3 kun davomida antixelikobakteriyasini majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi.

Preparatning bitta dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgan holatda, o'tkazib yuborilgan dozani imkon qadar vaqtliroq, keyingilarini esa – 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.

Buyrak funktsiyasini buzilgan pasientlarda: buyrak funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanganda (kk 40 ml/min ko'p) dozani tuzatish talab etilmaydi.

Jigar funktsiyasini buzilgan pasientlarda: jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanganda dozani tuzatish talab etilmaydi.

Keksa yoshli pasientrlarda: dozani to'g'rilash talab etilmaydi. Doimiy proaritmogen omillari bo'lgan keksa yoshli pasientlarda aritmiyani, shu jumladan "piruet" turi aritmiyasini rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Simptomlari: ko'ngil aynishi, eshitishning vaqtincha yo'qolishi, qusish, diareya.

Davolash: simptomatik davolash, me'dani yuvish o'tkazish kerak.

AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

V-AZITROMISIN

V-AZITHROMYCIN

 

Preparatning savdo nomi: V-Azitromisin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): azitromisin

Dori shakli: qobiq qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 524.01 mg (500 mg azitromisinga ekvivalent bo‘lgan) azitromisin digidrati;

yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, krospovidon, suvsiz kalsiy gidrofosfati, natriy lauril sulfati, magniy stearati.

qobig‘i: gidroksipropilsellyuloza, titan dioksidi, laktoza, gliserin triasetati.

Ta‘rifi: oq, kapsulasimon shaklli, bir tomonida firma gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi)

ATX kodi: J01FA10

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azalidlar kichik guruhi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalari hosil qilinganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Azitromisinning ta‘sir mexanizmi mikrob xujayralarining oqsillari sintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Ribosomaning 50S subbirligi bilan bog‘lanib, peptidtranslokazani translyasiya bosqichida susaytiradi, oqsil sintezini susaytiradi, bakteriyalarni rivojlanishini va o‘sishini sekinlashtiradi. Qator grammusbat, grammanfiy, anaerob, xujayra ichki va boshqa qator mikroorganizmlarga nisbatan faollikka ega.

Azitromisinga grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St. pygones, St. agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, Staphylococcus aureus, St. viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B. parapertusis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ba‘zi anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; va shuningdek Chlamydiatrachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir.

Azitromisinning minimal bostiruvchi konsentrasiyalari (MBK).

MVK90 (mkg/ml) Mikroorganizmlar
MVK90 ≤0,01 mkg/ml Haemophilus ducreyi, Mycoplasma pneumoniae
MVK90 0,01-0,1 mkg/ml Actinomyces species, Bordetella pertussis, Bordetella burgdorferi, Gardnerella virginalis, Mobiluncus species, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes
MVK90 0,01-2,0 mkg/ml Bacteriodes bivius, Bordetella parapertussis, Brucella melitensis, Campylobacter jejuni, Clostridium perfringens, Fusobacterium necrophorum, Haemophilus infl uenzae, Haemophilus parainfl uenzae, Helicobacter pylori, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Listeria monocytogenes, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Pasteurella haemolytica, Pasteurella multocida, Peptococcus species, Peptostreptococcus, Plesiomonas shigelloides, Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Streptococcus gruppalari C, F, G, Ureaplasma urealyticum, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus
MVK90 2,0-8,0 mkg/ml Acinetobacter calcoaceticus, Aeromonas hydrophylia, Bacteroides fragilis, Bacteroides oralis, Clostridium diffi cile, Escherichia coli, Eubacterium lentum, Fusobacterium nucleatum, Salmonella enteritidis, Salmonella typhi, Shigella sonnei, Yersinia enterocolitica
MVK90 >10 mkg/ml Citrobacter species, Corynebacterium species, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium, Eubacterium limosum, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Mycoplasma hominis, Proteus species, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescen

Farmakokinetikasi

Azitromisin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin azitromisinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi 37% ni tashkil qiladi.

Azitromisin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a‘zolari va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (qon plazmasidagidan 10-50 marta yuqori) va uzoq muddatli yarim chiqarilish davri azitromisinni qon plazmasining oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, shuningdek uni eukariot xujayralariga kirish xususiyati va rN past bo‘lgan lizosomalarni o‘rab turgan muhitda yig‘ilishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, katta taxminiy taqsimlanish hajmini (31.1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromisinning asosan lizosomalarda to‘planish xususiyati xujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminasiyasi uchun muhimdir. Fagositlar azitromisinni infeksiya joylashgan joyga yetkazishi isbotlangan bo‘lib, u joyda u fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Azitromisinning infeksiya o‘chog‘idagi konsentrasiyasi sog‘lom to‘qimalardagiga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonchli darajada yuqori va yallig‘lanish shishining darajasi bilan to‘g‘ri keladi. Fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Azitromisin yallig‘lanish o‘chog‘ida, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida bakterisid konsentrasiyalarda saqlanadi, bu qisqa davolash kurslarini (3 kunlik va 5 kunlik) ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Jigarda demetillanadi, hosil bo‘lgan metabolitlari faol emas.

Azitromisinni qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda o‘tadi: yarim chiqarilish davri preparat 8 soatdan 24 soatgacha bo‘lgan oraliqda qabul qilinganidan keyin 14-20 soatni va 24 soatdan 72 soatgacha oraliqda – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkoniyatini beradi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda:

  • Yuqori nafas yo‘llarining va LOR a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit);
  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, bronxit);
  • Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infisirlangan dermatozlar);
  • Chlamydia trachomatis chaqirgan urogenital yo‘llarining infeksiyalari, (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);
  • Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans);
  • Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta.

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan va tana vazni 45 kg dan katta bolalarga:

  • nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining, LOR-a‘zolarining infeksiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida (surunkali migrasiyalanuvchi eritemadan tashqari) – sutkada 500 mg dan 1 qabulda, 3 kun davomida (kurslik doza – 1,5 g);
  • siydik–jinsiy a‘zolarining o‘tkir infeksiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki servisit) – bir marta 1 g buyuriladi;
  • Laym (borrelioz) kasalligida I bosqichni davolash uchun (erythema migrans) – birinchi kuni 1 g va 500 mg dan har kuni 2 kundan 5 kungacha (kurs dozasi – 3 g);
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligida – sutkada 1 g dan majmuaviy antixelikobakter davolashning tarkibida 3 kun davomida, davolash davomiyligi shifokor qarori bo‘yicha belgilanadi.

Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun (kreatinin klirensi minutiga 40 ml dan kam) dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Azitromisin kam hollarda nojo‘ya reaksiyalarni chaqiradi.

Nojo‘ya ta‘sirlar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas). Nojo‘ya ta‘sirlar har bir guruhda tez-tezligiga nisbatan ko‘proq uchraydiganlardan kamroq uchraydiganlargacha shkalasi bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – kandidoz, oral kandidoz, qin infeksiyasi, noma‘lum – soxtamembranoz kolit.

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, noma‘lum – trombositopeniya, gemolitik anemiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – Kvinke shishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik, noma‘lum – anafilaktik reaksiyalar.

Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – nevroz, kam hollarda – bezovtalik, noma‘lum-tajovvuz, havotirlanish.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i paresteziya, ta‘mni buzilishi, tez-tez emas – gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, noma‘lum – hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, ta‘m va hid bilishni buzilishi, uyquni buzilishi, miasteniya gravis.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zolarini buzilishi va labirint buzilishlari: tez-tez – karlik, tez-tez emas – eshitishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi, kam hollarda – bosh aylanishi.

Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – yurakni  urib ketishi noma‘lum – torsade de pointes (piruet taxikardiyasi); aritmiya, shu jumladan ventrikulyar taxikardiya.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: noma‘lum – gipotenziya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, tez–tez – qusish, dispepsiya, tez-tez emas – gastrit, qabziyat, noma‘lum – pankreatit, tilni oqarishi.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – gepatit, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, noma‘lum – jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi, xolestatik sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshma, qichishish, tez-tez emas – Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik, eshakemi; noma‘lum – toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez – artralgiya.

Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: noma‘lum – buyraklarni o‘tkir yallig‘lanishi, interstisial nefrit.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: tez-tez – charchoq, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, shish, holsizlik, asteniya.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar: tez-tez – qonda limfositlar sonini kamayishi, eozinofillar sonini oshishi, tez-tez emas – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin miqdorini kamayishi, qon zardobida kreatinin, mochevina darajasini oshishi, qon zardobida kaliy miqdorini o‘zgarishi, noma‘lum – EKG da QT intervalini uzayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Azitromisin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (shuningdek, boshqa makrolidlarga);
  • Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 45 kg kam bolalar (ushbu dori shakli uchun);
  • Emizish davri;
  • Ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: aritmiyada (yurak qorinchalari aritmiyasi va QT intervalini uzayish sindromini rivojlanish xavfi), terfenadin va QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashda, jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishida, surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 40 ml dan kam).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar (alyumin va magniy saqlovchi), etanol va ovqat azitromisinni (peraral shakl uchun) so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, shuning uchun ovqat va keltirilgan dori vositalari bilan qabul qilish orasidagi interval 1 soat oldin yoki 2 soat keyinni tashkil qilishi kerak.

Varfarin va azitromisin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o‘zaro ta‘sirlashuvida antikoagulyasion samarani kuchayishini hisobga olib, pasientlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Digoksin va azitromisinni birga qabul qilinganida qonda digoksinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak, chunki ko‘pchilik makrolidlar digoksinni ichakda so‘rilishini oshiradi, natijada qonda uning konsentrasiyasini oshiradi.

Triazolam, midazolam, simetidin, efavirenz, flukonazol, indinavir, trimetoprim/sulfametoksazol bilan birga qo‘llanganida ularning qondagi konsentrasiyasiga azitromisinning ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q, lekin bunday o‘zaro ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi, chunki yuqorida keltirilgan preparatlar bilan makrolidlarning o‘zaro ta‘sirlari mavjud.

Azitromisinni ergotamin yoki digidroergotamin bilan birga qo‘llanganida ularning zaharli ta‘siri (vazospazm, dizesteziya) kuchayishi mumkin.

Terfenadin va azitromisinni birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki terfenadin va turli xil antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llash aritmiya va Q-T intervalini uzayishini chaqirishi aniqlanmagan. Bundan kelib chiqib, terfenadin va azitromisinni birga qo‘llaganda yuqorida keltirilgan asoratlarni istisno qilib bo‘lmaydi.

Azitromisin tomonidan gepatositlarida mikrosomal oksidlanishni ingibirlanishi hisobiga sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, felodipin, shuningdek SUR3A4 fermenti ishtirokida mikrosomal oksidlanishiga uchraydigan dori vositalarini (karbomazepin, terfekadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi konsentrasiyasi va zaharliligini oshiradi.

Linkozamidlar azitromisinning samaradorligini susaytiradi, tetrasiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradi.

Birga qo‘llanganida azitromisin karbamazepin, didanozin, rifabutin va metilprednizolonning qondagi konsentrasiyaga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reaksiyalar: kam holatlarda og‘ir allergik reaksiyalar, anafilaktik shish va anafilaksiya qayd etilgan. Bunday reaksiyalarning ayrimlari uzoq davom etadi va doimiy kuzatuvni va davolashni talab qiladi.

Jigar funksiyasini buzilishi: jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda azitromisinni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Sariqlik, siydik rangini to‘qlashishi, qon ketishlariga moyillik yoki jigar ensefaliopatiyasi bilan bog‘liq asteniya tezda rivojlanganda jigar funksiyasini tekshirishni o‘tkazish kerak.

Ergotamin: bu dori vositalarini azitromisin bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Ikkilamchi infeksiya: sezgir bo‘lmagan organizmlar, shu jumladan zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi infeksiya belgilarini monitoring qilish tavsiya qilinadi.

Clostridium Difficile bilan assosiyalangan diareya: og‘irlik darajasi yengil diareyadan o‘tkir kolitgacha o‘zgarishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.

Buyrak funksiyasini buzilishi: og‘ir buyrak yetishmovchiligi (SKF<10 ml/min) bo‘lgan bemorlarda azitromisinni tizimli ta‘siri oshadi.

EKG repolyarizasiya va QT intervalini uzayishi: yuqori havf guruhidagi pasientlarni davolashda o‘ta ehtiyotkorlik zarur:

  • nasliy yoki hujjat bilan tasdiqlangan QT intervalini uzayishi;
  • QT intervalini uzaytiruvchi dori preparatlarini masalan, IA va III sinfi aritmiyaga qarshi, sizaprid va terfenadinni bir vaqtda qabul qilish;
  • elektrolit muvozanatini buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya va gipomagniemiya;
  • klinik ahamiyatli bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi.

Azitromisin bilan davolanayotgan pasientlarda miasteniya simptomlarini zo‘rayishi mumkin.

Streptokokk infeksiyalari: Azitromisin o‘tkir faringitni davolashda samarali, ammo o‘tkir revmatik isitmani profilaktikasida uning samaradorligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq, keyingilarini esa – 24 soatli interval bilan qabul qilish kerak.

Antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida 2 soatli tanaffusga rioya qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya. Qo‘llash tajribasi azitromisinni homilaga zararli ta‘sirini ko‘rsatmaydi. Shunga qaramay dori vositasini faqat juda zarur hollarda buyurish mumkin.

Azitromisin bilan davolanish vaqtida emizish to‘xtatiladi.

Avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri. Preparatni avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Azitromisin dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Makrolid antibiotiklar dozasini oshirib yuborilishi eshitish qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qolishi, kuchli ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan birga kechadi. Dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganida qusishni chaqirish va darhol shifokorga yordam uchun murojaat qilish lozim.

Davolash: davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

3 tabletkadan PVX/A1 blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Savdo Lisenziyasining egasi

Vieco Pharmaceuticals FZCO

JAFZA, Pochtovыy yaщik 17114

Dubay, OAE

Quyidagi korxonaning lisenziyasiga muvofiq ishlab chiqarilgan

LABORATORIOS Azevedos – Indústria Farmaceutica, SA

Estrada Nacional 117-Km2, Alfragide

2614-503 Amadora, Portugaliya

 

Ishlab chiqaruvchi

Sofarimex – Indústria química e Farmacêutica, S.A.

Av. das Indústrias -Alto de Colaride- Agualva

2735-213 Agualva-Kasen, Portugaliya

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 dori vositasi Nika Pharm tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
AZITROMISIN EKOMED poroshok 16,5g 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
AZITROMISIN poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmacom Medicine, OOO
AZITROMISIN poroshok 13g 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TORIMED PHARM, OOO
AZITROMISIN poroshok 11g 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TORIMED PHARM, OOO
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
AZITROMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
AZITROMISIN ZENTIVA tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зентива к.с
AZITROMISIN RAFARMA tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Рафарма, АО
AZITROMISIN VERTEKS tabletkalari 125mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
AZITROMISIN FORTE OBL tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Оболенское Фармацевтическое предприятие, ЗАО
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
AZITROMISIN OZON tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Реплек Фарм ООО Скопье/Березовский фармацевтически
V AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Ishlab chiqaruvchi: Vieco Pharmaceuticals FZCO, Объединенные Арабские Эмираты произведено: Sofarimex - Industria quimica e Farmaceutica, S.A.
AZITROMISIN SD tabletkalari 500 mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sharq Darmon, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9