×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Rhydburg Pharmaceuticals Limited
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10 Синтез, ОАО Belarusiya
3 500 s`om dan
LEVOTON infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml Reka-Med Farm, СП ООО по заказу MITTI FARM, OOO, Узбекистан O'zbekiston
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16 KRKA d.d. Sloveniya
22 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIDZIT 250  RIDZIT 500

RHYDZIT 250  RHYDZIT 500

 

Preparatning savdo nomi: Ridzit 250; Ridzit 500

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 250 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin digidrati 250 mg suvsiz azitromisinga ekvivalent;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, povidon (PVP K-30), izopropil spirti*, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, natriy lauril sulfati, suvsiz kolloid kremniy, tozalangan talk, magniy stearati;

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 500 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin digidrati 500 mg suvsiz azitromisinga ekvivalent;

yordamchi moddalar: laktoza, ikki asosli kalsiy fosfati, natriy kroskarmelloza, povidon (PVP K-30), izopropil spirti*, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, natriy lauril sulfati, suvsiz kolloid kremniy, tozalangan talk, magniy stearati;

Ta‘rifi:

Ridzit 250 mg: oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, har ikki tomoni bir tekis, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ridzit 500 mg: oq rangli, uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan sindirish uchun chizig‘i va boshqa tomoni bir tekis, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01FA10

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarini kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyasi hosil bo‘lganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pheumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.rarapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridim perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg dozasi ichga qabul qilinganidan keyin, azitromisin qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u
0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.

 

Taqsimlanishi

Azitromisin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a‘zo va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi azitromisinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va lizosomalar atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, kutilgan taqsimlanish hajmini kattaligi (31,1 l/kg) va plazma klirensini yuqoriligini belgilaydi. Azitromisinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminasiyasi uchun muhim. Fagositlar azitromisinni infeksiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagositoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infeksiya o‘chog‘idagi azitromisinning konsentrasiyasi, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli darajada yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramay, azitromisin ularning faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Azitromisin yallig‘lanish o‘choqida bakterisid konsentrasiyalarda, oxirgi dozasi qabul qilingandan so‘ng 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Metabolizmi

Jigarda demetilizasiyaga uchraydi, hosil bo‘ladigan metabolitlari faol emas.

Chiqarilishi

Azitromisin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: yarim chiqarilish davri qabul qilingandan so‘ng 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida:

  • nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va LOR-a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta quloq otiti);
  • skarlatina;
  • nafas yo‘llarining quyi bo‘limlari infeksiyalari (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit);
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);
  • urogenital yo‘llarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);
  • Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans).
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning, Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari infeksiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g) buyuriladi.

Asoratlanmagan uretrit va/yoki servisitda bir marta 1 g buyuriladi;

Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida: birinchi kuni bir qabulga sutkada 1 g dan; keyinchalik sutkada 500 mg dan, xar kuni 2 dan 5 kungacha buyuriladi. Kurs dozasi –
3 g.

Asoratlangan, davomli kechuvchi uretitda: Chlamydia trachowatis chaqirgan servisitda 1 g dan 3 marta, 7 kunlik oraliq bilan (preparatni davolashning 1-7-14 kunlari qabul qilish) buyuriladi. Kurs dozasi – 3 g.

Laym kasalligida (borreliozda) boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) birinchi kuni 1 g dan va 2 dan 5 kungacha 500 mg dan har kuni (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan 3 kun davomida majmuaviy antixelikobakter davolash tarkibida buyuriladi.

3 yoshdan oshgan va/yoki tana vazni 25 kg dan katta bo‘lgan bolalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida tana vazniga 10 mg/kg hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida (kurs dozasi – 30 mg/kg) yoki 1 kun –
10 mg/kg, so‘ngra 4 kun davomida sutkada 5-10 mg/kg dan buyuriladi.

Laym kasalligi (borrelioz) ning boshlang‘ich bosqichini (etyfhema migrans) davolashda preparat tana vazniga 20 mg/kg dozada kuniga 1 marta, so‘ngra 2 kundan 5 kungacha 10 mg/kg dan buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya (5%), ko‘ngil aynishi (3%), abdominal og‘riqlar (3%), 1% va undan kam dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyatlar, anoreksiya, gastrit.

Yurak-qontomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, ko‘krak qafasida og‘riq (1% va undan kam).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik; bolalarda – bosh og‘rig‘i (o‘rta quloq otitini davolashda); giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va undan kam).

Siydik jinsiy tizimi tomonidan: qin kandidozi, nefrit (1% va undan kam).

Allergik reaksiyalar: toshma, fotosezuvchanlik, Kvinke shishi.

Boshqalar: kuchli toliqish; bolalarda – kon‘yunktivit, qichishish, eshakemi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar va buyrak yetishmovchiligi;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 25 kg dan kam bo‘lgan bolalar;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: preparat yurak ritmini buzilishi bo‘lgan pasientlarga (QT intervalini uzayishi bilan bo‘lgan qorincha aritmiyalari), buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishi bo‘lgan bolalarga, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.

Varfarin va azitromisin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o‘zaro ta‘sirida antikoagulyasion samarasi kuchayishi mumkin, pasientlarga protrombin vaqtini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.

Digoksin: digoksinning konsentrasiyasi oshishi mumkin.

Ergotamin va digidroergotamin: ularning toksik ta‘siri kuchayishi (vazospazm, dizesteziya) mumkin.

Triazolam: triazolamning klirensi pasayishi va farmakologik ta‘siri oshishi mumkin.

Sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) – azitromisin tomonidan gepatositlarda mikrosomal oksidlanishni ingibisiya bo‘lishi hisobiga ularning chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi konsentrasiyasini hamda toksikligini oshiradi.

Linkozaminlar preparatning samaradorligini susaytiradilar, tetrasiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradilar.

Geparin bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinmaydi. Qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingilarini esa 24 soat oraliq bilan qabul qilish kerak.

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi

Homiladorlikda ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan usutn bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, qusish, diareya.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

250 mg li doza: 1x6, 1x1x6, 10x10 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterda. 1x6, 10x1x6. 10x10 dan blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

500 mg li doza: 1x3, 10x1x3, 10x10 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterda. 1x3, 10x1x3. 10x10 dan blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2,5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 dori vositasi Rhydburg Pharmaceuticals Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REPEP 20 tabletkalari 20mg N100
ADOKSIN OZ tabletkalari N100
ADONAK tabletkalari 100mg N100
ADOFER kapsulalar N30
EVRI KOLD tabletkalari N100
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
REBEN suspenziya 10ml 200mg/5ml N1
ZENVIT sirop 200ml N1
VIKTAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
ODOKOL tabletkalari 300mg N30
Narh: 156 700 so'mdan Batafsil
ODOKOL tabletkalari 250mg N30
Narh: 140 000 so'mdan Batafsil
ODOKOL tabletkalari 150mg N30
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RITUS tabletkalari 8mg/325mg N100
DIRONEST tabletkalari 10mg N10
REBEN tabletkalari 400mg N1
RIDFORMIN 1000 tabletkalari 1000mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
FEMI tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDFORMIN ER 1000 tabletkalari 1000mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDFORMIN 850 tabletkalari 850mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDFORMIN 500 tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIAKSAMIK 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIAKSAMIK 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
VALSTAN GXT 160/25 tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
VALSTAN GXT 160/12,5 tabletkalari 12,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9