×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 10
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- M01AE01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 36 ta dorixonasida topildi

ico 22 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 30 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 30 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kapsulalar 200 mg va 400 mg dan.10 kapsuladan kontur-uyali o'ramda. Bitta, 2 ta, 3 ta kontur-uyali o'ram davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga solinadi.

Shuningdek 10 kapsuladan qopqoqli bankalarda. Bankalar davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga solinadi.


Bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ibuprofen - 200 mg, 400 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati.

Ibuprofen – nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYAQV). U propion kislotasining hosilasi xisoblanadi. Ibuprofen tsiklooksigenaza I va II ni tanlamasdan bloklaydi. Buning natijasida og'riq, yallig'lanish va yuqori tana haroratining mediatorlari bo'lib hisoblanuvchi prostaglandinlar ishlab chiqarilishini sekinlashtiradi.

Og'riqqa qarshi, isitmani tushiruvchi va yallig'lanishga qarshi tez va yo'naltirilgan ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, ibuprofen trombositlar agregasiyasini qaytariluvchan ingibirlaydi. Preparatning og'riqqa qarshi ta'siri 8 soatgacha davom etadi.

So'rilishi 

Ichga qabul qilinganda ibuprofen me'da-ichak yo'lidan deyarli to'liq so'riladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish uning so'rilishini sekinlashtiradi. Ibuprofenni 400 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasida Smax 2 soatdan so'ng kuzatilib, u 30 mkg/ml tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 99% ni tashkil qiladi. U sinovial suyuqlikda sekin taqsimlanadi va, plazmaga nisbatan, sekinroq chiqariladi.

Metabolizmi

Preparat asosan izobutil guruhining gidroksillanishi va karboksillanishi orqali jigarda (90%) metabolizmga uchraydi. Metabolitlari farmakologik nofaol.


Chiqarilishi

Ikki bosqichli chiqarilish kinetikasi bilan tavsiflanadi. T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi. Dozaning 80% siydik bilan asosan metabolitlar (70%), 10% - o'zgarmagan holda, 20% ichak orqali metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. 


 

Выведение

Характеризуется двухфазной кинетикой выведения. Т1/2 составляет 2-3 ч. С мочой выводится 80% дозы преимущественно в виде метаболитов (70%), 10% - в неизменном виде, а 20% выводится через кишечник в виде метаболитов.

Har qanday dori vositasi kabi Forsil® Light ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.

Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Me'da-ichak yo'li tomonidan: eng ko'p uchraydigan nojo'ya samaralari ovqat hazm qilish tizimiga taalluqli. Ba'zida o'lim bilan yakunlanuvchi va ayniqsa keksalarda kuzatilishi mumkin bo'lgan peptik yara, perforasiya yoki me'da-ichak yo'lidan qon ketishi. Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorinda og'riq, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligining zo'rayishi ibuprofen qo'llangandan keyin qayd qilingan. Gastrit kamroq rivojlangan. Kam – me'da-ichak yo'li devori perforasiyasi. Juda kam – pankreatit.

Immun tizimi tomonidan: NYAQV qo'llanilganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kayd qilingan. Xususan, nospesifik allergik reaktsiya va anafilaksiya, nafas yo'llari reaktivligining buzilishi (astma, bronxospazm va hansirash), terida turli ko'rinishlar (har xil turdagi toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi va kamroq eksfoliativ va bullyoz dermatozlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va ko'p shaklli eritema).

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: shishlar, gipertenziya va yurak etishmovchiligi ko'rinishlari ibuprofen bilan davolanganda qayd qilingan. Epidemiologik ma'lumotlar uzoq muddat davolanishda, ayniqsa yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) ibuprofenni qo'llash miokard infarkti va insultni chaqiruvchi arterial tromboz xavfini biroz oshishini chaqirishi mumkinligini ko'rsatdi.

Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya.

Ruhiy buzilishlar: uyqusizlik, xavotirlik, depressiya, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ko'ruv nervining nevriti, bosh og'rig'i, paresteziyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik.

Infektsiyalar va invaziyalar: rinit va ensa mushaklarining rigidligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma yoki orientasiyani yo'qolishi simptomlari bilan kechuvchi aseptik meningit (ayniqsa tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalliklari kabi autoimmun buzilishlari mavjud bemorlarda).

Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishning buzilishi va ko'ruv nervining toksik neyropatiyasi.

Quloq va vestibulyar apparati tomonidan: eshitishning buzilishi, quloqning shang'illashi va boshning aylanishi.

Gepato-biliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, jigar etishmovchiligi, gepatit va sariqlik.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (juda kam) va yorug'likka nisbatan sezuvchanlikning oshishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: buyrak funktsiyasini buzilishi va turli ko'rinishdagi toksik nefropatiya, shu jumladan interstisial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak etishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar: umumiy lohaslik, charchoqlik.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan boshqa nojo'ya reaktsiyalar aniqlansa, iltimos, shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering

Har qanday dori vositasi kabi Forsil® Light ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.

Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Me'da-ichak yo'li tomonidan: eng ko'p uchraydigan nojo'ya samaralari ovqat hazm qilish tizimiga taalluqli. Ba'zida o'lim bilan yakunlanuvchi va ayniqsa keksalarda kuzatilishi mumkin bo'lgan peptik yara, perforasiya yoki me'da-ichak yo'lidan qon ketishi. Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorinda og'riq, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligining zo'rayishi ibuprofen qo'llangandan keyin qayd qilingan. Gastrit kamroq rivojlangan. Kam – me'da-ichak yo'li devori perforasiyasi. Juda kam – pankreatit.

Immun tizimi tomonidan: NYAQV qo'llanilganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kayd qilingan. Xususan, nospesifik allergik reaktsiya va anafilaksiya, nafas yo'llari reaktivligining buzilishi (astma, bronxospazm va hansirash), terida turli ko'rinishlar (har xil turdagi toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi va kamroq eksfoliativ va bullyoz dermatozlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va ko'p shaklli eritema).

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: shishlar, gipertenziya va yurak etishmovchiligi ko'rinishlari ibuprofen bilan davolanganda qayd qilingan. Epidemiologik ma'lumotlar uzoq muddat davolanishda, ayniqsa yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) ibuprofenni qo'llash miokard infarkti va insultni chaqiruvchi arterial tromboz xavfini biroz oshishini chaqirishi mumkinligini ko'rsatdi.

Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, agranulositoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya.

Ruhiy buzilishlar: uyqusizlik, xavotirlik, depressiya, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ko'ruv nervining nevriti, bosh og'rig'i, paresteziyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik.

Infektsiyalar va invaziyalar: rinit va ensa mushaklarining rigidligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma yoki orientasiyani yo'qolishi simptomlari bilan kechuvchi aseptik meningit (ayniqsa tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalliklari kabi autoimmun buzilishlari mavjud bemorlarda).

Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishning buzilishi va ko'ruv nervining toksik neyropatiyasi.

Quloq va vestibulyar apparati tomonidan: eshitishning buzilishi, quloqning shang'illashi va boshning aylanishi.

Gepato-biliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, jigar etishmovchiligi, gepatit va sariqlik.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (juda kam) va yorug'likka nisbatan sezuvchanlikning oshishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: buyrak funktsiyasini buzilishi va turli ko'rinishdagi toksik nefropatiya, shu jumladan interstisial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak etishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar: umumiy lohaslik, charchoqlik.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan boshqa nojo'ya reaktsiyalar aniqlansa, iltimos, shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering

Me'da-ichak yo'li tomonidan nohush ko'rinishlar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani iloji boricha minimal qisqa muddatli kurs davomida qo'llash kerak.

Boshqa NYAQV lar kabi ibuprofen infektsiya simptomlarini niqoblashi mumkin.

Ibuprofenni boshqa NYAQV bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish tavsiya qilinadi, shu jumladan sog-2 ingibitorlari bilan, chunki bu yara yoki qon ketish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Keksa yoshda qo'llanilishi

Keksa yoshli shaxslarda NYAQDV ga nojo'ya reaktsiyalar, ayniqsa o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llari va perforasiyaning yuqori tez-tezligi kuzatiladi.

Me'da-ichak yo'lidan qon ketgan, yarasi va perforasiyasi mavjud bemorlarda qo'llanilishi

O'limga olib kelishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'lidan qon ketishlar, yaralar va perforasiya barcha NYAQV ni qabul qilish nitijasida kelib chiqishi xaqida xabar berilgan.

Me'da-ichakdan qon ketishi, yara yoki perforasiyaning rivojlanish xavfi ayniqsa anamnezida yara kasalligi mavjud, hamda keksa bemorlarda NYAQV dozasining oshirilishi bilan ortib boradi.

Ushbu bemorlar davolashni minimal dozalardan boshlashi kerak. Himoyalovchi vositalar (masalan, mizoprostol, proton pompa ingibitorlari) bilan majmuaviy davolash zaruratini olib borish ushbu pasientlar, hamda me'da-ichakdan qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo'lgan aspirin va boshqa vositalar qabuli kerak bo'lgan pasientlar uchun ko'rib chiqilishi lozim.

Anamnezida me'da-ichak kasalliklariga chalinganligi to'g'risida ma'lumoti mavjud bemorlar, xususan keksa insonlar, me'dada har qanday g'ayrioddiy og'riqlar haqida (ayniqsa me'da-ichakdan qon ketishlar to'g'risida), ayniqsa davolashning boshlang'ich davrlarida xabar berishlari zarur.

Yara yoki qon ketishi xavfini oshiruvchi (oral kortikosteroidlar, varfarin kabi antikoagulyantlar, serotonin qayta qamrab olinishining ingibitorlari yoki aspirin kabi antitrombositar dorilar) yo'ldosh davolovchi dorilarning qabul qilinishida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Ibuprofenni qabul qilayotgan pasientlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak.

Anamnezida yarali kolit yoki Kron kasalligi mavjud bemorlar NYAQV ni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi kerak.

Nafas a'zolari kasalliklarida qo'llanilishi

Anamneziya bronxial astma mavjud yoki xastalangan pasientlar ibuprofenni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi kerak.

Yurak qon-tomir tizimi funktsiyasi buzilishida, buyrak va jigar etishmovchiligida qo'llanilishi

Yurak qon-tomir tizimi, jigar funktsiyasi buzilgan, keksa pasientlarda, hamda siydik xaydovchi dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Anamnezida yurak etishmovchiligi va gipertoniyasi bo'lgan, ibuprofenni extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

NYAQV ning qabuli davomida organizmda suyuqlikning ushlanib qolishi va shishlar rivojlanishi mumkinligi sababli arterial gipertenziya va/yoki o'rta miyona yurak etishmovchiligi mavjud bemorlar tegishli nazorat ostida bo'lish va maslahatga muhtoj hisoblanadi.

Epidemiologik ma'lumotlarning ko'rsatishicha, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg dan) uzoq muddat qo'llash, arterial trombotik holatlar, miokard infarkti yoki insult rivojlanish xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Umuman epidemiologik tadqiqotlar ibuprofenni kichik dozalarda (masalan sutkada 120 mg dan kam yoki unga teng miqdorda) qo'llash arterial tromboembolik asoratlar, xususan miokard infarktining yuqori xavfini taxmin qilmaydi.

Nazorat qilib bo'lmaydigan arterial gipertenziya, dimlanishli yurak etishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki tserebrovaskulyar kasalliklari mavjud pasientlar ibuprofenni sinchkovlik bilan o'tkazilgan maslahat ishlraidan keyin qabul qilishlari kerak. Bunday maslahat ishlari yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishining xavf omillari (gipertoniya, giperlipidemiya, kandli diabet, chekish) mavjud pasientlarga davolashdan oldin olib borilishi kerak.

Nojo'ya samaralari

Ibuprofenni ifodalangan degidratasiyasi mavjud bemorlarda extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Boshqa NYAQV kabi, ibuprofenni uzoq vaqt qo'llash buyraklar papillyar nekroziga va buyraklarning boshqa patologik o'zgarishlariga olib kelishi mumkin.

Tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimalarning aralash kasalliklari bo'lgan pasientlarda qo'llanilishi

Tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimaning boshka kasalliklari mavjud pasientlarda preparatning qo'llanilishi aseptik meningit rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Dermatologik samaralari

NYAQV qo'llanganida teri qoplamalari tomonidan og'ir reaktsiyalar, shu jumladan o'lim bilan yakunlanadigan reaktsiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) rivojlanish ehtimoli bor. Ko'pincha ushbu reaktsiyalar davolashning birinchi oyi davomida uchraydi. Terida toshmaning ilk paydo bo'lishi, shilliq qavatlar shikastlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari kuzatilganda dori qabulini to'xtatish kerak.

Gematologik samaralari

Boshqa NYAQV lar kabi, ibuprofen trombositlar agregasiyasiga ta'sir ko'rsatadi va qon ketish vaqtini uzaytiradi.

Aseptik meningit

Ibuprofen qabul qilayotgan pasientlarda aseptik meningit kamdan-kam hollarda uchraydi.

Tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimaning kasalliklari mavjud pasientlarda aseptik meningitning rivojlanish xavfi yuqori, lekin surunkali kasalliklari bo'lmagan bemorlarda ham qayd etilgan.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Agar Siz Forsil® Light preparatini qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlasangiz, darhol bu haqda shifokoringizga xabar bering, chunki faqat u davolanishni davom ettirish zaruriyati haqidagi masalani hal etishi mumkin.

Homiladorlik

Prostaglandinlar sintezining bostirilishi homiladorlik va homilaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar natijalari homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo'llashdan keyin homila tushishi, yurak va me'da-ichak yo'li nuqsonlarini yuqori xavfini ko'rsatadi. Prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini yuborish hayvonlarda embrion va homilani implantasiyadan oldin va keyingi o'limini ortishiga olib kelishi ko'rsatilgan. Bundan tashqari, organogenez davrida prostaglandin sintezi ingibitorlarini qabul qilgan hayvonlarda turli rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan, yurak-tomir tizimi nuqsonlarini uchrash soni ortadi. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uchoyligi vaqtida, juda zarur hollardan tashqari hollarda ibuprofenni buyurishdan saqlanish kerak. Homiladorlikni rejalashtirishda homiladorlikning birinchi va ikkinchi uchoyligida buyurilayotgan ibuprofenning dozasi o'ta past bo'lishi, davolash davomiyligi esa, iloji boricha qisqa bo'lishi kerak. Homiladorlikning uchinchi uchoyligida har qanday prostaglandinlar sintezining ingibitorlarini qo'llash quyidagilarga olib kelishi mumkin:

-       yurak-o'pka toksikligi (arterial yo'lni muddatidan oldin berkilishi va o'pka gipertenziyasi);

-       kamsuvlik bilan buyrak etishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin bo'lgan buyrak faoliyatining buzilishi.

Homiladorlikning so'ngida prostaglandin sintezi ingibitorlari ona va yangi tug'ilgan chaqaloqni quyidagi xavfga duchor qilishi mumkin:

-       qon ketish vaqtining uzayishi;

-       bachadon qisqarishining susayishi, bu esa tug'ruqning kechikishi va uzoq muddatli tug'ruqqa olib kelishi mumkin.

Shu sababli ibuprofenni homiladorlikning uchinchi uchoyligida qo'llash mumkin emas.

Laktasiya davri

Cheklangan tadqiqotlarda NYAQV ona sutida juda past kontsentrasiyada kuzatilishi mumkinligi aniqlangan. NYAQV qo'llash vaqtida imkon boricha emizishdan saqlanish kerak.

Ayollar fertilligining buzilishi

Preparat ayollarning fertilligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin, shu sababli homilador bo'lishda qiyinchiliklarga uchrayotgan ayollar buni inobatga olishlari kerak.

Bolalarda qo'llanilishi

Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.

Avtotransportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

NYAQV qabul qilgandan keyin quyidagi nojo'ya samaralar kelib chiqishi mumkin: bosh aylanishi, uyquchanlik, tez charchash va ko'rishning buzilishi. Bemorlar diqqatni jamlash, tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiluvchi faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.

Ibuprofen revmatoid artrit (shu jumladan, yuvenil revmatoid artrit yoki Still kasalligi), ankilozlovchi spondilit, osteoartroz va boshqa norevmatoid (seronegativ) artropatiyalarni davolashda og'riqni qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi. Ibuprofen "muzlagan elka" (bo'g'im qobig'ining yallig'lanishi), bursit, tendinit, tendovaginit va beldagi og'riq kabi periartikulyar to'qimalarning norevmatik yallig'lanishli jarayonlarini davolash uchun tayinlanadi. Ibuprofen shuningdek paylar cho'zilishi kabi yumshoq to'qimalarning shikastlanishida og'riq sindromini engillashtirish uchun ham qo'llanilishi mumkin. Ibuprofen shuningdek dismenoreya, tish va jarrohlik amaliyotidan keyingi og'riq kabi holatlarda kuchsiz va o'rtacha darajadagi og'riq sindromini bartaraf qilish uchun og'riqni qoldiruvchi vosita sifatida bosh og'rig'i, shu jumladan migrenni simptomatik engillashtirish uchun qo'llaniladi.

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga o'ta yuqori sezuvchanligi mavjud pasientlarda Forsil® Light -ni qo'llash mumkin emas.

Forsil® Light, aspirin yoki boshqa NYAQV qabul qilingandan keyingi o'ta yuqori sezuvchanlik (masalan, astma, eshakemi, Kvinke shishi yoki rinit) aniqlangan bemorlarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Anamnezida ilgari Forsil® Light bilan davolanish bilan bog'liq me'da-ichak yo'lidan qon ketishi yoki perforasiya kuzatilgan pasientlarga ham Forsil® Light -ni qo'llash mumkin emas. Yara kasalligining zo'rayish bosqichida yoki me'da-ichak yo'lidan qon ketganda (ikki yoki undan ko'p isbotlangan eroziv-yarali kasalliklar yoki qon ketishi vaziyatlarida) Forsil® Light - ni qabul qilish mumkin mas.

Qon ketishlarga yuqori moyillik bo'lganda, tserebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlarda, gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlarida (gipokoagulyasiya), gemorragik diatezda i Forsil® Light -ni tavsiya qilish mumkin emas.

Forsil® Light - ni og'ir darajali yurak etishmovchiligida, yurak etishmovchiligining dekompensasiya davrida, aortokoronar shuntlashdan keyingi davrda pasientlarga tavsiya qilish man etiladi.

Forsil® Light - ni og'ir darajali jigar etishmovchiligi yoki jigarning faol bosqichdagi kasalligi davrida qo'llash mumkin emas.

Forsil® Light - ni og'ir darajali buyrak etishmovchiligi (kreatining klirensi /kk/<30 ml/min), giperkaliemiyasi tasdiqlangan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikni III oyligida va 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda Forsil® Light - ni qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishida ehtiyotkorlik choralari

Quyidagi bo'limda keltirilgan holatlar bo'lsa, dori vositasini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Boshqa NYAQV bilan birgalikda qabul qilganda, anamnezida me'da yara kasalligi yoki me'da-ichak yo'lidan bir marta qon ketganda; gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infektsiyasini mavjudligi, yarali kolit; bronxial astma yoki allergik kasallikning avj olish davrida yoki anamnezida bo'lsa – bronxospazm rivojlanishi mumkin; tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to'kimaning aralash kasalligi (Sharp sindromi) – aseptik meningitning rivojlanish xavfi oshadi; buyrak etishmovchiligi, shu jumladan suvsizlanish (kk 30-60 ml/min dan kamroq), nefrotik sindrom, jigar etishmovchiligi, Portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar tsirrozi, giperbilirubinemiya, arterial gipertenziya va/yoki surunkali yurak etishmovchiligi, tserebrovaskulyar kasalliklar, noma'lum etiologiyali qon kasalliklari (leykopeniya va anemiya), og'ir somatik kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, alkogolizm, fenilketonuriya yoki fenilalaninni ko'tara olmaslik, yara yoki qon ketishiga olib keluvchi dori vositalarni birgalikda qabul qilish, jumladan, peroral glyukokortikosteroidlar (shu jumladan, prednizolon) ni, antikoagulyantlar (shu jumladan, varfarin) ni, serotonin qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (shu jumladan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) ni yoki antiagregantlar (shu jumladan, atsetilsalisil kislotasi, klopidogrel) ni, homiladorlik (I-II-uchoyliklari), emizish davri, keksa yosh.

Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular shifokor reseptisiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.

Quyidagi dori vositalarni qo'llayotgan vaqtda ehtiyot bo'lishi kerak.

Antigipertenziv vositalar, beta-blokatorlar va siydik haydovchi vositalar: NYAQV AAF ingibitorlari, beta-blokatorlar va siydik haydovchi vositalar kabi antigipertenziv vositalarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Shuningdek diuretiklar NYAQV ning nefrotoksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Yurak glikozidlari: NYAQV yurak etishmovchiligi kechishini og'irlashtirishi, YuKF pasayishi va yurak glikozidlarining plazmadagi kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Xolestiramin: ibuprofen bilan bir vaqtda buyurilganda xolestiramin me'da-ichak yo'lida ibuprofenning so'rilishini kamaytirishi mumkin.

Litiy tuzlari: bilan bir vaqtda buyurish litiy tuzlarining chiqarilishini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Metotreksat: NYAQV metotreksatning naychalar orqali sekresiyasini ingibirlashi va metotreksatning klirensini kamaytirishi mumkin.

Tsiklosporin: nefrotoksiklik xavfi.

Mifepriston: NYAQV ning prostaglandinlarga qarshi samarasi tufayli, nazariy jihatdan dori vositasining samaradorligi kamayishi mumkin. Cheklangan ma'lumotlar prostaglandinni yuborish kuni NYAQV ni birga yuborish bachadon bo'ynini etilishiga mifepriston yoki prostaglandinlarning salbiy ta'sir ko'rsatmasligi va homiladorlikni dori yordamida to'xtatishning klinik samarasini pasaytirmasligini ko'rsatdi.

Boshqa analgetiklar va tsiklooksigenaza-2 (sog-2) ning selektiv ingibitorlari: ikki va undan ortiq NYAQV, shu jumladan sog-2 ingibitorlarini bir vaqtda qo'llashdan saqlanish tavsiya qilinadi, chunki bu nojo'ya samaralar rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Aspirin: nojo'ya samaralar, shu jumladan me'da-ichak yaralari va qon ketishi xavfi oshishi mumkinligi sababli, ibuprofen va aspirinni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Tajribaviy ma'lumotlar aspirin past dozalarining trombositlar agregasiyasiga samarasini ibuprofen bir vaqtda dozalashda susaytirishi mumkinligidan dalolat beradi.

Kortikosteroidlar: me'da-ichak yaralari va qon ketishi xavfi oshishi mumkin

Antikoagulyantlar: NYAQV varfarin kabi antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Xinolon antibiotiklar: NYAQV va ftorxinolonlarni bir vaqtda qabul qiluvchi bemorlarda tirishishlar rivojlanish xavfi ortishi mumkin.

Sulfonilmochevina hosilalari: ibuprofen sulfonilmochevina preparatlarining gipoglikemik samarasini kuchaytirishi mumkin.

Antiagregantlar va serotonin qayta qamrab olishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI): NYAQV bilan birga buyurilganda me'da-ichakdan qon ketishlar xavfi ortadi.

Zidovudin: zidovudin NYAQV bilan bir vaqtda qo'llanganda gematologik toksikligi xavfi ortadi. OITS (+) bilan kasallangan bemorlar zidovuddin va ibuprofenni bir vaqtda qo'llanganda gematoma rivojlanish xavfi ortadi.

Aminoglikozidlar: NYAQV aminoglikozidlarni chiqarilishini kamaytirishi mumkin.

O'simlik ekstraktlari: Ginkgo biloba NYAQV bilan bir vaqtda qo'llanganda qon ketishlar xavfi kuchayishi mumkin.

CYP2C9 ingibitorlari: ibuprofenni CYP2C9 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash, ibuprofenning ta'sir vaqtini uzaytirishi mumkin (CYP2C9 substrati). Ibuprofenni vorikonazol va flukonazol (CYP2C9 ingibitorlari) bilan bir vaqtda buyurish ibuprofenning ta'sir vaqtini taxminan 80-100% ga uzayishini ko'rsatdi. Kuchli CYP2C9 ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganda, ayniqsa ibuprofenni yuqori dozada vorikonazol va flukonazol bilan birga qo'llanganda ibuprofenning dozasini kamaytirish kerak.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 15oС dan 25oС gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin
oq yoki deyarli oq rangli bo'lgan kukun bilan to'ldirilgan, 200 mg doza uchun "2" o'lchamli va 400 mg doza uchun "0" o'lchamli qattiq jelatinli kapsulalar.

Har doim Forsil® Light ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Qisqa vaqt ichida minimal samarali dozadan foydalanish nojo'ya samarlarni kamayishiga olib keladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 200 mg dan sutkada 3-4 marta ichga qabul qilinadi. Kapsulani chaynamasdan, suv bilan qabul qilinadi. Preparatning qabullari orasidagi vaqt 6-8 soatni tashkil qilishi kerak. Kattalarda tez davolovchi samaraga erishish uchun doza sutkada 400 mg dan 3 martagacha oshirilishi mumkin. Maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi. 12 – 17 yoshdagi bolalar uchun maksimal sutkalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi.
Ba'zi pasientlar kuniga 600-1200 mg ibuprofenni qabul qilishi mumkin. Og'ir yoki o'tkir hollarda dozani sharoitga qarab oshirish mumkin, lekin umumiy sutkalik doza bir necha qabullarga bo'linganda 2400 mg dan oshmasligi kerak.
Keksa yoshdagilar: keksa yoshdagilarda nojo'ya samaralarni rivojlanish xavfi yuqori. Agar NYAQV ni qo'llash zarurati tug'ilsa, ibuprofen minimal samarali dozada qisqa vaqt davomida qo'llanilishi kerak. NYAQV ni qabul qilish vaqtida pasient me'da-ichakdan qon ketishi yo'qligini tekshirib turishi kerak. Buyrak yoki jigar etishmovchiligi bo'lganda doza individual ravishda tanlanadi.
Preparatni 7 kundan ko'proq yoki katta dozalarda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatni uzoq vaqt yoki katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, shifokorning maslaxati kerak bo'ladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9