×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LISEF poroshok 1000mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: Brawn Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIAZIT kapsulalar 250mg N6 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
2 200 s`om dan
ORNIMED tabletkalari 500mg N10 Рубикон, ООО Belarusiya
53 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LISEF poroshok 1000mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LISEF

LICEF

Preparatning savdo nomi: Lisef

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): seftriakson

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

1 flakon 1000 mg seftriakson (seftriakson natriy ko‘rinishida) saqlaydi.

Ta‘rifi: oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD04.

Farmakologik xususiyatlari

Lisef keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan sefalosporinlar qatorining uchinchi avlod antibiotikidir. Bakteriyalarning hujayra membranalari sintezini bostirishi hisobiga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Aksariyat grammanfiy, ko‘pchilik grammusbat qo‘zg‘atuvchilar va ba‘zi anaeroblarga nisbatan faoldir. Bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalarning ta‘siriga chidamlidir.

Preparatga sezgir aerob grammanfiy bakteriyalar: Aeromonas spp., Alcaligenes spp., Branhamella catarrhalis, Citrobacter spp., Enterobacter spp. (ba‘zi shtammlari chidamli), E.coli, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl. pneumoniae), Moraxella spp., Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (ba‘zi shtammlari chidamli), Salmonella spp. (shu jumladan, S. typhi), Serratia spp. (shu jumladan, S. marcescens), Shigella spp., Vibrio spp. (shu jumladan, V. cholerae), Yersinia spp. (shu jumladan, Y. enterocolitica).

Boshqa antibiotiklar, masalan, penisillinlar, birinchi va ikkinchi avlod sefalosporinlar va aminoglikozidlarning ta‘sirida jadal ko‘payadigan yuqorida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari Lisefga sezgirdir. Klinik ma‘lumotlarga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi sifilisda preparatning yaxshi samaradorligi kuzatiladi.

Lisefga sezgir aerob grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae, Staphylococcus aureus (shu jumladan, penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Streptococcus bovis, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans.

Metisillinga chidamli bo‘lgan Staphylococcus spp., sefalosporinlarga, shu jumladan Lisefga ham rezistentdir. Enterococcus spp. ning ko‘pchilik shtammlari (masalan, Enterococcus faecalis) ham preparatga chidamlidir.

Lisefga sezgir anaerob qo‘zg‘atuvchilar: Bacteroides spp., Clostridium spp. (Cl. Difficile dan tashqari), Fusobacterium spp. (F. mortiferum va F. varium lardan tashqari), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Beta-laktamaza ishlab chiqaradigan Bacteroides spp. ning ba‘zi shtammlari (masalan, V. fragilis), Lisefga chidamlidir.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga/vena ichiga yuborilganida Lisef organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Mushak ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga mushak ichiga yuborilganida 2-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma albuminlari bilan 85-95% ga qaytuvchan bog‘lanadi va bu bog‘lanish uning qondagi konsentrasiyasiga teskari proporsionaldir.

Lisef interstisial suyuqlikka tez diffuziya bo‘ladi, u yerda unga sezgir mikroorganizmlarga nisbatan o‘zining bakterisid ta‘sirini 24 soat davomida saqlab turadi. Yarim chiqarilish davri uzoq davom etadi, va kattalarda kattalarda 8 soatni tashkil etadi, 75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi odamlarda taxminan ikki marta uzayadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda esa 6,5-8 kunni tashkil etadi.

Kattalarda Lisefning 50-60% siydik bilan o‘zgarmagan holda, 40-50% safro bilan chiqariladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Lisefning yuborilgan dozasini taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlarida kattalarda jigar va buyrak faoliyatini qayta taqsimlanishi: agar buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, safro bilan chiqarilishi oshadi, agar jigarda patologiya bo‘lsa, buyraklar orqali chiqarilishi kuchayadi, shu sababli Lisefning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi (yarim chiqarilish davri biroz uzayishi mumkin.

Seftriakson gematoensefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Lisef unga sezgir bakteriyalarning shtammlari chaqirgan barcha infeksiyalarga nisbatan samaralidir:

  • sepsis;
  • bosh miya pardalarini yallig‘lanishi (bakterial meningit, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlangan bakterial meningit);
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining infeksiyalari (peritonit, o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, shu jumladan xolangit, o‘t pufagi empiemasi va me‘da-ichak yo‘llarining boshqa infeksiyalari);
  • suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, yuz-jag‘ sohasining infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, infeksiyalangan jarohatlar va kuyishlar;
  • immuniteti kuchsiz (shu jumladan, neytropeniyasi va onkologik kasalliklari) bo‘lgan bemorlarda infeksiyani oldini olish va davolash;
  • buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (asoratlanmagan va asoratlangan, shu jumladan pielit, o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, prostatit, epididimit);
  • nafas yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pka abssessi, plevra empiemasi, bronxoektazlar va boshq.);
  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari (mastoidit, o‘rta quloq otiti va boshq.);
  • jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalar (shu jumladan, gonoreya);
  • jarrohlik aralashuvlaridan oldin infeksiyani oldini olish maqsadida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Lisef mushak ichiga va vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi.

Eritmani tayyorlash qoidasi va yuborilishi

Mushak ichiga yuborish uchun:

1 g Lisef 1% li lidokain gidroxloridi eritmasining 3,5 ml da eritiladi.

Dumba mushagiga chuqur yuboriladi. Bir dumbaga ko‘pi bilan 1 g preparat yuborish tavsiya etiladi.

Vena ichiga yuborish uchun:

1 g Lisef 10 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi.

Vena ichiga sekin 2-4 minut davomida yuboriladi.

Lisef 0,5 g yoki 1,0 g tayyor bo‘lgan in‘eksiya uchun eritmani 2oS-8oS haroratda saqlanganida 24 soat davomida yoki 15oS-25oS haroratda saqlanganida 6 soat davomida qo‘llash mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga (ikki haftalikkacha bo‘lgan) Lisef 1 kg tana vazniga 20-50 mg dozada sutkada bir marta buyuriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda fermentlar tizimi yetilmaganligi sababli preparatning dozasini oshirish mumkin emas.

Emizikli bolalar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Lisefning sutkalik dozasi 1kg tana vazniga 20-80 mg ni tashkil etadi sutkada bir marta yuboriladi. Tana vazni 50 kg va undan ortiq bo‘lgan bolalarga kattalar uchun qo‘llanadigan odatdagi dozalarda yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 g dan sutkada bir marta (har 24 soatda) yuboriladi. Og‘ir holatlarda yoki seftriaksonga sezgirligi o‘rtacha bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksiyalarda, sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil etadi.

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Boshqa antibiotiklar qo‘llaganida bo‘lgani kabi, Lisef preparatini tana harorati normal bo‘lganidan so‘ng yana kamida 3 kun davomida yuborish tavsiya etiladi.

Preparatni 1 kg tana vazniga 50 mg dan ortiq dozada vena ichiga yuborilganida kamida 30 minut davomida tomchilab yuborish kerak.

Bakterial meningitda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarga preparat 1 kg tana vazniga 100 mg boshlang‘ich dozada sutkada bir marta yuborish buyuriladi. Maksimal sutkalik dozasi 4 g ni tashkil etadi. Qo‘zg‘aluvchi identifikasiya bo‘lganidan so‘ng doza kamaytirilishi mumkin.

Gonoreyani davolashda Lisefning tavsiya etilgan dozasi 250 mg ni tashkil etadi, mushak ichiga bir marta yuboriladi.

Jigar faoliyati normal bo‘lgan sharoitda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va buyrak faoliyati saqlangan sharoitda jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatning dozasini kamaytirish zarurati yo‘q. Yaqqol buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi < 10 ml/minut.) Lisefning dozasini 2 g dan oshirish mumkin emas.

Jigar va buyrak faoliyati bir vaqtda buzilganida, shuningdek gemodializdagi bemorlarda qon zardobidagi seftraksonning konsentrasiyasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Operasiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun 1-2 g Lisef preparatini operasiyadan 30-90 minut oldin bir marta yuborish tavsiya etiladi. Kolorektal jarrohlikda 2 g preparatni mushak ichiga anaerob bakteriyalarga nisbatan faol bo‘lgan muvofiq modda bilan birga yuborish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Lisef aksariyat hollarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya samaralari, odatda qaytuvchan bo‘ladi va preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, abdominal og‘riqlar, ta‘m bilishni buzilishi, stomatit, glossit, soxta membranoz kolit, jigar transaminazalari (kam hollarda – ishqoriy fosfataza, bilirubin, xolestatik sariqlik) faolligini oshishi, disbakterioz. Seftriaksonni yuqori dozalarda qo‘llash soxta xolelitiazni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Gematologik o‘zgarishlar: leykopeniya, neytropeniya, granulositopeniya, limfositopeniya, trombositoz, trombositopeniya, gemolitik anemiya, qon ivishini buzilishi, protrombin vaqtini uzayishi, kam hollarda – eozonofiliya, yakka hollarda agranulositoz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: glyukozuriya, qon plazmasida mochevina va kreatininning miqdorini oshishi, silinduriya, gematuriya, oliguriya, anuriya.

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, kam hollarda – bronxospazm, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson eritema, toksik epidermal nekroliz, zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Mahalliy reaksiyalar: preparat vena ichiga yuborilganidan so‘ng flebit rivojlanishi mumkin. Preparatni sekin (2-4 minut davomida) yuborish yo‘li bilan undan saqlanish mumkin; lidokainni qo‘llamasdan preparatni mushak ichiga yuborish og‘riqli bo‘ladi, yuborilgan joyda infiltrat hosil bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, burundan qon ketishlar, kandidoz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • sefalosporinlar va penisillinlarga ma‘lum yuqori sezuvchanlik;
  • cho‘kma holida seftriakson kalsiy hosil bo‘lish havfi borligi sababli, tarkibida kalsiy saqlovchi infuziyalar bilan bir vaqtda qo‘llash;
  • giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar;
  • 41 haftalikkacha (homiladorlik haftasi + hayotining birinchi haftasi) bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlar;
  • sariqlik, gipoalbuminemiya yoki asidoz bilan tug‘ilgan 28 kunlikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkin emas.

Lidokain erituvchi sifatida (mushak ichiga in‘eksiya qilish uchun) qo‘llanganida lidokain uchun qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni inobatga olish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Halqali diuretiklar (masalan, furosemid) bilan bir vaqtda qo‘llanganida buyrak faoliyatini buzilishi kuzatilmaydi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va trombositlar agregasiyasining boshqa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish ehtimoli oshadi.

Lisef va aminoglikozidlar ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sinergizmga ega. Bunday majmua og‘ir darajadagi va hayot uchun havf tug‘diruvchi infeksiyalar (masalan, Pseudomonas aeruginosa kabi qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksiyalar) ni davolashda isbotini topgan.

Lisef preparatini bir flakon yoki shprisda boshqa antibiotiklar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa sefalosporinlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Lisef preparati bilan davolashda ham anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Preparat bilan uzoq vaqt davomida davolanganda periferik qon manzarasini muntazam ravishda ravishda nazorat qilish kerak.

Kam hollarda ultratovush diagnostikasida o‘t pufagini soyasi paydo bo‘lishi mumkin, u preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi. Hatto agar bu holat o‘ng qovurg‘a osti sohasidagi og‘riqlar bilan kechsa, simptomatik davolash fonida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya etiladi.

Lisefning har bir grammida 3,6 mmol natriy mavjud. Preparat, tuzning miqdori cheklangan parhezga rioya qiluvchi bemorlarga qo‘llanganida yuqoridagini e‘tiborga olish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina Lisef preparatini qo‘llash mumkin (seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi).

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish xaqidagi masalani hal qilish kerak, chunki seftriakson ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Lisefni ta‘sir qilishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud emas. Biroq preparat bilan davolanishda bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud emas.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun bo‘lgan 10 flakon kontur uyali o‘ramda.

1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

15oS-25oS haroratda saqlansin.

Tayyor bo‘lgan eritma 2oS-8oS haroratda 24 soat davomida yoki 15oS-25oS haroratda 6 soat davomida barqarordir.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LISEF poroshok 1000mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LISEF poroshok 1000mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LISEF poroshok 1000mg N1 dori vositasi Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: Brawn Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LISEF poroshok 1000mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LISEF poroshok 1000mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIRKASIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: Brawn Laboratories Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9