5 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
METRALIN
METRALINUM
Preparatning savdo nomi: Metralin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metronidazol
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
faol modda: metronidazol – 5,0 g.
yordamchi moddalar: natriy xloridi – 7,0 g; etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (B trilon) – 0,1 g; in‘eksiya uchun suv – 1000 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi:mikrob va protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi:J01XD01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Protozoy va mikroblarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda bir hujayrali hayvonlar hujayra ichi transport oqsillari 5-nitroguruhining biokimyoviy tiklanishi bilan bog‘liq. Tiklangan 5-nitroguruh, mikroorganizmlarning hujayra DNK si bilan o‘zaro ta‘sirlashadi, bu esa ularning nuklein kislotalari hosil bo‘lishini to‘sadi va bakteriyalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Quydagilarga nisbatan faol:
Sodda bir hujayrali hayvonlar | Grammanfiy (obligat) anaeroblar (spora hosil qiluvchi va qilmaydigan) | Grammusbat anaeroblar | Boshqalar |
Trichomonas vaginalis,
Entamoeba histolytica, Giardia intestinalis (Giardia lamblia, Lamblia intestinalis, Giardia duodenalis), Lamblia spp. |
bakteroidlar: Bacteroides spp., Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis. Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus;
fuzobakteriyalar: Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens, Fusobacterium spp.; boshqalar: Veillonella spp. |
Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. | Gardnerella vaginalis |
Trixomonasid ta‘siri (yuqorida keltirilgan sodda bir hujayrali hayvonlarning 99% ni nobud bo‘lishi), preparat konsentrasiyasi 24 soat davomida 2,5 mkg/ml bo‘lganida kuzatiladi. Ushbu shtammlar uchun MBK (minimal bostiruvchi konsentrasiya) 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Anaerob organizmlar uchun MBK90 8 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksisillin bilan birga qo‘llanganda Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (amoksisillin Metralinga nisbatan chidamlilik rivojlanishini bartaraf qiladi).
Metralinga nisbatan aerob organizmlar va fakultativ anaeroblar chidamli, ammo aralash flora mavjud bo‘lganda (aerob va anaeroblar), oddiy aeroblarga nisbatan samarali bo‘lgan antibiotiklar bilan Metralin sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.
Shishlarning nurlanishga nisbatan sezgirligini oshiradi, alkogolga nisbatan sezuvchanlikni chaqiradi (disulfiramsimon ta‘sir), reparativ jarayonlarni kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning qon plazmasidagi konsentrasiyasi yuborilgan dozasiga qarab chiziqli bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Preparatni 8 soat davomida vena ichiga tomchilab 100-4000 mg dozada yuborilishi orqali qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) chiziqli ravishda erishiladi – dozaga qarab 6-40 mkg/ml ni tashkil qiladi. 500 mg Metralin mavjud bo‘lgan eritmani bir marta oqim bilan yuborilishi, qon plazmasida o‘rtacha 11,7-18 mkg/ml konsentrasiyasini yuzaga keltiradi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) – 30-60 minut, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Vena ichiga (v/i) 20 minut davomida 500 mg yuborilganda qon plazmasidagi Cmax bir soatdan keyin – 35,2 mkg/ml, 4 soatdan keyin – 33,9 mkg/ml, 8 soatdan keyin – 25,7 mkg/ml; keyingi yuborishlardagi preparatlarning qondagi minimal konsentrasiyasi (Cmin) – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida, Metralinning v/i yuborilganidan keyingi safrodagi konsentrasiyasi, plazmadan sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi. Metralin yuqori taqsimlanish hajmiga ega (Vd): kattalarda – 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg ni tashkil qiladi.
Gidroksil guruxini ko‘shilish, oksidlanish va UDF-glyukuron kislotasi qo‘shilish yo‘llari orqali metabolizmga uchraydi (30-60%). Asosiy metabolit – 2 oksimetronidazol ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Metralin, bakterisid konsentrasiyalarga erishuvchi yuqori singa olish qobiliyatiga ega, jumaladan:
Gemato-ensefal va plasentar to‘siqlardan o‘tadi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri (T1/2), jigarning normal faoliyatida 8 soatni (6 soatdan 12 soatgacha) tashkil qiladi. Jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soatni (6 soatdan 12 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftalik davridagi o‘z vaqtida tug‘ilganlarda taxminan 75 soatni, tegishli ravishda 32-35 haftaligida – 35 soatni, 36-40 haftaligida – 25 soatni tashkil qiladi.
Metralin va u metabolitlarining taxminan 60-80% siydik (20% o‘zgarmagan holda), 6-15% – ichak orqali chiqariladi. Buyrak klirensi – 10,2 ml/min.
O‘ziga hos klinik holatlaridagi farmakokinetikasi
Jigar faoliyati susaygan bemorlarda Metralin klirensining pasayishi kuzatiladi. Metralin va asosiy metabolitlar gemodializ vaqtida qondan tez chiqariladi (T1/2 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializ vaqtida kam miqdorda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Buyurilayotgan vaqtda unga nisbatan aniqlangan mikroorganizmlar sezuvchanligini aniqlash tavsiya qilinadi.
Doza kasallik og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.
Vena ichiga (v/i) yuboriladi – oqim bilan yoki tomchilatib.
Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga v/i tomchilatib boshlang‘ich 500-1000 mg (7,5-15 mg/kg) dozada yuboriladi, infuziya davomiyligi – 30-60 minut, so‘ngra har 8 soatda 500 mg (7,5 mg/kg) dan 5 ml/min tezlikda yuboriladi. O‘rtacha davolash kursi – 7 kun (shahsiy ravishda aniqlanadi). Zarur holatlarda v/i yuborilishi uzoq vaqt davom ettiriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil qiladi. Ko‘rsatmalarga qarab sutkasiga 3 marta 200-400 mg dan ichga, tutib turuvchi qabulga o‘tiladi.
Oldini olish maqsadda kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga jarrohlik amaliyotlaridan oldin v/i tomchilatib 500-1000 mg dan, amaliyot va ertasi kuni – 1500 mg/sut (har 8 soatda 500 mg dan). 1-2 kundan keyin ichga, tutib turuvchi qabulga o‘tiladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga avvalgi sxema bo‘yicha bir martalik 7,5 mg/kg dozada buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 ta davolanish kursi o‘tkaziladi.
Radiosensibilizasiya vositasi sifatida 160 mg/kg yoki tana sathidan 4-6 g/m2 hisobida, nurlanishdan 30-60 minut oldin v/i tomchilatib yuboriladi. 1-2 hafta davomida, har bir nurlanish seansidan oldin qo‘llanadi. Qolgan nurlanish muolajasi davrida Metralin qo‘llanilmaydi. Bir martalik maksimal dozasi 10 g, kurslik – 60 g dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Nurlanish chaqirgan intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmalari qo‘llanadi.
O‘ziga hos klinik holatlarda qo‘llanishi
Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) 30 ml/min va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, maksimal sutkalik doza 1000 mg dan oshmasligi, qabul qilishlar soni sutkasiga 2 marta bo‘lishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari (teri toshmasi, qichishish, isitmali qaltiroq), eshakemi, teri giperemiyasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xatarli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik reaksiya.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta‘sirchanlik, yuqori ko‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, periferik nevropatiya (polinevropatiya, neyropatiya), kam hollarda (uzoq vaqt qo‘llanganda) – tirishishlar, uyquchanlik, depressiya, koordinasiyani buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:EKG da T tishchasining yassilanishi.
Nafas tizimi tomonidan: burun bitishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tilning karash bilan qoplanishi, og‘izdan nordon, metall ta‘mining kelishi, og‘iz qurishi, glossit, stomatit, ishtaha yo‘qolishi, diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning pastki sohasidagi to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ichak kolikasi, qabziyat, pankreatit, kam hollarda – xolestaz, sariqlik.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni ushlab olmaslik, kandidoz, siydikning qizg‘ish-jigarrangga bo‘yalishi (metronidazol metaboliti chaqiradi, klinik ahamiyatga ega emas).
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiyalar.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan:qaytarneytropeniya va leykopeniya,kam hollarda – jigar fermentlari faolligining oshishi.
Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (yuborilgan joyda og‘riq, qizarish yoki shish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
V/i yuboriladigan metralinni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Glyukozaning 10% li eritmasi, benzilpenisillin natriyli (kaliyli) tuzi, Ringer laktatli eritma bilan farmasevtik nomutanosib.
Sefipin bilan farmasevtik nomutanosib – bitta shprisda yuborish mumkin emas.
Boshqa guruh antibiotiklari bilan muvofiq: betalaktamlar, xinolonlar, aminoglikozidlar va boshqalar.
Sulfanilamidlar va ba‘zi antibiotiklar Metralinning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.
Birga qo‘llanganida aztreonam Metralin bilan sinergizm namoyon qiladi.
Anaerob infeksiyalarda sparfloksasin Metralin bilan birga muvaffaqiyatli tarzda qo‘llash mumkin.
Metralin amoksisillin, sefaklorning bakteriyalarga qarshi faolligini oshiradi.
Metralin bilan birga qo‘llanganda lomefloksasinning (lomefloksasin + pirazinamid + protionamid + etambutol majmualari tarkibida) “ikki tomonlama chidamliligi” bo‘lmaydi.
Siprofloksasin Metralinning samarasini kuchaytiradi (o‘zaro). Siprofloksasin (tinidazol + siprofloksasin majmualari tarkibida) Metralin bilan birgalikda qo‘llanganda odatda sinergizm kuzatiladi. Siprofloksasin Metralin bilan birga anaerob infeksiyalarda qo‘llash mumkin. Siprofloksasinni Metralin bilan birga qo‘llashda plazmadagi ular konsentrasiyasining o‘zgarishi kuzatilmagan.
Metralin astemizol, terfenadinning metabolizmni susaytiradi va ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Didanozin bilan birga qo‘llanganda, Metralin qo‘shilganligi sababli pankreatit va periferik neyropatiyalar rivojlanishi ehtimoli oshadi.
Preparat bilvosita antikoagulyantlar (varfarin, asenokumarol) ta‘sirini kuchaytiradi, bu esa protrombin hosil bo‘lish vaqtini oshiradi, shuning uchun peroral antikoagulyantlar dozasiga tuzatish kiritish zarur. Metralinni vena ichiga yuborishdan 24 soat oldin oral antikoagulyantlar qabulini to‘xtatish maqsadga muvofiq.
Asetaldegiddegidrogenaza ingibitori bilan birga qo‘llanilganida, Metralin sianamid ta‘sirini kuchaytiradi, ushbu preparatlarni birga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Alkogol va Metralinning bir vaqtda qo‘llanishi disulfiramsimon reaksiyalarni chaqirishi mumkin (qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, teri giperemiyasi).
Disulfiram (esperal) bilan birga qo‘llanishi turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin – additiv harakat, psixotik holati paydo bo‘lish ehtimoli, ongning chalkashishi (buyurishlar orasidagi vaqt oralig‘i – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak).
Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlarini kuchaytiruvchi preparatlar bilan birga buyurilishi Metralinning chiqarishini kuchaytirishi mumkin, bu esa uning plazmadagi konsentrasiyasi kamayishiga olib keladi.
Simetidin Metralin metabolizmini susaytirishi mumkin, bu esa uning qon zardobidagi konsentrasiyasi oshishiga (yarim chiqarilish davri oshadi va klirensi kamayadi) hamda nojo‘ya ta‘sirlarni ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Litiy preparatlari bilan birga qabul qilinganda (masalan, litiya karbonat), uning plazmadagi konsetrasiyasi oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilishdan oldin litiyning dozasini kamaytirish yoki uning qabulini davolash vaqtida to‘xtatib turish lozim.
Nodepolyarizasiyalanuvchi miorelaksantlar (vekuroniya bromid) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni tarkibida natriy bo‘lgan boshqa eritmalar bilan bir vaqtda yuborish, natriyning organizmda to‘planib qolishiga olib kelishi mumkin.
Siklosporinning Metralin bilan bir vaqtda yuborilishi, siklosporinning qon plazmasidagi darajasi oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa laborator nazorat talab qiladi (siklosporinning qon plazmasidagi darajasini aniqlash).
Metralin fluorourasil klirensini kamaytiradi, natijada uning toksikligi oshadi.
Metralin tegafuraning biotransformasiyasini kamaytiradi, qondagi konsentrasiyasi, samarasi va toksik ta‘sirlar havfini oshiradi.
Mahsus ko‘rsatmalar
Metralin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iyan man etiladi (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanish havfi mavjud: qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, teri giperemiyasi).
Jigar kasalliklarida Mteralinning chiqarilishi sekinlashadi, bu esa uning to‘planishiga olib keladi. Bunday holatda dozaga tuzatish qiritish zarur. Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda eritmani ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Shuningdek glyukokortikosteroidlar qabul qilayotgan, shishlarga moyilligi, hamda markaziy nerv tizimining o‘tkir va qiyin kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ham ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Amoksisillin bilan birga 18 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infeksion jarayonning rivojlanish havfiga bog‘liq.
Bemorlardagi ataksiya, bosh aylanishi va nevrologik statusning boshqa har qanday yomonlashuvi muolaja to‘xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni harakatsizlantirishi va Nelsonning soxta musbat testiga olib kelishi mumkin.
Ayollarning trixomonadali vaginit va erkaklarning trixomonadali uretritini davolashda jinsiy hayotdan saqlanish lozim. Jinsiy sheriklarning birgalikda davolanishi shart. Davolash hayz vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniaza muolajasidan so‘ng navbatdagi uchta hayzdan oldin va keyingi sikllar davomida nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim.
Lyamblioz muolajasidan so‘ng, agar simptomlar saqlansa, 3-4 haftadan so‘ng bir necha kunlik vaqt oraliqlari bilan 3 ta ahlat tahlilini o‘tkazish darkor (ba‘zi muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya natijasida yuzaga keluvchi laktozani qabul qila olmasligi, lyamblioz belgilarini eslatishi va bir necha hafta yoki oy davomida saqlanib turishi mumkin).
Preparat alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza faolligini, qondagi glyukoza darajasini aniqlovchi natijalarni o‘zgartirishi mumkin.
Preparatni qo‘llash mobaynida bir oz leykopeniya aniqlanishi mumkin, shuning uchun muolaja boshi va oxirida periferik qondagi leykositlar miqdorini nazorat qilish maqsadga muvofiq. Muolaja 10 kundan ortiq davom etsa, qonning doimiy laborator nazorati zarur.
Preparatni qo‘llash davomida kandidozning zo‘rayishi kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida avtomobilni boshqarish va potensial havfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Qo‘llash mumkin emas (Metralin yo‘ldosh orqali o‘tadi).
Metralin qon plazmasidagi konsentrasiyasiga muvofiq miqdorda ona sutiga o‘tadi. Ona sutiga nordon ta‘m berishi mumkin. Preparatni bolaga ta‘sir qilishdan saqlanish uchun, davolash vaqtida va tugaganidan keyin 1-2 kun o‘tgunicha emizishni to‘xtatib turish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari:ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya, radiosensibilizasiya vositasi sifatida qabul qilinganda – tirishishlar, periferik nevropatiya, epileptik tutqanoqlar.
Davolash: simtomatik. Mahsus antidoti yo‘q. Metralin va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi. Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma, 0,5% li 100 ml danpolipropilenli flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.