×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METRALIN tabletkalari 250mg N30

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Protozoylarga qarshi vosita.
Faol modda:
Метронидазол
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01XD0l
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

STREPTOMISIN poroshok 1g Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
2 500 s`om dan
NIKAPIM poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
46 000 s`om dan
YUNIDOKS SOLYUTAB tabletkalari 100mg N10 ЗиО-Здоровье, ЗАО Rossiya
88 000 s`om dan
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10 Krka d.d. Sloveniya
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol – 250 mg yoki 500 mg;

yordamchi modda: kartoshka kraxmali;

qobiq tarkibi: oq opadray (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol).

Сhiqarilish shakli

250 mg dan yoki  500 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 10 yoki 20 tabletka o'ramda.



Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: metronidazol – 250 mg yoki 500 mg; yordamchi modda: kartoshka kraxmali; qobiq tarkibi: oq opadray (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol).
Protozoy va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda bir hujayrali hayvonlar hujayra ichi transport oqsillari 5-nitroguruhining biokimyoviy tiklanishi bilan bog'liq. Tiklangan 5-nitroguruh, mikroorganizmlarning hujayra DNK si bilan o'zaro ta'sirlashadi, bu esa ularning nuklein kislotalari ingibitsiya qilib va bakteriyalarning nobud bo'lishiga olib keladi. Quydagilarga nisbatan faol: Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., va shuningdek grammanfiy obligant anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan: Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Prevotella (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens), va ayrim grammusbat anaeroblar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.). Bu shtammlar uchun minimal bosturuvchi kontsentartsiyasi (MBK) 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksitsillin bilan birga qo'llanganda Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (amoksitsillin metronidazolga nisbatan chidamlilik rivojlanishini bartaraf qiladi). Metronidazolga nisbatan aerob mikrorganizmlar va fakul'tativ anaeroblar chidamli, ammo aralash flora mavjud bo'lganda (aerob va anaeroblar), oddiy aeroblarga nisbatan samarali bo'lgan antibiotiklar bilan metronidazol sinergik ta'sir ko'rsatadi. O'smalarni nurlanishga nisbatan sezgirligini oshiradi, alkogolga nisbatan sezuvchanlikni chaqiradi (disul'firamsimon ta'sir), reparativ jarayonlarni rag'batlantiradi.
Ichga qabul qilgandan keyin metralin tez va to'liq so'riladi (1 soatda taxminan 80%). Ovqatni qabul qilish Metralin so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Jigar normal funktsiyasida yarim chiqarilish davri o'rtacha 8-10 soatni tashkil qiladi (6 soatdan 12 soatgacha). Jigar alkogol shikastlanishida – 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug'ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikni 28-30 xaftada tug'ilganlarda taxminan 75 soat, muvofiq 32-35 xaftada – 35 soat, 36-40 xaftada – 25 soat. Metralin erishuvchi yuqori singa olish qobiliyatiga ega bo'lib, organizmning ko'pchilik to'qimalarda va suyuqliklarda, shu jumaladan: o'pka, buyraklar, jigar, bosh miya, teri, orqa miya suyuqligi, safro, so'lak, amniotik suyuqligi, abstsess bo'shlig'i, qin sekreti, urug' suyuqligi, ko'krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishadi. Gemato-entsefal va yo'ldosh to'siqlardan o'tadi. Metralin yuqori taqsimlanish hajmiga ega (vd): kattalarda – 0,55 l/kg, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 10-20%. Gidroksil guruxini ko'shilish, oksidlanish va glyukuron kislotasi qo'shilish yo'llari orqali metabolizmga uchraydi (30-60%). Asosiy metaboliti (2 oksimetronidazol) protozoylarga va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Qondagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) – 1-3 soat, terapevtik kontsentratsiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Metronidazolning 500 mg ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi Cmax bir soatdan keyin – 10 mkg/ml, 3 soatdan keyin – 13,5 mkg/ml. Metronidazol taxminan 60-80% siydik (20% o'zgarmagan ko'rinishida), 6-15% – ichak orqali chiqariladi. Buyrak klirensi – 10,2 ml/min ni tashkil qiladi. O'ziga hos klinik holatlaridagi farmakokinetikasi Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda Metralin klirensi pasayishi kuzatiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda qon zardobida metronidazol to'planishi kuzatilishi mumkin (og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish lozim). Keksa yoshdagi bemorlarda metronidazolni buyrak orqali chiqarilishi kamayadi. Metralin va asosiy metabolitlari gemodializ vaqtida qondan tez chiqariladi (T1/2 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializ vaqtida kam miqdorda chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tilni karash bilan qoplanishi, ta'm sezishni his qilish (yoqimsiz, og'izdan “metall” ta'mini kelishi, og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatini qurishi va yallig'lanishi, (glossit, stomatit), ishtahani yo'qolishi, diareya, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyada og'riqlar, ichak sanchig'i, qabziyat, pankreatit (qaytuvchan holatlar), kam hollarda – xolestaz, sariqlik, jigar funktsiyasining laborator ko'rsatkichlarni qaytuvchan buzilishlari. Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ta'sirchanlik, yuqori ko'zg'aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, depressiya, periferik sensor neyropatiya, kam hollarda (uzoq vaqt qo'llanganda) – tirishishlar, uyquchanlik, depressiya, koordinatsiyani buzilishi, ataksiya, dizarttriya, nistagm, tremor, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar; juda kam hollarda – entsefalopatiya.. Ko'rish a'zosi tomonidan: ko'rishni o'tuvchan buzilishlari (diplopiya, miopiya). Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, kam hollarda: agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya. Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish, anafilaktik shok. Teri va teri osti to'qimalar tomonidan: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, teri giperemiyasi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, teri pustulyoz toshmasi. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydikni ushlab olmaslik, siydik chiqarish kanalini achitish his qilish, kandidoz, metronidazolning suvda eridaydigan metabolitini siydikda mavjudligini tufayli siydikning qizg'ish-jigarrangga bo'yalishi. Boshqalar:EKG da T tishchasining tekislanishi, juda kam hollarda – ototoksiklik.
Shifokor retsepti bo'yicha.
Davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, va Metralin bilan davolash tugatishdan keyin 48 soat davomida qat'iyan man etiladi (disul'firamsimon reaktsiyalar rivojlanish havfi mavjud: qorinda spastik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, to'satdan yuzga qon quyilishi). Jigar kasalliklarida Metralinning metabolizmi sekinlashadi, bu esa plazmada uning kontsentratsiyasi va metabolitlari oshishiga olib keladi. Bunday holatda dozaga tuzatish qiritish zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda preparatni chiqarilishi sekinlashishi tufayli Metralinning sutkalik dozasini 2 barobar kamaytirish lozim,. Surunkali buyrak yetishmovchiligi va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga maksimal sutkalik doza 1000 mg dan ko'p emas. Qabul qilish soni - sutkada 2 marta. KK minutiga 10 ml kam bo'lsa sutkalik doza 2 marta kamaytirish kerak. Shuningdek glyukokortikosteroidlar qabul qilayotgan, shishlarga moyilligi bo'lgan patsientlarda ham ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Keksa patsientlarda va markaziy nerv tizimi susayishi bo'lgan patsientlarda Metralin alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarni har qanday nevrologik statusni boshqa yomonlanishi paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak. Amoksitsillin bilan majmuada 18 yoshdan kichik bo'lgan patsientlarda qo'llash tavsiya qilinmaydi. Preparat qo'llanilganda ahamiyatsiz leykopeniya aniqlanishi mumkin, shuning uchun davolashni boshida v ohirida periferik qonda leykotsitlar miqdorini nzorat qilish maqsadga muvofiq. Davolash davomiyligi 10 kundan ko'p bo'lsa periferik qon manzarasi va jigar funktsiyasini nazorat qilish lozim. Leykopeniyada davolashni davom etish imkoniyati infektsion jarayonni rivojlanish xavfiga bog'liq. Porfiriyasi bo'lgan patsientlarda metronidazolni qo'llashdan saqlanish lozim. Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nel'sonning soxta musbat testiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak. Ayollarning trixomonadli vaginit va erkaklarning trixomonadli uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish lozim. Jinsiy sheriklarning birgalikda davolanish shart. Davolash hayz vaqtida to'xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin navbatdagi uchta hayzdan oldin va keyingi tsikllar davomida nazorat sinamalarini o'tkazish lozim. Lyamblioz davolashdan keyin agar simptomlar saqlanib qolsa, 3-4 haftadan keyin bir necha kunlik intervallari bilan 3 ta ahlat tahlilini o'tkazish lozim (ba'zi muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya natijasida invaziya chaqirgan yuzaga keluvchi laktozani o'zlashtira olmasligi, lyamblioz simptomlarini o'xshashi va bir necha hafta yoki oy davomida saqlanib turishi mumkin). Preparat alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza faolligini, qondagi glyukoza darajasini natijalarni o'zgartirishi mumkin. Preparatni qo'llash davomida kandidozning zo'rayishi kuzatilishi mumkin. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya samaralari paydo bo'lganida avtomobilni boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Metralin yo'ldosh orqali o'tishi tufayli homiladorlikni I uch oylikda preparatni buyurish mumkin emas. II va III uch oylliklarda agar preparatni qo'llashi ona uchun potentsial foyda homila uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lganida qo'llash lozim. Metranil qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga muvofiq miqdorda ona sutiga o'tadi, preparat bilan davolash vaqtida emizishni to'xtatish tavsiya qilinadi. Avtomobil'ni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparatni qabul qilishi bilan bog'liq bosh aylanishi va boshqa nojo'ya samaralar paydo bo'lish imkoniyati sababli avtomobil'ni va boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
• protozoy infektsiyalari:  amyobiazni barcha shakllari: ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya) va ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan amyobali jigar abstsessi, simptomsiz amyobiaz);  trixomoniaz, trixomanadli vaginit va uretrit;  giardiazis;  balantidiaz;  lyamblioz;  teri leyshmaniozi. • Vacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus): chaqirgan infektsiyalar:  suyak va bo'g'im infektsiyalari, osteomielit;  markaziy nerv tizimining infektsiyalari, shu jumladan meningit, bosh miya abstsessi;  bakterial endokardit;  nafas yo'llarining infektsiyalari;  nekrotik pnevmoniyasi;  plevra empiemasi va o'pka abstsessi; • Clostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar:  qorin bo'shlig'i infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi);  kichik chanoq a'zolari infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, adneksit, fallopiy naylari va tuxumdon abstsessi, qin infektsiyalari);  teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari (shu jumladan gazli gangrena, anaerob gangrena, mionekroz);  septitsemiya;  qoqshol. • Sohta membranoz kolit (antibiotiklar qo'llanishi bilan bog'liq); • Periodont infektsiyalari (o'tkir yarali gingivit, o'tkir odontogen infektsiyalari); • Nelicobacter pylori bilan bog'liq gastrit yoki o'n ikki barmoq ichak yoki me'da yarasi (kompleks davolash tarkibida); • Jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni oldini olish (ayniqsa me'da-ichak yo'llaridagi jarrohlik aralashuvlari va ginekologik opreatsiyalar); • O'smalari bo'lgan bemorlarni nur terapiyasi – radiosensibilizatsiya vosita sifatida, o'smaning chidamliligi uning xujayra gipoksiyasi bilan bog'liq bo'lgan holatlarida qo'llanadi.
• preparatga nisbatan o'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan nitromidazolning boshqa hosilalariga); • qon kasalliklari, leykopeniya (shu jumladan anamnezida); • markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq); • og'ir jigar yetishmovchiligi; • homiladorlikni I uch oylik; • laktatsiya; • 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan • buyrak/jigar yetishmovchiligi; • periferik va markaziy nerv tizimining o'tkir va surunkali kasalliklari (nevrologik simptomlarni og'irlanish xavfi).
Boshqa guruhdagi antibiotklari bilan birga yaxshi qo'llaniladi: xinolinlar, aminoglikozidlar va boshqalar. Sul'fanilamidlar Metralining mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar Metralin bilvosita antikoagulyantlarni (varfarin, atsenokumarol) ta'sirini kuchaytiradi va qon ketish xavfini oshiradi. Protrombin vaqtini tez-tezroq monitoring qilish talab qilinadi va peroral antikoagulyantlar dozasiga tuzatish kiritish zarur. Litiy preparatlari Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda uning plazmadagi kontsetratsiyasi oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin, bir vaqtda qo'llanilganida litiy, kreatinin va elektrolitlarni plazmadagi kontsentratsiyalarini monitoring qilish lozim. Atsetal'degidrogenaza ingibitorlari Disul'firam bilan birga qo'llanishi turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin – additiv harakat, psixotik reaktsiyalar paydo bo'lish ehtimoli, ongning chalkashishi (buyurishlar orasidagi intervali – 2 haftadan kam bo'lmasligi kerak). Tsianamid bilan bir vaqtda qo'llanishida Metralin tsianamidning samarasini kuchaytiradi. Bu preparatlar birga qo'llanishidan saqlanish lozim. Etanol Disul'firamsimon reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin (ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, teri giperemiyasi, taxikardiya). Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag'batlantiruvchi preparatlari Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag'batlantiruvchi preparatlari (fenobarbital, fenitoin) bilan bir vaqtda buyurish Metrolinni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, natijada plazmada uning kontsentratsiyasi kamayadi. Tsimetidin Tsimetidin Metranil metabolizmini ingibitsiya qiladi, bu esa qon zardobida uning kontsentratsiyasi oshishiga hamda nojo'ya holatlarni rivojlanish xavfi ko'payishiga olib kelishi mumkin. Ftoruratsil Metralin ftoruratsilning klirensini kamaytiradi, shu sababli uning toksikligi oshadi. Qutblanmaydigan miorelaksantlar Metralin kutblanmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo'llash tavsiya qilinmaydi. Tsiklosporin Tsiklosporinni Metranil bilan bir vaqtda yuborilishi, qon plazmasida tsiklosporinning darajasi oshishiga olib kelishi mumkin. tsiklosporin va kreatinin zardobadagi kontsentartsiyasini monitoring qilish talab qiladi. Busul'fan Qon plazmasida metronidazol busul'fan kontsentratsiyasini oshiradi, busul'fanning og'ir toksik ta'sirini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Astemizol va terfenadin Metronidazol astemizol, terfenadin bilan bir vaqtda qo'llash lozim, chunki metronidazol bu preparatlarning metabolizmni susaytiradi, ularning plazmadagi kontsentratsiyasini oshadi, EKG da o'zgarishlari mumkin (aritmiyalar, yurak blokadasi), xushdan ketish kuzatilishi mumkin. Didanozin Birga qo'llanganda pankreatit va periferik neyropatiyalar rivojlanishi ehtimoli oshadi. Tegafur Metralin biotranformatsiyasini sekinlashtiradi, qonda tegafurning kontsentratsiyasi, toksik ko'rinishlar xavfi va samarasini oshiradi,
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.
Oq rangdan sarg'ish tusli bilan oq rangcha ikki tomonlama qavariq silliq tabletkalar
Ichga ovqatdan oldin yoki keyin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Doza kasallik og'irligi, infektsiya turi, organizm holati, patsientning yoshi, vazni va buyrak funktsiyasiga bog'liq. Davolash kursini davomiyligi va ularni o'tkazish tez-tezligi individual belgilanadi. Ichga qabul qilish va vena ichiga yuboriladigan maksimal sutkalik doza 4 g oshmasligi kerak. Trixomoniazni davolash Kattalar va 10 yoshdan katta bo'lgan bolalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta yoki 500 mg dan sutkada 2 marta 7 kun davomida. Kurslar orasida nazoratli laborator tekshiruvlar o'tkazilishi bilan 3-4 xaftalik tanaffus qilish lozim. Davolashni ikkala jinsiy sheriklarda bir vaqtda o'tkaziladi. Ayollarga qin shamchalar, surtmalar yoki qin tabletkalar shakllida qo'shicha metronidazol buyurish kerak. Davolashni al'ternativ sxemasi patsientga va uning jinsiy sherikiga bir marta 2 g yoki bir martalik sutkalik doza shaklida ertalab 0,75 g va 1,25 g hisoblanadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 125 mg dan sutkada 2 marta, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 125 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Bakterial vaginozni davolash Kattalarga: 500 mg dan sutkada 2 marta 7 kun davomida yoki bir martalik dozada 2 g buyuriladi. Jinsiy sherikni bir vaqtda talab qilinmaydi. Lyabliozni davolash Kattalar va 10 yoshdan katta bo'lgan bolalarga – 500 mg dan sutkada 2 marta 5-7 kun davomida yoki 2000 mg dan sutkada 1 marta 3 kun davomida buyuriladi. 6 avvalgi sxema bo'yicha bir martalik 7,5 mg/kg dozada buyuriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 250 mg dan sutkada 1 marta 5 kun davomida yoki 500-750 mg dan sutkada 1 marta 3 kun davomida; 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 250 mg dan sutkada 2 marta 5 kun davomida yoki 1000 mg dan sutkada 1 marta 3 kun davomida buyuriladi. O'tkir yarali gingivitni davolash Kattalar va 10 yoshdan katta bo'lgan bolalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 125 mg dan sutkada 2 marta; 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 125 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 3 kunni tashkil qiladi. Amyobiazli infektsiyalarni davolash Kattalarga: simptomlari bo'lmagan amyobiazda (kista aniqlanganda) sutkalik doza – 1-1,5 g (500 mg dan sutkada 2-3 marta) 5-7 kun davomida buyuriladi. Surunkali amyobiazda sutkalik doza – 1,5 g 3 qabulga bo'lib 5-10 kun davomida buyuriladi O'tkir amyobali dizenteriyada – 2,5 mg 3 qabulga bo'lib simptomlar bartaraf bo'lguncha. Bolalarga: sutkada 30-40 mg/kg dan 3 qabulga bo'lib, daovlash kursi 7-10 kun Jigar amyobli abstsessi: kattalarga - 400 mg yoki 800 mg dan kuniga 3 marta antibiotiklar bilan majmuada (tetratsiklin qatori yoki boshqa usullari bilan). Bolalarga – sutkada 30-35 mg/kg dan (3 qabulga bo'lib). Davolash kursi 5-10 kun. O'tkir odontogen infektsiyalarni davolash Kattalar va 10 yoshdan katta bo'lgan bolalarga – 250 mg dan sutkada 3 marta 5-7 kun davomida buyuriladi. Soxta membranoz kolitni davolash 500 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Bolalarga sutkada 30 mg/kg dozada buyuriladi. Sutkalik doza 3-4 qabulga bo'linadi. Kursni davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi Helicobacter pylori eradikatsiyasi uchun – 500 mg dan sutkada 3 marta 7 kun davomida (majmuaviy davolash tarkibida, masalan amoksitsillin bilan sutkada 2,25 g dan). Bolalarga eradikatsion sxema tarkibida Metralin sutkada 20 mg/kg dozada, maksimal doza 500 mg gacha sutkada 2 marta 7 kun davomida buyuriladi. Buyrak va jigar funktsiyalarini yaqqol namoyon bo'lgan buzilishlari bo'lgan patsientlarga metronidazolning sutkalik dozasi 1 g, amoksitsillinning dozasi – kuniga 1,5 g. Qabul qilish soni sutkada 2 marta. Anaerob infektsiyani davolash Anaerob infektsiyalarni davolashni odatda vena ichiga infuziyalardan boshlanadi. Peroral qabul qilish imkoni paydo bo'lganida davolash tabletkalar bilan davom qilish kerak. Kattalar va 10 yoshdan katta bo'lgan bolalarga: 500 mg dan sutkada 3-4 marta. 10 yoshdan kichik bo'lgan bolalarda anaerob infektsiyalarni davolashnimetronidazolning infuzion eritmalardan qo'llash tavsiya qilinadi.maksimal sutkalik doza – 1,5-2 g, bolalarga sutkada 20-30 mg/kg hisobidan. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Jarrohlik aralashuvlardan oldin infektsion asoratlarni oldini olish uchun Kattalar va 12 yoshdan katta bo'lgan bolalarga: sutkada 750-1500 mgdan dozada 3 qabulga bo'lingan operatsiyadan 3-4 oldin buyuriladi. Operatsiyadan 1-2 kun keyin (ichga qabul qilish ruhsat berilganda) sutkada 750 mg dan 7 kun davomida. Buyrak funktsiyasini yaqqol buzilshlarida (KK minutiga 10 ml da kam) sutkalik doza 2 marta kamaytirish kerak.
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, og'irroq holatlarda - ataksiya, paresteziya, tirishishlar. Davolash: simptomatik. Mahsus antidoti yo'q. Metralin va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi. Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.
METRALIN tabletkalari 250mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METRALIN

METRALINUM

 

Preparatning savdo nomi: Metralin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metronidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: metronidazol – 5,0 g.

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 7,0 g; etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (B trilon) – 0,1 g; in‘eksiya uchun suv – 1000 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi:mikrob va protozoylarga qarshi vosita.

ATX kodi:J01XD01

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Protozoy va mikroblarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda bir hujayrali hayvonlar hujayra ichi transport oqsillari 5-nitroguruhining biokimyoviy tiklanishi bilan bog‘liq. Tiklangan 5-nitroguruh, mikroorganizmlarning hujayra DNK si bilan o‘zaro ta‘sirlashadi, bu esa ularning nuklein kislotalari hosil bo‘lishini to‘sadi va bakteriyalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.

Quydagilarga nisbatan faol:

Sodda bir hujayrali hayvonlar Grammanfiy (obligat) anaeroblar (spora hosil qiluvchi va qilmaydigan) Grammusbat anaeroblar Boshqalar
Trichomonas vaginalis,

Entamoeba histolytica, Giardia intestinalis (Giardia lamblia, Lamblia intestinalis, Giardia duodenalis), Lamblia spp.

bakteroidlar: Bacteroides spp., Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis. Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus;

fuzobakteriyalar: Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens,

Fusobacterium spp.;

boshqalar: Veillonella spp.

Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Gardnerella vaginalis

Trixomonasid ta‘siri (yuqorida keltirilgan sodda bir hujayrali hayvonlarning 99% ni nobud bo‘lishi), preparat konsentrasiyasi 24 soat davomida 2,5 mkg/ml bo‘lganida kuzatiladi. Ushbu shtammlar uchun MBK (minimal bostiruvchi konsentrasiya) 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Anaerob organizmlar uchun MBK90 8 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksisillin bilan birga qo‘llanganda Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (amoksisillin Metralinga nisbatan chidamlilik rivojlanishini bartaraf qiladi).

Metralinga nisbatan aerob organizmlar va fakultativ anaeroblar chidamli, ammo aralash flora mavjud bo‘lganda (aerob va anaeroblar), oddiy aeroblarga nisbatan samarali bo‘lgan antibiotiklar bilan Metralin sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.

Shishlarning nurlanishga nisbatan sezgirligini oshiradi, alkogolga nisbatan sezuvchanlikni chaqiradi (disulfiramsimon ta‘sir), reparativ jarayonlarni kuchaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Preparatning qon plazmasidagi konsentrasiyasi yuborilgan dozasiga qarab chiziqli bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Preparatni 8 soat davomida vena ichiga tomchilab 100-4000 mg dozada yuborilishi orqali qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) chiziqli ravishda erishiladi – dozaga qarab 6-40 mkg/ml ni tashkil qiladi. 500 mg Metralin mavjud bo‘lgan eritmani bir marta oqim bilan yuborilishi, qon plazmasida o‘rtacha 11,7-18 mkg/ml konsentrasiyasini yuzaga keltiradi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) – 30-60 minut, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Vena ichiga (v/i) 20 minut davomida 500 mg yuborilganda qon plazmasidagi Cmax bir soatdan keyin – 35,2 mkg/ml, 4 soatdan keyin – 33,9 mkg/ml, 8 soatdan keyin – 25,7 mkg/ml; keyingi yuborishlardagi preparatlarning qondagi minimal konsentrasiyasi (Cmin) – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida, Metralinning v/i yuborilganidan keyingi safrodagi konsentrasiyasi, plazmadan sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi. Metralin yuqori taqsimlanish hajmiga ega (Vd): kattalarda – 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg ni tashkil qiladi.

Gidroksil guruxini ko‘shilish, oksidlanish va UDF-glyukuron kislotasi qo‘shilish yo‘llari orqali metabolizmga uchraydi (30-60%). Asosiy metabolit – 2 oksimetronidazol ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Metralin, bakterisid konsentrasiyalarga erishuvchi yuqori singa olish qobiliyatiga ega, jumaladan:

  • o‘pka;
  • buyraklar;
  • jigar;
  • bosh miya;
  • teri;
  • orqa miya suyuqligi;
  • safro;
  • so‘lak;
  • amniotik suyuqligi;
  • abssess bo‘shlig‘i;
  • vaginal shirasi;
  • urug‘ suyuqligi;
  • ko‘krak suti;

Gemato-ensefal va plasentar to‘siqlardan o‘tadi.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri (T1/2), jigarning normal faoliyatida 8 soatni (6 soatdan 12 soatgacha) tashkil qiladi. Jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soatni (6 soatdan 12 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftalik davridagi o‘z vaqtida tug‘ilganlarda taxminan 75 soatni, tegishli ravishda 32-35 haftaligida – 35 soatni, 36-40 haftaligida – 25 soatni tashkil qiladi.

Metralin va u metabolitlarining taxminan 60-80% siydik (20% o‘zgarmagan holda), 6-15% – ichak orqali chiqariladi. Buyrak klirensi – 10,2 ml/min.

O‘ziga hos klinik holatlaridagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyati susaygan bemorlarda Metralin klirensining pasayishi kuzatiladi. Metralin va asosiy metabolitlar gemodializ vaqtida qondan tez chiqariladi (T1/2 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializ vaqtida kam miqdorda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Protozoyli infeksiyalar:
  • ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigar abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya);
  • trixomoniaz;
  • giardiazis;
  • balantidiaz;
  • lyamblioz;
  • Bacteroides spp. chaqirgan infeksiyalar (jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus):
  • suyak va bo‘g‘im infeksiyalari;
  • markaziy nerv tizimi infeksiyalari, jumladan meningit, bosh miya abssessi;
  • bakterial endokardit;
  • plevra empiemasi va o‘pka abssessi;
  • Bacteroides turlari chaqirgan infeksiyalar, shu jumladan Bacteroides fragi1is guruhi Clostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari ham:
  • qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi);
  • kichik chanoq a‘zolari infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, adneksit va bakterial vaginoz);
  • teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (jumladan gazli gangrena (anaerob gangrena, mionekroz));
  • sepsis;
  • Sohta membranoz kolit (antibiotiklar qo‘llanishi bilan bog‘liq);
  • Og‘ir aralash aerob-anaerob infeksiyalarning majmuaviy muolajasi, shu jumladan paradont kasalliklari, jag‘-yuz sohasidagi yiringli yallig‘lanish jarayonlari;
  • Helicobacter pylori bilan bog‘liq gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi;
  • Jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni oldini olish (ayniqsa rektal oldi sohasidagi gardish ichakda kechuvchi jarrohlik aralashuvlari, appendektomiya, ginekologik opreasiyalar);
  • O‘smasi mavjud bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolashda – radiosensibilizasiya vositasi sifatida, o‘smaning chidamliligi uning xujayra gipoksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Buyurilayotgan vaqtda unga nisbatan aniqlangan mikroorganizmlar sezuvchanligini aniqlash tavsiya qilinadi.

Doza kasallik og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.

Vena ichiga (v/i) yuboriladi – oqim bilan yoki tomchilatib.

Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga v/i tomchilatib boshlang‘ich 500-1000 mg (7,5-15 mg/kg) dozada yuboriladi, infuziya davomiyligi – 30-60 minut, so‘ngra har 8 soatda 500 mg (7,5 mg/kg) dan 5 ml/min tezlikda yuboriladi. O‘rtacha davolash kursi – 7 kun (shahsiy ravishda aniqlanadi). Zarur holatlarda v/i yuborilishi uzoq vaqt davom ettiriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil qiladi. Ko‘rsatmalarga qarab sutkasiga 3 marta 200-400 mg dan ichga, tutib turuvchi qabulga o‘tiladi.

Oldini olish maqsadda kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga jarrohlik amaliyotlaridan oldin v/i tomchilatib 500-1000 mg dan, amaliyot va ertasi kuni – 1500 mg/sut (har 8 soatda 500 mg dan). 1-2 kundan keyin ichga, tutib turuvchi qabulga o‘tiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga avvalgi sxema bo‘yicha bir martalik 7,5 mg/kg dozada buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 ta davolanish kursi o‘tkaziladi.

Radiosensibilizasiya vositasi sifatida 160 mg/kg yoki tana sathidan 4-6 g/m2 hisobida, nurlanishdan 30-60 minut oldin v/i tomchilatib yuboriladi. 1-2 hafta davomida, har bir nurlanish seansidan oldin qo‘llanadi. Qolgan nurlanish muolajasi davrida Metralin qo‘llanilmaydi. Bir martalik maksimal dozasi 10 g, kurslik – 60 g dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Nurlanish chaqirgan intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmalari qo‘llanadi.

O‘ziga hos klinik holatlarda qo‘llanishi

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) 30 ml/min va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, maksimal sutkalik doza 1000 mg dan oshmasligi, qabul qilishlar soni sutkasiga 2 marta bo‘lishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari (teri toshmasi, qichishish, isitmali qaltiroq), eshakemi, teri giperemiyasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xatarli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik reaksiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta‘sirchanlik, yuqori ko‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, periferik nevropatiya (polinevropatiya, neyropatiya), kam hollarda (uzoq vaqt qo‘llanganda) – tirishishlar, uyquchanlik, depressiya, koordinasiyani buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:EKG da T tishchasining yassilanishi.

Nafas tizimi tomonidan: burun bitishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tilning karash bilan qoplanishi, og‘izdan nordon, metall ta‘mining kelishi, og‘iz qurishi, glossit, stomatit, ishtaha yo‘qolishi, diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning pastki sohasidagi to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ichak kolikasi, qabziyat, pankreatit, kam hollarda – xolestaz, sariqlik.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni ushlab olmaslik, kandidoz, siydikning qizg‘ish-jigarrangga bo‘yalishi (metronidazol metaboliti chaqiradi, klinik ahamiyatga ega emas).

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiyalar.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan:qaytarneytropeniya va leykopeniya,kam hollarda – jigar fermentlari faolligining oshishi.

Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (yuborilgan joyda og‘riq, qizarish yoki shish).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik (jumladan nitromidazolning boshqa hosilalariga);
  • leykopeniya (jumladan anamnezida);
  • markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari (jumladan tutqanoq);
  • qon kasalliklari;
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi;
  • homiladorlik va laktasiyada (yo‘ldoshdan o‘tadi) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

  • buyrak/jigar yetishmovchiligi;
  • jigar kasalliklari (to‘planishi mumkin);

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

V/i yuboriladigan metralinni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Glyukozaning 10% li eritmasi, benzilpenisillin natriyli (kaliyli) tuzi, Ringer laktatli eritma bilan farmasevtik nomutanosib.

Sefipin bilan farmasevtik nomutanosib – bitta shprisda yuborish mumkin emas.

Boshqa guruh antibiotiklari bilan muvofiq: betalaktamlar, xinolonlar, aminoglikozidlar va boshqalar.

Sulfanilamidlar va ba‘zi antibiotiklar Metralinning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

Birga qo‘llanganida aztreonam Metralin bilan sinergizm namoyon qiladi.

Anaerob infeksiyalarda sparfloksasin Metralin bilan birga muvaffaqiyatli tarzda qo‘llash mumkin.

Metralin amoksisillin, sefaklorning bakteriyalarga qarshi faolligini oshiradi.

Metralin bilan birga qo‘llanganda lomefloksasinning (lomefloksasin + pirazinamid + protionamid + etambutol majmualari tarkibida) “ikki tomonlama chidamliligi” bo‘lmaydi.

Siprofloksasin Metralinning samarasini kuchaytiradi (o‘zaro). Siprofloksasin (tinidazol + siprofloksasin majmualari tarkibida) Metralin bilan birgalikda qo‘llanganda odatda sinergizm kuzatiladi. Siprofloksasin Metralin bilan birga anaerob infeksiyalarda qo‘llash mumkin. Siprofloksasinni Metralin bilan birga qo‘llashda plazmadagi ular konsentrasiyasining o‘zgarishi kuzatilmagan.

Metralin astemizol, terfenadinning metabolizmni susaytiradi va ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Didanozin bilan birga qo‘llanganda, Metralin qo‘shilganligi sababli pankreatit va periferik neyropatiyalar rivojlanishi ehtimoli oshadi.

Preparat bilvosita antikoagulyantlar (varfarin, asenokumarol) ta‘sirini kuchaytiradi, bu esa protrombin hosil bo‘lish vaqtini oshiradi, shuning uchun peroral antikoagulyantlar dozasiga tuzatish kiritish zarur. Metralinni vena ichiga yuborishdan 24 soat oldin oral antikoagulyantlar qabulini to‘xtatish maqsadga muvofiq.

Asetaldegiddegidrogenaza ingibitori bilan birga qo‘llanilganida, Metralin sianamid ta‘sirini kuchaytiradi, ushbu preparatlarni birga qo‘llashdan saqlanish lozim.

Alkogol va Metralinning bir vaqtda qo‘llanishi disulfiramsimon reaksiyalarni chaqirishi mumkin (qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, teri giperemiyasi).

Disulfiram (esperal) bilan birga qo‘llanishi turli nevrologik simptomlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin – additiv harakat, psixotik holati paydo bo‘lish ehtimoli, ongning chalkashishi (buyurishlar orasidagi vaqt oralig‘i – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak).

Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlarini kuchaytiruvchi preparatlar bilan birga buyurilishi Metralinning chiqarishini kuchaytirishi mumkin, bu esa uning plazmadagi konsentrasiyasi kamayishiga olib keladi.

Simetidin Metralin metabolizmini susaytirishi mumkin, bu esa uning qon zardobidagi konsentrasiyasi oshishiga (yarim chiqarilish davri oshadi va klirensi kamayadi) hamda nojo‘ya ta‘sirlarni ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Litiy preparatlari bilan birga qabul qilinganda (masalan, litiya karbonat), uning plazmadagi konsetrasiyasi oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilishdan oldin litiyning dozasini kamaytirish yoki uning qabulini davolash vaqtida to‘xtatib turish lozim.

Nodepolyarizasiyalanuvchi miorelaksantlar (vekuroniya bromid) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparatni tarkibida natriy bo‘lgan boshqa eritmalar bilan bir vaqtda yuborish, natriyning organizmda to‘planib qolishiga olib kelishi mumkin.

Siklosporinning Metralin bilan bir vaqtda yuborilishi, siklosporinning qon plazmasidagi darajasi oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa laborator nazorat talab qiladi (siklosporinning qon plazmasidagi darajasini aniqlash).

Metralin fluorourasil klirensini kamaytiradi, natijada uning toksikligi oshadi.

Metralin tegafuraning biotransformasiyasini kamaytiradi, qondagi konsentrasiyasi, samarasi va toksik ta‘sirlar havfini oshiradi.

Mahsus ko‘rsatmalar

Metralin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish qat‘iyan man etiladi (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanish havfi mavjud: qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, teri giperemiyasi).

Jigar kasalliklarida Mteralinning chiqarilishi sekinlashadi, bu esa uning to‘planishiga olib keladi. Bunday holatda dozaga tuzatish qiritish zarur. Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda eritmani ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Shuningdek glyukokortikosteroidlar qabul qilayotgan, shishlarga moyilligi, hamda markaziy nerv tizimining o‘tkir va qiyin kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ham ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Amoksisillin bilan birga 18 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infeksion jarayonning rivojlanish havfiga bog‘liq.

Bemorlardagi ataksiya, bosh aylanishi va nevrologik statusning boshqa har qanday yomonlashuvi muolaja to‘xtatishni talab qiladi.

Treponemalarni harakatsizlantirishi va Nelsonning soxta musbat testiga olib kelishi mumkin.

Ayollarning trixomonadali vaginit va erkaklarning trixomonadali uretritini davolashda jinsiy hayotdan saqlanish lozim. Jinsiy sheriklarning birgalikda davolanishi shart. Davolash hayz vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniaza muolajasidan so‘ng navbatdagi uchta hayzdan oldin va keyingi sikllar davomida nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim.

Lyamblioz muolajasidan so‘ng, agar simptomlar saqlansa, 3-4 haftadan so‘ng bir necha kunlik vaqt oraliqlari bilan 3 ta ahlat tahlilini o‘tkazish darkor (ba‘zi muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya natijasida yuzaga keluvchi laktozani qabul qila olmasligi, lyamblioz belgilarini eslatishi va bir necha hafta yoki oy davomida saqlanib turishi mumkin).

Preparat alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza faolligini, qondagi glyukoza darajasini aniqlovchi natijalarni o‘zgartirishi mumkin.

Preparatni qo‘llash mobaynida bir oz leykopeniya aniqlanishi mumkin, shuning uchun muolaja boshi va oxirida periferik qondagi leykositlar miqdorini nazorat qilish maqsadga muvofiq. Muolaja 10 kundan ortiq davom etsa, qonning doimiy laborator nazorati zarur.

Preparatni qo‘llash davomida kandidozning zo‘rayishi kuzatilishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida avtomobilni boshqarish va potensial havfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Qo‘llash mumkin emas (Metralin yo‘ldosh orqali o‘tadi).

Metralin qon plazmasidagi konsentrasiyasiga muvofiq miqdorda ona sutiga o‘tadi. Ona sutiga nordon ta‘m berishi mumkin. Preparatni bolaga ta‘sir qilishdan saqlanish uchun, davolash vaqtida va tugaganidan keyin 1-2 kun o‘tgunicha emizishni to‘xtatib turish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya, radiosensibilizasiya vositasi sifatida qabul qilinganda – tirishishlar, periferik nevropatiya, epileptik tutqanoqlar.

Davolash: simtomatik. Mahsus antidoti yo‘q. Metralin va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi. Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma, 0,5% li 100 ml danpolipropilenli flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METRALIN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METRALIN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METRALIN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METRALIN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METRALIN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
M-GIL tabletkalari 250 mg N20
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
METRALIN tabletkalari 500mg N30
METRINAL infuziya uchun eritma 100ml
MIDAZOL tabletkalari 250mg N10
TRIXOMID tabletkalari 250mg N20
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
BALGIL V.I. infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
METROMED infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа, ЗАО НПЦ, Россия произведено: Эльфа Лабораториез
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METROKOR DENTA gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
METROGIL eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
METROGIL gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 56 100 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
METRALIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Jurabek Laboratories»
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL suppozitorii 500mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
FLAGIL suppozitorii 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Unither Liquid Manufacturing
METROKOR DENTA gel 20g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
MISTOL suppozitorii 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 39 500 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Beijing Double-Crane Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METROGIL eritma 20ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Anasep gel 5G N50 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
TRIXOPOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Польфарма Фармацевтический завод С.А.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
Trihopol tabletkalari 0,25g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Польфарма Фармацевтический завод С.А.
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
METRALIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Jurabek Laboratories»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9