×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MISTOL suppozitorii 500mg N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Метронидазол
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Vakil:
- Kusum
ATX kodi:
- G01AF01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 39 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
MAKMIROR KOMPLEKS kapsulalar 200000me N8 Доппель Фармацеутици С.р.Л. Italiya
KLION D 100 tabletkalari N10 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
44 800 s`om dan
NISTATIN suppozitorii 500000ed N10 Farmaprim S.R.L Moldova
8 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ҳар бир вагинал суппозиторий қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда: 500 мг метронидазол;
ёрдамчи моддалар: қаттиқ ёғ.
Метронидазол 5-нитроимидазолнинг ҳосиласи бўлиб, кенг таъсир доирасига эга. Сезгир штаммларни (S) сезувчанлиги ўртача бўлган штаммлардан, сезувчанлиги ўртача бўлган штаммларни резистент штаммлардан (R) фарқлашга имкон берувчи чегаравий концентрациялар S < 4 мг/л ва R > 4 мг/л тарзида тақдим этилган.
Peptostreptococcus spp., Clostridium spp., Bacteroides spp., Fusobacterium spp., Porphyromonas, Bilophila, Helicobacterpylori, Prevotella spp., Veilonella штаммлари препаратга нисбатан сезгирдир. Метронидазол Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis (Lamblia intestinalis), Entamoeba histolytica содда ҳайвонларнинг ривожланишини сўндиради. Bifidobacterium spp., Eubacterium spp. штаммлари препаратга нисбатан доимо сезгир. Propionibacterium, Actinomyces, Mobiluncus микроорганизмларнинг штаммлари сезувчан бўлмайди.

Интравагинал юборилганидан кейин тизимли кириши минимал бўлади.
Плазмадан ярим чиқарилиши даври 8-10 соатни ташкил этади.
Плазма оқсиллари билан боғланиши сезиларли эмас (20% дан кам).
Ўпка, буйраклар, жигар, сафро, орқа мия суюқлиги, тери, сўлак ва вагинал секретга тезда ва яққол ифодаланган ҳолда ўтади. Йўлдош тўсиғи орқали ва кўкрак сутига ўтади.
Метаболизм асосан жигарда юз беради: 2 та конъюгацияга учрамаган оксидланган фаол метаболит (фаолликнинг 5–30%) ҳосил бўлади.
Чиқарилиши – асосан буйраклар орқали чиқарилади: қабул қилинган дозанинг 35–65% метронизадол ва унинг оксдланган метаболитлари кўринишида сийдик билан чиқарилади.
Трихомониаз ва носпецифик вагинитни маҳаллий даволашда қўлланилади.
MISTOL suppozitorii 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MISTOL®

MISTOL®

 

Preparatning savdo nomi: Mistol®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol

Dori shakli: vaginal suppozitoriy.

Tarkibi:

Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg metronidazol;

yordamchi moddalar: qattiq yog‘.

Ta‘rifi: oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan torpeda shaklidagi suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologiyada qo‘llaniladigan infeksiyaga qarshi va antiseptik vositalar. Imidazol hosilalari.

ATX kodi: G01AF01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Metronidazol 5-nitroimidazolning hosilasi bo‘lib, keng ta‘sir doirasiga ega. Sezgir shtammlarni (S) sezuvchanligi o‘rtacha bo‘lgan shtammlardan, sezuvchanligi o‘rtacha bo‘lgan shtammlarni rezistent shtammlardan (R) farqlashga imkon beruvchi chegaraviy konsentrasiyalar S < 4 mg/l va R > 4 mg/l tarzida taqdim etilgan.

Peptostreptococcus spp., Clostridium spp., Bacteroides spp., Fusobacterium spp., Porphyromonas, Bilophila, Helicobacterpylori, Prevotella spp., Veilonella shtammlari preparatga nisbatan sezgirdir. Metronidazol Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis (Lamblia intestinalis), Entamoeba histolytica sodda hayvonlarning rivojlanishini so‘ndiradi. Bifidobacterium spp., Eubacterium spp. shtammlari preparatga nisbatan doimo sezgir. Propionibacterium, Actinomyces, Mobiluncus mikroorganizmlarning shtammlari sezuvchan bo‘lmaydi.

Farmakokinetikasi

Intravaginal yuborilganidan keyin tizimli kirishi minimal bo‘ladi.

Plazmadan yarim chiqarilishi davri 8-10 soatni tashkil etadi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sezilarli emas (20% dan kam).

O‘pka, buyraklar, jigar, safro, orqa miya suyuqligi, teri, so‘lak va vaginal sekretga tezda va yaqqol ifodalangan holda o‘tadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi.

Metabolizm asosan jigarda yuz beradi: 2 ta kon‘yugasiyaga uchramagan oksidlangan faol metabolit (faollikning 5–30%) hosil bo‘ladi.

Chiqarilishi – asosan buyraklar orqali chiqariladi: qabul qilingan dozaning 35–65% metronizadol va uning oksdlangan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Trixomoniaz va nospesifik vaginitni mahalliy davolashda qo‘llaniladi.

 

Dozalari va qo‘llash usuli

Dozalash

Mistol® suppozitoriylari faqat kattalarda qo‘llaniladi.

Trixomonad vaginitda: 10 kun davomida sutkada 1 marta 1 tadan vaginal suppozitoriy qo‘llaniladi. Suppozitoriy qinga chuqurroq kiritiladi.

Nospesifik vaginitda: 7 kun davomida sutkada 1 marta 1 ta vaginal suppozitoriy qinga chuqurroq kiritiladi. Pasient ayolning jinsiy sherigini hatto unda infeksiya simptomlari yo‘q bo‘lganida ham bir vaqtda davolash mutloq zarur bo‘lib hisoblanadi.

Mistol® preparati bilan davolashning maksimal davomiyligi 10 kundan, bir yilda davolash kurslarining soni 2–3 tadan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

MIY tomonidan:

  • epigastriyda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;
  • og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi, og‘iz qurishi bilan kechuvchi glossit, stomatit, ta‘m sezishni buzilishlari (metall ta‘mi), anoreksiya, til karash bilan qoplanishi;
  • juda kam hollarda – qaytuvchan tabiatga ega bo‘lgan pankreatit hollari.

Teri va uning hosilalari tomonidan:

  • giperemiya bilan kechuvchi qizib ketish hissi, qichishish, isitma bilan kechuvchi toshma;
  • eshakemi, angionevrotik shish, kam hollarda – anafilaktik shok;
  • yakka hollarda pustulyoz toshma, ko‘p shaklli eritema.

Nerv tizimi tomonidan:

  • periferik sensor neyropatiya;
  • bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik;
  • juda kam hollarda – ensefalopatiya (masalan, ongni xiralashishi, tana haroratining ko‘tarilishi, yorug‘likka yuqori darajada sezuvchanlik, qiyshiq bo‘yin, gallyusinasiyalar, falaj, ko‘rish va harakatlanishning buzilishlari) va nimo‘tkir kichik miyaga oid sindromi (masalan, ataksiya, dizartriya, qadam tashlashning buzilishi, nistagm, tremor), ular preparat qabul qilinishi to‘xtatilganidan keyin yo‘qolishi mumkin;
  • aseptik meningit.

Ruhiyat tomonidan:

  • ruhiy buzilishlar, shu jumladan ongni xiralashishi, gallyusinasiyalar, tushkun kayfiyat.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan:

  • diplomiya, miopiya, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratishni o‘zgarishi kabi ko‘rishning vaqtinchalik buzilishlari;
  • optik neyropatiya/nevrit.

Qon tomonidan:

  • yakka hollarda – agranulositoz, neytropeniya va trombositopeniya, pansitopeniya, leykopeniya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan:

  • yakka hollarda – jigar fermentlari (AST, ALT, ishqoriy fosfataza) darajalarining oshishi, xolestatik yoki aralash gepatit va jigar hujayralarining (gepatositlarning) gohida sariqlik bilan kechadigan shikastlanishi;
  • jigar yetishmovchiligi hollari haqida xabar berilgan bo‘lib, unda metronidazol va boshqa antibiotiklar bilan davolangan pasientlarda jigarni ko‘chirib o‘tkazish zarur bo‘lgan.

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan:

  • juda kam hollarda – mialgiya, artralgiya.

Boshqa nojo‘ya reaksiyalari:

  • tana haroratini oshishi.

Davolash vaqtida siydik qizil-jigarrang tus olishi mumkin, bu metronidazol metabolizmi mahsuloti bo‘lgan suvda eriydigan pigmentlarning ishtirokidan kelib chiqadi.

 

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Metronidazol yoki imidazolning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Mistol® preparatini disulfiram bilan majmuada buyurish yoki alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri  

Disulfiram: metronidazol va disulfiramni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda deliriy bilan kechuvchi o‘tkir tranzitor buzilishlar (o‘tkir deliriy xuruji, ongni xiralashishi) hollari haqida xabar berilgan.

Alkogol: disulfiramga o‘xshash reaksiya (giperemiya, eritema, qusish, taxikardiya) yuzaga kelishi ehtimoli tufayli, davolash vaqtida va davolash yakunlanganidan keyin eng kamida yana bir kun davomida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilmaslik va tarkibida alkogolni saqlovchi preparatlarni qabul qilish mumkin emas.

Antikoagulyantlar bilan peroral davolash (varfarin): antikoagulyant ta‘sirini kuchayishi va jigar metabolizmi pasayishi keltirib chiqaradigan qon ketishlarning yuqori xavfi mavjud. Protrombin va XNN (xalqaro normallashgan nisbat) darajalarini tez-tez nazorat qilish zarur. Metronidazolni qabul qilish vaqtida va uni qo‘llash bekor qilinganidan keyin 8 kun davomida peroral antikoagulyant dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Litiy: metronidazol qabul qilinganida qon plazmasida litiy darajasi oshishi mumkin. Litiy va metronidazolni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda qon plazmasida litiy, kreatinin va elektrolitlar konsentrasiyalarini nazorat qilish zarur.

Siklosporin: qon plazmasida siklosporin darajasining oshishi xavfi mavjud. Agar preparatlarni bir vaqtda qabul qilish zarur bo‘lsa, siklosporin va kreatinin darajalarini sinchkovlik bilan tekshirish lozim.

Fenitoin yoki fenobarbital: qon plazmasida metronidazol darajasi pasayishini keltirib chiqaradi.

5Fluorourasil: 5-fluorourasil klirensini pasayishi uning toksikligi oshishini keltirib chiqaradi.

Busulfan: metronidazol qon plazmasida busulfan darajalarini oshirishi mumkin, bu busulfanning sezilarli toksik ta‘siriga olib kelishiga qodir.

Xalqaro normallashgan nisbatning (XNN) o‘zgarishi: antibakterial davolashni qabul qilgan pasientlarda peroral antikoagulyantlar faolligi oshishining ko‘p sonli hollari qayd etilgan. Bunda infeksiyalar yoki yaqqol ifodalangan yallig‘lanishning mavjudligi, yosh va salomatlikning umumiy holati shunday asoratlarga moyillikni keltirib chiqaruvchi xavf omillari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu holatlarda infeksiyaning o‘zi yoki uni davolash XNN muvozanati buzilishiga qanchalik ta‘sir qilishini aniqlash qiyin kechadi. Biroq antibiotiklarning ayrim sinflari, xususan ftorxinolonlar, makrolidlar, siklinlar, trimoksazol va ayrim sefalosporinlar bunda katta ahamiyat kasb etadi.

Laboratoriya tekshiruvlarining natijalari: metronidazol treponemalarni immobilizasiya qilishga qodir, bu yanglish holda musbat Nelson testiga olib keladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Metronidazol aerob yoki fakultativ anaerob bakteriyalarga bevosita ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Metronidazol 10 kundan ko‘p vaqt davomida va bir yilda 2 yoki 3 martadan ko‘p buyurilmasligi kerak.

Metronidazol bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish lozim (antabus samara).

Trixomonad infeksiyasining eliminasiyasidan keyin gonokokk infeksiyasini doimiy kechishi ehtimoli mavjud.

Gemodializ o‘tkazilayotgan pasientlarda metronidazol va uning metabolitlari gemodializ o‘tkazilganidan keyin 8 soat davomida chiqariladi, shu sababli metronidazolni gemodializ o‘tkazilganidan keyin darhol qabul qilish zarur.

Peritoneal dializ o‘tkazilayotgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Agar pasientda ataksiya, bosh aylanishi yoki ongni xiralashishi yuzaga kelsa, preparat qo‘llanilishini bekor qilish zarur.

Periferik yoki markaziy nerv tizimining og‘ir, surunkali yoki rivojlanib boruvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda nevrologik status zo‘rayishi xavfini e‘tiborga olish lozim.

Anamnezda gematologik buzilishlari bo‘lgan yoki preparatni yuqori dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan pasientlarda muntazam ravishda, ayniqsa leykositlar miqdorini aniqlash uchun qon tahlillarini o‘tkazish zarur.

Mistol® preparatini jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan pasientlarda sutkalik dozani uchdan biriga kamaytirish zarur va sutkada 1 marta qabul qilish mumkin.

Leykopeniyali pasientlarda preparat bilan davolashni davom ettirish imkoniyati infeksiya kasalligi kechishining og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi.

Preparat bilan uzoq muddat davolanganda pasientni markaziy yoki periferik neyropatiya (paresteziya, ataksiya, bosh aylanishi, tirishishlar) kabi nojo‘ya reaksiyalarning belgilari paydo bo‘lishi yuzasidan nazorat qilish zarur.

Metronidazol siydikni to‘q rangga bo‘yashi (faol metabolit hisobiga) mumkinligi haqida pasientlarga xabar berish zarur.

Prezervativlar yoki diafragmalardan foydalanilganida vaginal suppozitoriylarni qo‘llash lateks yorilishi xavfini oshirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik davri

Klinik ma‘lumotlar metronidazol bilan bog‘liq hech qanday teratogen yoki fetotoksik ta‘sirlarni namoyon qilmagan. Biroq, bunday xavfning mavjud emasligi faqat epidemiologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanishi mumkin. Shu munosabat bilan homiladorlik davrida metronidazolni faqat zarurat bo‘lganida buyurish mumkin.

Laktasiya davri

Metronidazol ko‘krak sutiga ajraladi. Shuning uchun emizish davrida ushbu dori preparatini qo‘llashdan saqlanish zarur.

Bolalar: preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Pasientlarni uyquchanlik, bosh aylanishi, ongni xiralashishi, gallyusinasiyalar, tirishishlar, shuningdek ko‘rishning o‘tib ketuvchi buzilishi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish zarur. Ushbu simptomlar paydo bo‘lganida transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Leykopeniya, neyropatiya, ataksiya, qusish, yengil dezorientasiya kuzatilishi mumkin. Metronidazolning o‘ziga xos antidoti noma‘lum bo‘lganligi tufayli, simptomatik davolashni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

5 vaginal suppozitoriylar PVX/PE stripda, 2 strip tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MISTOL suppozitorii 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MISTOL suppozitorii 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MISTOL suppozitorii 500mg N10 dori vositasi Kusum Healthcare Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MISTOL suppozitorii 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MISTOL suppozitorii 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
M-GIL tabletkalari 250 mg N20
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
METRALIN tabletkalari 500mg N30
METRALIN tabletkalari 250mg N30
METRINAL infuziya uchun eritma 100ml
MIDAZOL tabletkalari 250mg N10
TRIXOMID tabletkalari 250mg N20
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
BALGIL V.I. infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
METROMED infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа, ЗАО НПЦ, Россия произведено: Эльфа Лабораториез
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METROKOR DENTA gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
METROGIL eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
METROGIL gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 56 100 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
METRALIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Jurabek Laboratories»
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL suppozitorii 500mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
FLAGIL suppozitorii 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Unither Liquid Manufacturing
METROKOR DENTA gel 20g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TRIUMPH RESOURCES LTD, Англия произведено: Coral Laboratories Ltd
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Beijing Double-Crane Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METROGIL eritma 20ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Anasep gel 5G N50 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
TRIXOPOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Польфарма Фармацевтический завод С.А.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
Trihopol tabletkalari 0,25g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метронидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Польфарма Фармацевтический завод С.А.
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DERMAZOL shampun 100ml 2%
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DERMAZOL shampun 50ml 2%
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100
Narh: 176 800 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
DOMRID tabletkalari 10mg N30
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
ESZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 84 900 so'mdan Batafsil
REMOV LOSON 50ml 4% N1
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
LOFLATIL tabletkalari 2mg/125mg N100
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
DIKLOSEYF suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30
VERTINEKS tabletkalari 5mg N10
ASKOSIN tabletkalari N100
Narh: 93 072 so'mdan Batafsil
ARTRIKYUR tabletkalari N60
ALFAFORKAL kapsulalar 0,25mkg N30
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9