×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORGIL tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Орнидазол
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Vakil:
- Kusum
ATX kodi:
- G01AF06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 162 ta dorixonasida topildi

ico 32 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 49 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 42 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
113 000 s`om dan
ABINEKS 0,5 tabletkalari 0,5mg N8 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
RUMIZOL vaginal suppozitorlar 500mg/100mg N14 Рубикон, ООО Belarusiya
75 000 s`om dan
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 Innothera Chouzy Frantsiya
80 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORGIL tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORGIL®

ORGYL®

 

Preparatning savdo nomi: Orgil®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol (ornidazole)

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg ornidazol;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kraxmal, natriy kroskarmeloza, magniy stearati, to‘q sariq bo‘yovchi.

Ta‘rifi: to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi. Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Nitroimidazol hosilalari.

ATX kodi: G01A.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Orgil Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) ga, shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan samarali.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Peroral qabul qilingandan so‘ng ornidazol tez so‘riladi. So‘rilishi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyalariga 3 soat davomida erishiladi.

Taqsimlanishi. Ornidazolning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 13%. Orgilning faol moddasi orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Ornidazolning plazmadagi konsentrasiyasi preparatni qo‘llanishi bo‘yicha turli ko‘rsatmalar uchun optimal diapazonda bo‘ladi (6-36 mg/l). Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan har 12 soatda 500 mg yoki 1000 mg dozada ko‘p marta qabul qilinganidan keyin kumulyasiya koeffisienti 1,5-2,5 ni tashkil etadi.

Metabolizmi. Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil va a-gidroksimetil metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolitining ham o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan faolligi kamroq.

Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soat. Bir marta qabul qilingandan so‘ng, ornidazol dozasining 85% birinchi 5 kunlar davomida, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Trixomoniaz (Trichomonas vaginalis chaqirgan ayollar va erkaklarning siydik chiqarish yo‘llaridagi infeksiyalar); amyobiaz (Entamoeba histolytica chaqirgan barcha ichak infeksiyalari, shu jumladan amyob dizenteriya, amyobiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigarning amyob abssessi); lyamblioz, chambar ichak va ginekologiyadagi operativ aralashuvlardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Orgil tabletkalari doimo ovqatdan so‘ng qabul qilinadi.

Trixomoniaz. 1 tabletkadan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 kun davomida. Takroriy yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, barcha holatlarda jinsiy sherik xuddi shu davolash kursini olishi kerak.

Tana vazni 20 kg dan ortiq 5 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza har kg tana vazniga 25 mg/kg ni tashkil etadi (lekin sutkada 1 g dan ko‘p emas) va bir qabulga buyuriladi.

Amyobiaz. Mumkin bo‘lgan davolash sxemasi: amyob dizenteriyasi bo‘lgan bemorlarni uch kunlik davolash kursi va amyobiazning barcha ko‘rinishlarida 5-10 kunlik davolash kursi.

Davolashning davomiyligi Sutkalik doza
Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan kattalar va bolalar Tana vazni 35 kg gacha bo‘lgan bolalar  
a) ameb dizenteriya

3 kun

bir qabulga 3 tabletka kechqurun; tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lsa:

4 tabletka (2 tabletkadan ertalab va kechqurun)

35 kg – bir qabulga 3  tabletka

25 kg – bir qabulga 2  tabletka

15 kg – bir qabulga 1  tabletka

(bir qabulga tana vaznining har kg ga     40 mg dan hisoblanadi)

 
b) amebiaz-ning boshqa shakllari

5-10 kun

2 tabletka (1 tabletkadan ertalab va kechqurun) 35 kg – bir qabulga 2  tabletka

25 kg – bir qabulga 1  tabletka

15 kg – bir qabulga 1/2  tabletka

(bir qabulga tana vaznining har kg ga     25 mg dan hisoblanadi)

 

 

Lyamblioz. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga bir marta kechqurun 3 tabletka buyuriladi, tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bolalarga –tana vaznining har kg ga sutkada 40 mg doza bir marta qabul uchun buyuriladi. Davolashning davomiyligi 1-2 kunni tashkil etadi.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish: Operasiyadan oldin preparatning 1-2 tabletkasi buyuriladi, operasiyadan keyin – 3-5 kun davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchsiz namoyon bo‘ladigan uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynashi). Alohida hollarda – markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, qaltirash, koordinasiyani buzilishi, tirishishlar, charchoqlik, xushni vaqtinchalik yo‘qotish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari kabi buzilishlar. Ta‘m sezishni buzilishi, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi, teri reaksiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kabi holatlar kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Orgil®ni markaziy nerv tizimining kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu ularning dozasini mos ravishda to‘g‘rilashni talab etadi. Ornidazol vekuroniy bromidining mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Trixomoniazni davolashda ikkala sherikni ham bir vaqtda davolash lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Avtomobilni boshqarish va texnik moslamalarni ishlatish qobiliyatiga ta‘siri

Orgil® transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi, lekin nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan holda bunday faoliyatdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, depressiya, periferik nevrit.

Davolash: simptomatik, spesifik antidoti noma‘lum.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORGIL tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORGIL tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORGIL tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Kusum Healthcare Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORGIL tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORGIL tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ORDIGIL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
ORNIMED tabletkalari 500mg N20
Narh: 103 000 so'mdan Batafsil
ORNIMED tabletkalari 500mg N10
Narh: 53 200 so'mdan Batafsil
OMERZALON eritma 500mg/100ml 100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KARBONPHARMAPVT.LTD.
  • Vakil: NUTRIMED
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
GERAL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Орнидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ORDIGIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DERMAZOL shampun 100ml 2%
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DERMAZOL shampun 50ml 2%
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100
Narh: 176 800 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
DOMRID tabletkalari 10mg N30
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
ESZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 84 900 so'mdan Batafsil
REMOV LOSON 50ml 4% N1
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
LOFLATIL tabletkalari 2mg/125mg N100
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
DIKLOSEYF suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30
VERTINEKS tabletkalari 5mg N10
ASKOSIN tabletkalari N100
Narh: 93 072 so'mdan Batafsil
ARTRIKYUR tabletkalari N60
ALFAFORKAL kapsulalar 0,25mkg N30
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9