×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROMISIN tabletkalari 500mg

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Пакистан
Faol modda:
Азитромицин
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFAZOLIN poroshok 1,0g N10 Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd Xitoy
ULTRASEF poroshok 1,0g N1 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
21 000 s`om dan
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVIY eritma dlya priema vnutr 100ml Микроген,НПО,АО произв.Микроген,НПО,АО филиал г.Нижный Новгород Rossiya
186 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletkalar quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: azitromitsin – 500,0 mg
Mikroblarga qarshi ta'siri ribosomaning 50S subbirligi bilan bog'lanishi, peptidtranslokazani translyatsiya bosqichida susaytirishi va oqsil sintezini susaytirishi bilan amalga oshiriladi, bu bakteriyalarni rivojlanishini va o'sishini sekinlashtirishiga olib keladi.
Ichga qabul qilingandan so'ng azitromitsin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi (bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog'liq). 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin azitromitsinning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga 2,5-3 soatdan keyin erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Nafas yo'llariga, urogenital yo'llarining a'zolari va to'qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi kiradi. To'qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi qon zardobidagidan 10-50 marta yuqori. Uzoq muddatli yarim chiqarilish davri azitromitsinni qon plazmasining oqsillari bilan past darajada bog'lanishi, shuningdek uni eukariot xujayralariga kirish xususiyati va rN past bo'lgan lizosomalarni o'rab turgan muhitda yig'ilishi bilan bog'liq. Bu o'z navbatida, katta taxminiy taqsimlanish hajmini (31.1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi.
Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya joylashgan joyga yetkazishi isbotlangan bo'lib, u joyda u ajralib chiqadi.
Azitromitsinni xujayralarga kirib borishi va uning yallig'lanish o'chog'ida tashiladigan fagotsitlarda to'planishi, in vivo preparatning mikroblarga qarshi faolligini oshirish imkonini beradi.
Azitromitsinning asosan lizosomalarda to'planish xususiyati xujayra ichki qo'zg'atuvchilarining eliminatsiyasi uchun muhimdir. Azitromitsinning infektsiya o'chog'idagi kontsentratsiyasi sog'lom to'qimalardagiga nisbatan (o'rtacha 24-34% ga) ishonchli darajada yuqori va yallig'lanish shishining darajasi bilan to'g'ri keladi. Fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramasdan, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Azitromitsin yallig'lanish o'chog'ida, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida bakteritsid kontsentratsiyalarda saqlanadi, bu qisqa davolash kurslarini (3 kunlik va 5 kunlik) ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Jigarda faol bo'lmagan metabolitlarni hosil qilib demetillanadi. Preparatning eliminatsiyasi 2 bosqichda o'tadi: qabul qilgandan so'ng 8 va 24 soat chegarasida (T1/2) 14-20 soatni tashkil etadi) va va qabul qilgandan so'ng 24 va 72 soat oralig'idani tashkil qiladi (yarim chiqarilish davri 41 soatni tashkil qiladi), bu preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkoniyatini beradi.
O'zgarmagan holatda safro bilan 50%, siydik bilan – 6% chiqariladi. Keksa yoshli erkaklarda (65-85 yosh) farmakokinetik parametrlar o'zgarmaydi, ayollarda – qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasi 30-50% ga oshadi. Ovqatni qabul qilish farmakokinetikani sekinlashtiradi: qon plazmasida maksimal kontsenratsiyasi 52% ga pasayadi.
Buyrak yetishmovchiligi.
Buyrakning yengil va o'rta darajadagi yetishmovchiligi (kalava filьtratsiyasi – minutiga 10-80 ml) bo'lgan shaxslarda sekin ajralib chiqmaydigan 1 g azitromitsinni bir martalik dozasini yuborgandan so'ng azitromitsinning farmakokinetikasi o'zgarmaydi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi guruhi (kalava filьtratsiyasi – minutiga < 10 ml) va buyrakning normal funktsiyasi bo'lgan guruhlar orasida ko'rsatkichlarning statistik ahamiyatli farqlari olingan: 0-120 AUC – soatiga 8,8 mg/ml ga nisbatan soatiga 11,7 mg/ml; Smax – 1,6 mg/ml ga nisbatan 1,0 mg/ml va buyrak klirensi (CLr) – 0,2 ml/min/kg ga nisbatan 2,3 ml/min/kg muvofiq.
Jigar yetishmovchiligi.
Jigarning yengil (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha A sinfi), o'rta (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha B sinfi) darajadagi yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda jigar funktsiyasini normada bo'lgan patsiyentlarga nisbatan qon zardobida azitromitsinning farmakokinetikasida sezilarli o'zgarishlarning mavjudligi aniqlanmagan. Bunday patsiyentlarda jigar klirensining pasayishi kompensatsiyasi maqsadida, ehtimol siydikda azitromitsinning klirensi oshishi kuzatilishi mumkin.
Bolalar va o'smirlar.
4 oylikdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarda azitromitsinning qobiq bilan qoplangan tabletka va peroral qo'llash uchun suspenziya tayyorlash uchun granula shakllarining farmakokinetikasi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilgan. Birinchi sutkada 10 mg/kg va 2 chidan 5 sutkagacha 5 mg/kg dozalarni buyurgandan so'ng, Smax katta populyatsiyaga nisbatan ahamiyatli darajada past bo'lgan.
MIY, jigar tomonidan: ko'ngil aynishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar, diareya, qorinda og'riq bo'lishi mumkin; kam hollarda — qusish, melena, meteorizm, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi, xolestatik sariqlik, kam hollarda o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin bo'lgan jigar yetishmovchiligi, nekrotik gepatit, bundan tashqari bolalarda – qabziyat, ishtahani pasayishi, gastrit; og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kandidomikozi, pankreatit.
Yurak-qon tomir tizimi tomnidan: yurak urishi, ko'krak qafasida og'riq (1 % va undan kam holatlar), piruet holidagi paroksizmal qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar aritmiyasi, gipotenziya.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, vertigo, uyquchanlik; bolalarda – bosh og'rig'i (o'rta otitni davolashda), giperkineziya, havotirlik, jizzakilik, nevroz, uyquni buzilishi og'riq (1 % va undan kam holatlar), paresteziyalar, disgevziya, xushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, qabul qilishni yo'qolishi, ta'm sezishni yo'qolishi, miasteniya, ko'rishni buzilishi, eshitish a'zolari va vetibulyar apparat tomonidan buzilishlar, karlik, quloqlarda shovqin.
Siydik-chiqarish tizimi tomnidan: vaginal kandidoz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, shish, nefrit (1 % va undan kam).
Allergik reaktsiyalar: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar, toshma, fotosensibilizatsiya, Kvinke shishi, eshakemi, terini qichishishi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'pshaklli eritema.
Boshqalar: yuqori charchoqlik, holsizlik, soxtamembranoz kolit, eozinofiliya, neytropeniya va neytrofiliya, leykopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, artralgiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferazani oshishi, qonda bilirubinni, qonda kreatinini, qon zardobida mochevinani oshishi, qonda kaliy kontsentratsiyasini o'zgarishi, EKG da QT intervali uzayishi kuzatilishi mumkin.
Preparatni uzoq muddat qo'llash va keksa yoshli patsiyentlar uchun dozani o'zgartirishning zarurati yo'q. Antatsidlar bilan bir vaqtda qo'llanganda 2 soatlik tanaffuzga rioya etish lozim. O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari ayrim patsiyentlarda preparatni bekor qilgandan so'ng ham saqlanadi (shifokor nazorati ostida maxsus davolash talab etiladi). Preparatning dozasini o'tkazib yuborilishi holatida, o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim, navbatdagi zozani – 24 soatlik tanaffuzdan so'ng qo'llaniladi. Bolalar va 16 yoshdan kichik o'smirlarda azitromitsinning buyurilishining xavfsizligi to'liq aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas. Emizish davri Preparatni ko'krak sutiga o'tishi haqida hech qanday ma'lumotlar yo'q. Ko'pchilik preparatlar organizmdan ko'krak sutiga o'tishi sababli azitromitsinni emizikli ayolni davolashda qo'llash mumkin emas, shifokor ixtiyori bilan buyurilib, ona uchun potentsial foyda bola uchun potentsial xavfni oqlaydigan hollar bundan mustasno. Avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Azitromitsin tabletkalarining patsiyentni avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkinligiga hech qanday asos yo'q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanmasin.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarda:
Yuqori nafas yo'llarining va LOR a'zolarining infektsiyalari (angina, faringit, sinusit, tonzillit, o'rta otit);
Skarlatina;
Quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, щtkir bronxit, surunkali bronxitning zщrayish bosqichi);
Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: o'zgarib turuvchi surunkali eritema (laym kasalligining boshlang'ich bosqichi), saramas, impetigo, piodermiya.
Urogenital yo'llarining infektsiyalari, (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit, kolьpit), shu jumladan urogenital xlamidioz;
Me'da va o'nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo'llanadi.
Preparatning har qanday komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik, makrolidlar yoki ketolidlar, eritromitsinga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya (davolanish vaqtida emizishni to'xtatib turish), 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Antatsidlar (alyumin va magniy saqlovchi), etanol va ovqat azitromitsinni so'rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, shuning uchun ovqat va keltirilgan dori vositalari bilan qabul qilish orasidagi interval 1 soat oldin yoki 2 soat keyinni tashkil qilishi kerak. Digoksinni kontsentratsiyasini oshiradi.
Ergotamin va digidroergotamin: toksiklik kuchayadi (vazospazm, dizesteziya).
Linkozamin tetratsiklin va xloramfenikolning samaradorligini susaytiradi.
Geparin bilan farmatsevtik nomutanosib.
Setirizin – sog'lom ko'ngillilarda azitromitsinni 20 mg setirizin bilan 5 kunlik davolash kursini qo'llanganda muvozanat holatda Q-T intervalini farmakokinetik o'zaro ta'sirli o'zgarishlarini chaqirmagan. Didanozin - OITV-musbat bemorlarga sutkada 1200 mg dozada azitromitsinni sutkada 400 mg dozadagi didanozin bilan birga yuborilishi platsebo bilan taqqoslanganda didanozinning aniqlangan farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmagan.
Zidovudin - azitromitsinning (yagona 1000 mg li dozasi va 1200 mg li yoki 600 mg li bir necha dozalari) plazma farmakokinetikasiga yoki zidovudinni yoki uning metaboliti bo'lgan glyukuronidni siydik bilan chiqarilishiga sezilarli bo'lmagan ta'sirni ko'rsatadi. Biroq, azitromitsinni yuborilishi periferik qonning mononuklear hujayralarida fosforlangan zidovudin, klinik faol metabolit kontsentratsiyalarini oshishiga olib keldi. Ushbu faktning klinik ahamiyati aniqlanmagan, ammo bu patsiyentlar uchun foydali bo'lishi mumkin.
Azitromitsin jigardagi sitoxrom R450 tizimi bilan sezilarli o'zaro ta'sirlashmaydi. Eritromitsin va boshqa makrolidlar bilan yuzaga keladigan dorilarning farmakokinetik o'zaro ta'siri mavjud emasligi taxmin qilinmoqda.
Azitromitsin sitoxrom-metabolit kompleksi orqali P450 sitoxromni induktsiyalash yoki inaktivatsiya qilishni chaqirmaydi.
Shoxkuya hosilalari - nazariy jihatdan ergotizm yuzaga kelishi ehtimoli tufayli, azitromitsinni shoxkuya hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Azitromitsin va sitoxrom R450 ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llashdagi farmakokinetik tadqiqotlar o'tkazilgan.
Atorvastatin - atorvastatinni (sutkada 10 mg) va azitromitsinni (sutkada 500 mg) bir vaqtda qo'llanishi atorvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini o'zgarishini (GMG-KoA-reduktazaning ingibitsiya qilinishining tashhisi asosida) chaqirmaydi.
Karbamazepin - sog'lom ko'ngillilar ishtirok etgan farmakokinetik tadqiqotlarda birga azitromitsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda karbamazepin yoki uning faol metabolitining qon plazmasidagi kontsentratsiyalariga hech qanday sezilarli ta'siri kuzatilmagan.
Simetidin - azitromitsin qabul qilinishidan 2 soat oldin qabul qilingan simetidinnig bir martalik dozasini azitromitsin farmakokinetikasiga ta'sirini o'rganishga doir farmakokinetik tadqiqotlarda azitromitsin farmakokinetikasida hech qanday o'zgarishlar kuzatilmagan.
Peroral antikoagulyantlar (kumarin): azitromitsin sog'lom ko'ngillilarga yuboriladigan varfarinning bir martalik (15 mg) dozasining antikoagulyant samarasini o'zgartirmagan. Azitromitsin va kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlar bir vaqtda yuborilganidan keyin antikoagulyatsion samarani potentsiyalashi xaqida xabar berilgan. Garchi, sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsa-da, kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda azitromitsin qo'llanilganida protrombin vaqti monitoringini o'tkazish tez-tezligi haqidagi masalani ko'rib chiqish lozim.
Siklosporin - 3 kun davomida sutkada 500 mg dozada azitromitsin peroral qabul qilgan, so'ngra bir marta 10 mg/kg dozada siklosporin peroral yuborilgan sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar natijasida olingan siklosporinning AUC0-5 va Cmax ko'rsatkichlari sezilarli darajada oshishi aniqlangan. Shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda yuborish masalasini ko'rib chiqilayotganda ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim. Agar ushbu preparatlarni birga yuborish zarur bo'lsa, siklosporin darajasini nazorat qilish lozim va dozalarga tegishli ravishda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Efavirenz - azitromitsinning 600 mg li bir martalik dozasini va 7 kun davomida bir kunda efavirentsning 400 mg li dozasini birga yuborilishi klinik jihatdan ahamiyatli hech qanday farmakokinetik o'zaro ta'sirlarga olib kelmagan.
Flukonazol - azitromitsinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi flukanazolning 800 mg li bir martalik dozasi farmakokinetikasini o'zgartirmaydi. Azitromitsinning umumiy ekspozitsiyasi va T1/2 davri flukanazolni birga yuborilganidan keyin o'zgarmaydi, biroq azitromitsinning Cmax ko'rsatkichini klinik jihatdan sezilarli bo'lmagan pasayishi (18%) kuzatilgan.
Indinavir - azitromitsinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi indanavirni 5 kun davomida sutkada 3 marta 800 mg yuborilganida indanavir farmakokinetikasiga statistik jihatdan sezilarli ta'sirini chaqirmagan.
Metilprednizolon - azitromitsin metilprednizolonning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Midazolam - azitromitsinni 3 kun davomida 500 mg dozada birga yuborilishi midazolamning 15 mg bir martalik dozasi farmakokinetikasi va farmakodinamikasida klinik jihatdan sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqarmagan.
Nelfinavir - nelfinavirni birga yuborilishi qon zardobida azitromitsin kontsentratsiyasini oshishini chaqiradi. Garchi, Nelfinavir bilan bir vaqtda qo'llanganida azitromitsinning dozasiga to'g'rilashni kiritish tavsiya etilmasada, azitromitsinning ma'lum bo'lgan nojo'ya samaralarini muntazam monitoringini o'tkazish maqsadga muvofiq.
Rifabutin - Azitromitsin va rifabutinni birga qo'llanilishi qon zardobida har ikki preparatning kontsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Azitromitsin va rifabutinni bir vaqtda qo'llanganda neytropeniya holatlari kuzatilgan. Garchi neytropeniya rifabutinni qo'llash bilan bog'liq bo'lsa-da, azitromitsin majmuasi bilan sabab bog'liqligi aniqlanmagan.
Sildenafil - normal erkak sog'lom ko'ngillilarda sildenafil yoki uning aylanib yuruvchi asosiy metabolitining AUC va Cmax ko'rsatkichlariga azitromitsinning (3 kun davomida kuniga 500 mg) ta'sirini isbotlovchi hech qanday dalillar kuzatilmagan.
Terfenadin - Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromitsin va terfenadin o'rtasida o'zaro ta'sirlarni isbotlovchi hech qanday dalillar aniqlanmagan. Bunday o'zaro ta'sirlar ehtimoli to'liq istisno qilib bo'lmaydigan kam uchraydigan hollar haqida xabar berilgan; biroq bunday o'zaro ta'sir mavjud bo'lganligini isbotlovchi hech qanday aniq dalillar bo'lmagan.
Teofillin - azitromitsin va teofillinni sog'lom ko'ngillilarga bir vaqtda yuborilganida klinik ahamiyatga ega farmakokinetik o'zaro ta'siriga doir hech qanday dalillar aniqlanmagan.
Triazolam – azitromitsinni birinchi kunda 500 mg va ikkinchi kunda 250 mg azitromitsinni hamda ikkinchi kunda 0,125 mg triazolamni birga yuborilishi triazolam va platsebo bilan taqqoslanganda triazolamning biron-bir farmakokinetik ko'rsatkichlariga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan.
Trimetoprim/sulьfametoksazol - trimetoprim/sulьfametoksazolni (160 mg/800 mg) 7 kun davomida 1200 mg azitromitsin bilan birga yuborilishi 7-kunda trimetoprimni ham va sulьfametoksazolni ham Smax, umumiy ekspozitsiyasiga yoki siydik bilan chiqarilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan. Qon zardobida azitromitsinning kontsentratsiyalari boshqa tadqiqotlarda kuzatilgan kontsentratsiyalarga aynan o'xshash bo'lgan.
Preparat ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta qo'llaniladi.
Kattalarga yuqori va quyi nafas yo'llarinin, teri osti yog' kletchatkasining infektsiyalarida (surunkali migratsiyalanuvchi eritemadan tashqari): 1–kun – 500 mg bir marta, 2- kundan 5- kungacha sutkada - 500 mg dan 3 kun davomida buyuriladi.
Surunkali migratsiyalanuvchi eritemada: 1–kun – 1 g bir marta, 2- kundan 5- kungacha sutkada - 500 mg , kurs dozasi 3 g ni tashkil qiladi.
Asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsitda 1 gdan bir marta buyuriladi.
Me'da va o'nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan majmuaviy davolash tarkibida 3 kun davomida buyuriladi.
Preparatning 1 dozasini o'tkazib yuborilishi holatida o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha erta qabul qilish lozim, navbatdagi dozani 24 soatli tanaffuzdan so'ng qo'llaniladi.
Buyurilgan dozalarni kattalar va tana vazni 45 kg dan yuqori bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etiladi.
Keksa yoshli bemorlarda qo'llanilishi. Keksa yoshli patsiyentlaruchun dozaga to'g'rilashni kiritish tavsiya etilmaydi. 75 yoshdan katta patsiyentlarda preparatni qo'llash taeribasi cheklangan.
Buyrak yetishmovchiligi.
Buyrakning o'rtacha yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda (SKF minutiga 10-80 ml) dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan (SKF minutiga <10 ml) patsiyentlarda preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Jigar yetishmovchiligi.
Preparat jigarda metabolizmga uchrashi va safro orqali chiqarilishi sababli, jigarning og'ir kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga preparatni buyurish mumkin emas. Bunday patsiyentlarda preparat bilan davolash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Simptomlari: kuchli ko'ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo'qotish, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik, maxsus antidoti yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROMISIN tabletkalari 500mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROMISIN tabletkalari 500mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROMISIN tabletkalari 500mg dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd tomonidan Пакистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROMISIN tabletkalari 500mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROMISIN tabletkalari 500mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 300 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9