×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi)
Faol modda:
Ципрофлоксацин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories СП ООО
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

STREPTOMISIN poroshok 1g N50 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Adamed-Polfa S.A Polsha
34 700 s`om dan
LEVORIL tabletkalari 500mg N10 Alchemy Medicine Private Limited Hindiston
76 200 s`om dan
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi 

faol modda: tsiprofloksatsin – 10.0 mg;

yordamchi moddalar: sut kislotasi, trilon B, 1 M xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv-1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

100 mg/10 ml  infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10 ml dan ampulalarda.




Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi bakteritsid ta'sir qiluvchi preparatdir. Preparat bakteriyalarning DNK-giraza fermentini ingibitsiya qiladi, buning natijasida DNK replikatsiyasi va bakteriyalarning hujayra oqsillari sintezi buziladi. Makroorganizm hujayralariga nisbatan preparatni past toksikligi, ularda DNK-girazani yo'qligi bilan tushuntiriladi. Tsiprofloksatsinni qabul qilish fonida, giraza ingibitorlari guruhiga mansub bo'lmagan boshqa antibiotiklarga paralell chidamlilikni hosil bo'lishi yuz bermaydi, bu uni masalan, aminoglikozidlar, penitsillinlar, tsefalosporinlar, tetratsiklinlar va ko'pchilik boshqa antibiotiklarga chidamli bo'lgan bakteriyalarga nisbatan yuqori faol bo'lishiga olib keladi. Tsiprofloksatsin ko'payayotgan mikroorganizmlarga ham, tinch holatdagi mikroorganizmlariga ham ta'sir qiladi. Tsiprofloksatsinga grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Nesseria spp.); ayrim hujayra ichi qo'zg'atuvchilari: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium (hujayra ichida joylashgan) sezgir.

Tsiprofloksatsinga shuningdek aerob grammusbat bakteriyalar: Staphylococcus spp. (S.aureus, S.haemolyticus, S.hominis, S.saprophyticus), Streptococcus spp. (St. pyogenes, St.agalactiae) sezgir. Metitsillinga chidamli bo'lgan ko'pchilik stafilokokklar, tsiprofloksatsinga ham chidamlidir.
Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis bakteriyalarining sezgirligi o'rtacha. Preparatga Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asterodes rezistentdir.

Preparatning Treponema pallidum ga nisbatan ta'siri yetarli o'rganilmagan ham in vitro, ham in vivo tsiprofloksatsinga Bacillus anthracis ham sezgirdir.  
Vena ichiga (v/i) 200 mg yoki 400 mg infuziyadan keyin maksimal kontsentratsiyaga (TSmax) erishish vaqti - 60 minut, maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) – muvofiq 2,1 mkg/ml va 4,6 mkg/ml. Organizmdagi taqsimlanish hajmi 1,74 dan 5 l/kg gacha o'zgarib turadi, plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 19-40%. Organizmning to'qimalarida yaxshi taqsimlanadi (yog'larga boy, masalan, nerv to'qimasi bundan mustasno). To'qimalardagi miqdori, plazmadagiga qaraganda 2-12 marta yuqori bo'ladi.
Preparatning yuqori kontsentratsiyalari safroda, o'pkada, buyrakda, jigarda, o't pufagida, bachadonda, urug' suyuqligida, prostata bezi to'qimasida, bodomsimon bezlarda, endometriyda, fallopiy naylarida va tuxumdonlarda kuzatiladi. Preparatning bu to'qimalaridagi kontsentratsiyasi zardobidagiga nisbatan yuqori. Tsiprofloksatsin shuningdek suyaklarga, ko'z suyuqligiga, bronxlar sekretiga, so'lakka, teriga, mushaklarga, plevraga, qorin pardasiga, limfaga yaxshi o'tadi. Orqa miya suyuqligiga ko'p bo'lmagan miqdorda o'tadi, uning u yerdagi kontsentratsiyasi miya pardalari yallig'lanmagan hollarda qon zardobidagi kontsentratsiyasining 6-10% ni, yallig'langanida esa – 14-37% ni tashkil qiladi. Tsiprofloksatsin shuningdek yo'ldosh orqali ham yaxshi o'tadi. 
Tsiprofloksatsinning qon neytrofillaridagi kontsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 2-7 marta yuqori. 
Jigarda (15-30%) kam faollikka ega metabolitlari (dietiltsiprofloksatsin, sul'fotsiprofloksatsin, oksotsiprofloksatsin, formiltsiprofloksatsin) hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Vena ichiga yuborilganida yarim chiqarilish davri (T½) – 3-5 soat, surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) – 12 soatgacha oshadi. Asosan buyrak orqali tubulyar fil'tratsiya va naychalar sekretsiyasi yo'li bilan o'zgarmagan holda (v/i yuborilganida – 50-70%) va metabolitlari ko'rinishida (v/i yuborilganida – 10%), qolgan qismi – me'da-ichak yo'llari orqali chiqariladi. Ko'p bo'lmagan miqdori ko'krak suti bilan chiqariladi. V/i yuborilganidan keyin siydikdagi kontsentratsiyasi yuborilganidan keyingi birinchi 2 soat davomida zardobdagiga nisbatan deyarli 100 marta ko'p, bu siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalarini ko'pchilik qo'zg'atuvchilari uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyasidan (MBK) ancha yuqori. Buyrak klirensi – minutiga 3-5 ml/kg; umumiy klirens – minutiga 8-10 ml/kg. 
Surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) – minutiga 20 ml dan yuqori) buyrak orqali chiqariladigan preparatning foizi pasayadi, biroq preparatning metabolizmini va ichak orqali chiqarilishini kompensator oshishi oqibatida uni organizmda kumulyatsiyasi yuz bermaydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, meteorizm, anoreksiya, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o'tkazgan patsientlarda), gepatit, gepatonekroz, soxtamembranoz kolit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, yuqori charchoqlik, qo'zg'aluvchanlik, tirishishlar, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tushlar ko'rish, periferik paralgeziya (og'riq sezgisini anomal his qilish), ko'p terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reaktsiyalarning boshqa ko'rinishlari (kamdan-kam hollarda patsientni o'ziga o'zi zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatgacha bo'lgan suitsidal tendentsiyalar), migren', hushdan ketish holatlari, tserebral arteriyalarning trombozi.

Sezgi a'zolari tomonidan: ta'm va hid sezishni buzilishi, ko'rishni buzilishi (diplopiya, rang sezishni o'zgarishi), quloqlarni shang'illashi, eshitishni susayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni (AB) pasayishi, yuz terisiga qonni “oqib kelishi”ni hissi.

Qon yaratish tishimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvall ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, al'buminuriya, uretral qon ketishlar, buyrakning azotni chiqarish funktsiyasini pasayishi, interstitsial nefrit.

Allergik reaktsiyalar: terini qichishish, eshakemi, qon ketishlar va qora qo'tir hosil qiluvchi kichik tugunlarni hosil bo'lishi bilan birga kechuvchi po'rsildoqlarni hosil bo'lishi, dori isitmasi, nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz va xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, ekzantema, tugunli eritema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktik shok.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni uzilishi, mialgiya, bo'g'im sohasida shish.

Boshqalar: umumiy holsizlik, ko'p terlash, superinfektsiyalar (kandidoz), yorug'likka yuqori sezuvchanlik.

Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperurikemiya, giperglikemiya.

Mahalliy: yuborilgan joyda og'riq va achishish, flebit.
Retsept bo'yicha.
Tutqanoq bilan xastalangan, anamnezida tirishish hurujlari bo'lgan, qon miyaning qon-tomir kasalliklari va organik shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi tufayli, tsiprofloksatsinni faqat hayotiy zarur ko'rsatmalar bo'yicha buyurish lozim.
Tsiprofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki undan so'ng og'ir va davomli diareya paydo bo'lganida, preparatni bekor qilishni va tegishli davolashni buyurishni talab etuvchi soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim.
Paylarda og'riq paydo bo'lganida yoki tendovagintning birinchi belgilari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish lozim, chunki ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig'lanishi va xattoki uzilishining ayrim hollari ta'riflangan (ko'proq bir vaqtda kortikosteroidlarni qabul qilayotgan keksa patsientlarda). Tsiprofloksatsin bilan davolanish vaqtida haddan ziyod jismoniy zo'riqishlaridan saqlanish lozim.
Tsiprofloksatsin bilan davolanish davrida, kristalluriyani rivojlanishidan saqlanish maqsadida, tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Shuningdek me'yordagi diurez va siydikning kislotali reaktsiyasini tutib turish uchun, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishni ta'minlash (diurezning nazorati ostida) lozim.
Tsiprofloksatsin bilan davolash davrida ul'trabinafsha nurlanishdan (shu jumladan quyosh nurlarini to'g'ri tushishidan) saqlanish lozim. 
Davolash vaqtida protrombin indeksi oshishi mumkin (xirurgik aralashuvlarni o'tkazishda qon ivishi tizimi holatini nazorat qilish lozim).
Tsiprofloksatsin va barbiturat kislotasi hosilalari guruhiga munsub bo'lgan umumiy anasteziya uchun dori vositalari bilan bir vaqtda yuborilganida, yurak qisqarishlari soni (YuQS), AB, EKG ni doimo nazorat qilish kerak.
Glyukoza-6-degidrogenaza tanqisligi bo'lgan patsientlarda Tsipraksolni buyurish gemolitik anemiyani rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. 
Davolanish vaqtida patsientlar alkogol iste'mol qilmasliklari lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri
Tsiprofloksatsin qabul qilayotgan patsientlar  avtomobilni xaydash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi faoliyatning boshqa  potentsial xavfli turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim (ayniqsa bir vaqtda alkogol' iste'mol qilinganida).
- Tsiprofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
- nafas yo'llarining infektsiyalari: pnevmoniya (pnevmokokkli pnevmoniyadan tashqari), o'tkir bronxit va surunkali bronxitni zo'rayishi, bronxoektatik kasalligi, mukovistsidoz (agar qo'zg'atuvchisi grammanfiy bakteriyalar, ayniqsa R.aeruginosa bo'lsa);
- quloq, tomoq va burun infektsiyalari: o'tkir o'rta otit, sinusit, mastoidit;
- buyrak va siydik yo'llarining infektsiyalari: siydik yo'lining yuqori va pastki bo'limlarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (uretrit, tsistit, pielonefrit);
- kichik chanoq a'zolari va jinsiy a'zolarning infektsiyalari (epididimit, prostatit, sal'pingit, endometrit, ooforit, nay abstsessi va pel'vioperitonit, gonoreya, yumshoq shankr, xlamidioz);
- qorin bo'shlig'i a'zolarining: peritonit, qorin pardasi ichki abstsessi; xoletsistit, xolangit (metronidazol yoki klindamitsin bilan majmuada), infektsion diareya: salmonellyoz, kampilobakterioz, iersinioz, shigellez, vabo, qorin tifi;
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: infektsiyalangan yaralar, infektsiyalangan jaroxatlar, abstsesslar, flegmona, tashqi eshitish yo'lining infektsiyalari, infektsiyalangan kuyishlar;
- tayanch-harakat apparatining infektsiyalari: osteomielit, septik artrit;
• Sepsis, immuniteti pasaygan bemorlardagi infektsiyalar (immunodepressantlar bilan davolash fonidagi yoki neytropeniyali patsientlarda).
• Jarrohlik aralashuvlardagi (urologik, me'da-ichak yo'llaridagi (metronidazol bilan kombinatsiyada) va ortopedik) infektsiyalarni oldini olish. 
• Kuydirgining o'pka shaklini davolash va oldini olishda qo'llaniladi.

Pediatriyada qo'llanishi:
Tsiprofloksatsinni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda quyidagilardan tashqari boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun ishlatish tavsiya qilinmaydi:
- kuydirgini davolash va oldini olish (Bacillus anthracis bilan taxmin qilingan yoki insbotlangan infektsiyalanishdan keyin);
- o'pka mukovistsidozi bo'lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan asoratlarni davolashda qo'llaniladi.
• Tsiprofloksatsinga yoki xinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
• Homiladorlik va laktatsiya davri.
• 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar yoshi (o'pka mukovistsidozi bo'lgan 5 dan 17 yoshgacha bo'lgan bolalardagi Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan asoratlarni davolash; kuydirgining o'pka shaklini oldini olish va davolashdan tashqari).
• Tizanidin bilan bir vaqtda qo'llash (arterial bosimni yaqqol pasayish xavfi, uyquchanlik tufayli) mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: bosh miya qon-tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq sindromi, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yoshdagi patsientlar, glyukoza-6-degidrogenaza tanqisligi, glyukokortikosteroidlar bilan davolashda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlar faolligini pasayishi oqibatida, teofillin va/yoki kofein (va boshqa ksantinlarning), peroral gipoglikemik preparatlar (glibenklamidni – bu gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin), bilvosita antikoagulyantlarning (varfarin va boshq.) kontsentratsiyasini oshiradi, protrombin indeksini pasaytirish xususiyatiga ega (qon ketishlarning xavfi).
Tsiprofloksatsin tizanidinning Smax ni 7 marta (4 dan 21 martagacha) va AUC ni 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi, bu AB ni yaqqol pasayish xavfini va uyquchanlikni oshiradi. 
Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasidan tashqari) bilan bir vaqtda qabul qilish - tirishishlar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Tsiprofloksatsin va tsiklosporin bir vaqtda qo'llanganida tsiklosporinning nefrotoksik ta'siri kuchayadi (qondagi kreatinin darajasini 2 haftada bir marta nazorat qilish kerak).
Tsiprofloksatsin va glyukokortikoidlarni bir vaqtda qabul qilish paylarning uzilishini yuz berish xavfini oshirishi mumkin.
Tsiprofloksatsin va fenitoinni bir vaqtda buyurish, fenitoinning zardobdagi kontsentratsiyasini oshishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin.
Urikozurik preparatlarni birga buyurish tsiprofloksatsinni chiqarilishini sekinlashishiga (50% gacha) va plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
Boshqa mikroblarga qarshi preparatlar (beta-laktamlar, aminoglikozidlar, klindamitsin, metronidazol) bilan qo'shilganida, odatda sinergizm kuzatiladi: Pseudomonas spp. tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda preparat azlotsillin va tseftazidim bilan majmuada, mezlotsillin, azlotsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan – streptokokkli infektsiyalarda; izoksazolpenitsillinlar va vankomitsin bilan – stafilokokkli infektsiyalarda; metronidazol va klindamitsin bilan – anaerob infektsiyalarda muvoffaqiyatli qo'llanishi mumkin.
Infuzion eritma kislotasi muhitda fizik-kimyoviy barqaror bo'lgan barcha infuzion eritmalar va dori vositalari bilan farmatsevtik nomutanosib (tsiprofloksatsinning infuzion eritmasining rN – 3,5-4,6).
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda. 
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati
2 yil. 
Eritma loyqalangan va cho'kma tushgan holatlarda qo'llanilmasin. 
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish-yashilroq suyuqlik.
Vena ichiga buyuriladi, v/i oqim bilan yuborish mumkin, lekin tomchilab 30 minut (200 mg) va 60 minut (400 mg) davomida yuborish avzalroq. 
Qo'llash oldidan infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun 1 ampula kontsentratni adekvat miqdordagi infuzion eritma: 0,9% li  natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li va 10% li dekstroza eritmasi, 10% li fruktoza eritmasi, shuningdek 0,225% yoki 0,45% eritma bilan 50 ml li minimal hajmgacha eritma bilan suyultirish kerak.
Tsiprofloksatsinning dozasi kasallikning og'irligi, infektsiyaning turi, organizmning holati, yoshi, vazni va patsientning buyrak funktsiyasiga bog'liq. Odatdagi tavsiya etiladigan dozalar: v/i yuborish uchun bir martalik doza – 200 mg (og'ir infektsiyalarda – 400 mg), yuborish soni – sutkada 2 martani tashkil etadi.
Pseudomonas spp., stafilokokklar yoki Streptococcus pneumoniae chaqirgan alohida og'ir, hayot uchun xavfli yoki qaytalanuvchi infektsiyalarni davolashda v/i yuborish zaruratida; sepsisda, peritonitda, suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalarida doza 0,4 g gacha, yuborishlar soni sutkada 3 martagacha oshirilishi mumkin.
O'tkir asoratlanmagan gonoreyada – bir marta, vena ichiga 100 mg.
Operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun – operatsiyadan 30-60 minut oldin vena ichiga 200-400 mg; 4 soatdan ortiq davom etgan operatsiyada takroran huddi shu dozada yuboriladi.
Davolashning o'rtacha davomiyligi: 1 kun - o'tkir asoratlanmagan gonoreyada; 7 kungacha – buyrak, siydik chiqarish yo'llari va qorin bo'shlig'ining infektsiyalarida; neytropenik bosqichning hamma davri davomida – organizmning himoya kuchlari susaygan bemorlarda, lekin – osteomielitda va 7-14 kun – qolgan infektsiyalarda 2 oydan oshmasligi lozim. Streptokokkli infektsiyalarda kechki asoratlarning xavfi tufayli, shuningdek xlamidiyali infektsiyalarda davolash kamida 10 kun davom etadi. Immun tanqisligi bo'lgan bemorlarda neytropeniyaning butun davri davomida davolash o'tkaziladi. 
Tana harorati normallashganidan yoki klinik belgilari yo'qolganidan keyin davolashni yana kamida 3 kun o'tkazish kerak. 
Keksa patsientlarda doza 30% ga pasaytiriladi.
Buyrak kalavalari fil'tratsiyasi tezligi (KK 31-60 ml/min/1,73 kv.m yoki kreatininni zardobli kontsentratsiyasi 1,4 dan 1,9 mg gacha 100 ml) bo'lganida maksimal sutkalik doza – 800 mg. 
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga (KK minutiga 30 ml/1,73 kv. m dan kam; zardobdagi kreatinin kontsentratsiyasi 2 mg/100 mldan yuqori) sutkalik dozaning yarmini buyurish lozim, maksimal sutkalik doza -400 mg. Peritonitda ambulator peritoneal dializda bo'lgan patsientlarda tsiprofloksatsinni 1 l dializatga 50 mg dozada sutkada 4 marta intraperitoneal yuborish mumkin.
Infuziya uchun eritmani 0,9% li natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li va 10% li dekstroza eritmasi, 10% li fruktoza eritmasi, shuningdek 0,225% li yoki 0,45% li natriy xloridi eritmasili 5% li dekstroza eritmasini saqlovchi eritma bilan qo'shib aralashtirish mumkin. V/i qo'llashdan keyin davolashni peroral davom ettirish mumkin.
Kuydirgining o'pka shaklida (oldini olish va davolash):
Kattalar: 400 mg dan vena ichiga sutkada 2 marta buyuriladi.
Bolalar (5 dan 17 yoshgacha): 10 mg/kg tana vazniga kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza – v/i 400 mg (maksimal sutkalik doza – 800 mg) oshirish mumkin emas. Davolashni infektsiya yuqqani taxmin qilingani yoki tasdiqlanganidan keyin darhol boshlash kerak. Kuydirgining o'pka shaklida tsiprofloksatsin bilan davolashning umumiy davomiyligi 60 kunni tashkil qiladi.
O'pka mukovistsidozi bo'lgan 5 dan 17 yoshgacha bolalarda Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan asoratlarni davolashda tsiprofloksatsinning tavsiya etilgan dozasi har 8 soatda 10 mg/kg ni tashkil qiladi (har 8 soatda v/i 400 mg dan ko'p emas). Davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil etadi.
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, og'irroq hollarda esa chalkashish, tremor, gallyutsinatsiyalar va tishishishlar.

Davolash: simptomatik, yetarli miqdorda suyuqlikni kirishini ta'minlash. Spetsifik antidoti ma'lum emas. Intoksikatsiyada gemodializ klinik samara ko'rsatmaydi.
SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIPRAKSOL

CIPRAXOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Sipraksol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Siprofloksasin

Dori shakli: Infuziyalar uchun eritma.

Tarkibi:

1 flakon saqlaydi:

Faol modda: 100 mg eritma 200 mg siprofloksasin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi, sut kislotasi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

 

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ftorxilonlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Bakterisid ta‘sir qiladi. Preparat bakteriyalarning DNK-giraza fermentini ingibirlaydi, shuning oqibatida DNK replikasiyasi va bakteriyalarning hujayra oqsillarining sintezi buziladi. Makroorganizm hujayralari uchun past toksikligi, ularda DNK-girazani yo‘qligi bilan tushintiriladi. Siprofloksasinni qabul qilish fonida, giraza ingibitorlari guruhiga taaluqli bo‘lmagan boshqa antibiotiklarga chidamlilik paralell ishlab chiqarilishi yuz bermaydi, bu uni aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinlar va boshqa ko‘pchilik antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi. Siprofloksasin ko‘payayotgan mikroorganizmlarga ham, tinch bosqichda bo‘lganlarga ham ta‘sir qiladi. Siprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.) boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Nesseria spp.); ayrim hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilar: Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium (hujayra ichida joylashgan) sezgir.

Siprofloksasinga shuningdek grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) sezgir. Metisillinga sezgir ko‘pchilik stafilokokklar siprofloksasinga ham sezgir.

Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis bakteriyalarining sezgirligi o‘rtacha. Preparatga Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asterodes chidamlidir. Preparatning Treponema pallidum ga nisbatan ta‘siri yetarli o‘rganilmagan Bacillus anthracis siprofloksasinga invio sharoitlarda ham sezgir.

 

Farmakokinetikasi

200 mg yoki 400 mg ni vena ichiga (v/i) infuziya qilinganidan keyin, maksimal konsentrasiyasiga (TSmax) – 60 minut, maksimal konsentrasiyasi (Cmax) muvofiq – 2,1 mkg/ml va 4,6 mkg/ml ni tashkil qiladi. Organizmdagi taqsimlanish hajmi 1,74 dan 5 l/kg gacha o‘zgaradi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 19-40%. Organizmning to‘qimalarda (shu jumladan yog‘larga boy to‘qimalarga, masalan, nerv to‘qimasiga) yaxshi taqsimlanadi. To‘qimalardagi miqdori, plazmadagiga qaraganda 2-12 marta yuqori. Preparatning yuqori konsentrasiyalari safroda, o‘pkada, buyraklarda, jigarda, o‘t pufagida, bachadonda, urug‘ suyuqligida, prostata bezining to‘qimasida, bodomchalarda, endometriyda, fallopiy naylarida va tuxumdonlarda kuzatiladi. Preparatning bu to‘qimalaridagi konsentrasiyasi zardobidagiga nisbatan yuqori. Siprofloksasin shuningdek suyaklarga, ko‘z suyuqligi, bronxlar sekreti, so‘lak, teri, mushaklar, plevra, qorin pardasi, limfaga yaxshi o‘tadi.

Orqa miya suyuqligiga oz miqdorda kiradi, yallig‘lanmagan miya qobig‘laridagi uning konsentrasiyasi qon zardobidagi konsentrasiyasi 6-10%, yallig‘lanishlarda esa – 14-37% ni tashkil qiladi. Siprofloksasin yo‘ldosh orqali yaxshi o‘tadi. Siprofloksasinning qon neytrofillaridagi konsentrasiyasi zardobidagidan 2-7 marta yuqori. Jigarda (15-30%) kam faol metabolitlarini (dietilsiprofloksasin, sulfosiprofloksasin, oksosiprofloksasin, formilsiprofloksasin) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

V/i yuborilganidagi yarim chiqarilish davri (T½) – 3-5 soat, surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) – 12 soatgacha. Asosan buyraklar orqali tubulyar filtrasiya va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan o‘zgarmagan holda (v/i yuborilganida – 50-70%) va metabolitlari ko‘rinishida (v/i yuborilganida – 10%), qolgan qismi – me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. Oz miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi. V/i yuborilganidan deyarli 100 marta yuqori bo‘ladi, bu siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini ko‘pchilik qo‘zg‘atuvchilari uchun minimal bostiruvchi konsentrasiyasidan (MBK) ahamiyatli darajada ustundir.

Buyrak klirensi – 3-5 ml/min/kg; umumiy klirens – 8-10 ml/min/kg SBE da (kreatinin klirensi (KK) – 20 ml/min dan yuqori bo‘lganida) preparatning metabolizmini kompensator oshishi va ichak orqali chiqarilishi oqibatida organizmda to‘planib yuz bermaydi.

Qo‘llanilishi

Siprofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

– nafas yo‘llarining infeksiyalari: pnevmoniya (pnevmokokkli pnevmoniyadan tashqari), o‘tkir bronxit va surunkali bronxitning zo‘rayishi, bronxoektatik kasalligi, mukovissidoz (agarda qo‘zg‘atuvchisi grammanfiy bakteriyalar, ayniqsa R.aeruginosa bo‘lsa);

– quloq, tomoq va burun infeksiyalari: o‘tkir o‘rta otit, sinusit, mastoidit;

– buyrak va siydik yo‘llarining infeksiyalari: yuqori va quyi siydik yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalari (uretrit, sistit, pielonefrit);

– kichik chanoq a‘zolari va jinsiy a‘zolarning infeksiyalari (epididimit, prostatit, salpingit, endometrit, ooforit, tubulyar abssessi va pelvioperitonit, gonoreya, yumshoq shankr, xlamidioz);

– qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining infeksiyalari: qorin parda ichki abssessi; xolesistit, xolangit (metronidazol yoki klindamisin bilan majmuada), infeksion diareya: salmonellyoz, kampilobakterioz, iersinioz, shigellez, vabo, qorin tifi;

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari: infeksiyalangan yaralar, infeksiyalangan jaroxatlar, abssesslar, flegmona, tashqi tovush yo‘lining infeksiyasi, infeksiyalangan kuyishlar;

– tayanch-harakat apparatining infeksiyalari: osteomielit, septik artrit;

– sepsis immunitetni pasaygan bemorlardagi infeksiyalar (immunodeppressantlar bilan davolash fonida yoki neytropeniyali pasientlarda);

– jarrohlik aralashuvlarida infeksiyani oldini olish (urologik, me‘da-ichak yo‘llaridagi (metronidazol bilan majmuada) va ortopedik);

– kuydirgining yengil shaklini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Siprofloksasinni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagilardan tashqari boshqa infeksion kasalliklarni davolash uchun ishlatish tavsiya qilinmaydi:

– kuydirgini davolash va oldini olish;

– o‘pka mukovissidozi bo‘lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Siprofloksasinga yoki xinolonlar guruhi preparatlariga yoki preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik va laktasiya davri.
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalik va o‘smirlik (5 dan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘pka mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashdan tashqari).
  • Tizanidin bilan bir vaqtda qo‘llash (arterial bosimni (AB) ni yaqqol pasayish xavfi, uyquchanlik).

Ehtiyotkorlik bilan: bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq sindromi, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi, glyukoza-6-degidrogenaza tanqisligi, glyukokortikosteroidlar bilan davolash, natriyni past miqdori bo‘lgan parhez tavsiya qilingan pasientlar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga buyuriladi, v/i tomchilab 30 minut (200 mg) va 60 minut (400 mg) davomida yuboriladi. Siprofloksasinning dozasi kasallikning og‘irligi, infeksiyaning turi, pasientning organizmini holati, yoshiga, vazni va buyraklar faoliyatiga bog‘liq. Tavsiya qilinadigan odatdagi dozalari: v/i ga yuborish uchun bir martalik doza – 200 mg (og‘ir infeksiyalarda – 400 mg), yuborishlar soni sutkada 2 marta.

Pseudomonas spp., stafilokokklar yoki Streptococcus pneumoniae chaqirgan alohida og‘ir, hayotga xavf tug‘diruvchi yoki qaytalanuvchi infeksiyalarni, sepsisni, peritonitni, suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalarini vena ichiga yuborish bilan davolashning zarurati bo‘lganida, sutkalik dozani 0,4 g gacha, yuborish sonini sutkada 3 martagacha oshirish mumkin.

O‘tkir asoratlanmagan gonoreyada – bir marta, v/i 100 mg.

Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun – operasiyadan 30-60 minut oldin v/i 200-400 mg; operasiyaning 4 soatdan ortiq bo‘lganida xuddi shu dozada takror yuboriladi.

Davolashning o‘rtacha davomiyligi: 1 kun o‘tkir asoratlanmagan gonoreyada; 7 kungacha, organizmning himoya kuchlari pasaygan bemorlarda-neytropeniya bosqichini hamma davri davomida, lekin 2 oydan ortiq emas – osteomielitda va qolgan infeksiyalarda 7-14 kun. Streptokokkli infeksiyalarda kechki asoratlarning xavfi sababli, hamda xlamidiyali infeksiyalarni davolash kamida 10 kun davom etishi kerak. Immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda davolash neytropeniyaning hamma davri davomida o‘tkaziladi.

Davolashni tana harorati me‘yorlashganidan keyin yoki klinik belgilari yo‘qolganidan keyin yana kamida 3 kun o‘tkazish kerak.

Keksa pasientlarda doza 30% ga pasaytiriladi.

Kalava filtrasiyasini tezligi (KK 31-60 ml/min/1,73 kv. m yoki zardob kreatinini konsentrasiyasi 1,4 dan 1,9 mg gacha 100 ml gacha bo‘lganida) maksimal sutkalik doza – 800 mg ni tashkil etadi.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (KK 30 ml/min/1,75 kv.m dan pastda; kreatinin konsentrasiyasidan 2 mg/100 ml dan yuqori) sutkalik dozaning yarmini buyurish kerak, maksimal sutkalik doza 400 mg. Ambulator peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda peritonitda siprofloksasinni 50 mg dozada sutkada 4 marta 1 l dializatdaga intraperitoneal yuborish mumkin.

Infuziya uchun eritmani 0,9% natriy xloridi eritmasi, Ringer eritmasi, dekstrozaning 5% va 10% eritmasi, fruktozaning 10% eritmasi, hamda 5% dekstroza va natriy xloridining 0,225% yoki 0,45% eritmasini saqlovchi eritma bilan aralashtirish mumkin.

V/i yuborilganidan keyin davolashni peroral davom ettirish mumkin.

Kuydirgining o‘pka shaklida (oldini olish va davolash). Kattalar: 400 mg dan v/i sutkada 2 marta buyuriladi.

Bolalar (5 dan 17 yoshgacha): 10 mg/kg tana vazniga kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza – 400 mg v/i dozani oshirmaslik kerak (maksimal sutkalik doza – 800 mg).

Davolashni taxmin qilingan yoki tasdiqlangan infeksiyalanishdan keyin darhol boshlash kerak.

Kuydirgining o‘pka shaklida siprofloksasin bilan davolashni umumiy davomiyligi 60 kunni tashkil qiladi.

O‘pka mukovissidozi bo‘lgan 5 dan 17 yoshgacha bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda siprofloksasinning tavsiya etilgan dozasi 10 mg/kg dan har 8 soatda 400 mg dan v/v). Davolashning davomiyligi 10-14 kun.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, anoreksiya, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan pasientlarda), gepatit, gepatonekroz, soxta-membronoz kolit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, qo‘zg‘alish, tirishishlar, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tushlar ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riq xissi, qabul qilish anomaliyasi), terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, diareya, gallyusinasiyalar, hamda boshqa psixotik reaksiyalarni namoyon bo‘lishi, migren, hushdan ketish holatlari, serebral arteriyalarning trombozi

Sezgi a‘zolari tomnidan: xid va ta‘m bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rangni sezilishi o‘zgarishi), quloqlarni shang‘illashi.

Yurak-tomir tizimi tomnidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni (AB) pasayishi, yuz terisiga qon “oqib kelishi” “quyilishlar” his qilish.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvalo ishqoriy siydikda va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishi, buyraklarning azotni ajratib chiqarish faoliyatini kamayishi, interstisial nefrit.

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, eshakemi, qon ketishlar va qora qo‘tir hosil qiluvchi kichik tugunchalar bilan kechuvchi po‘rsillarni hosil bo‘lishi, dori isitmasi, nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz va xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, ekzantema, tugunli eritema, ekssudativ ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktik shok.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning uzilishi, mialgiya, bo‘g‘im sohasida shish.

Boshqalar: umumiy holsizlik, ko‘p terlash, superinfeksiyalar (kandidoz), yorug‘likka yuqori sezuvchanlik.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperurikemiya.

Mahalliy: yuborilgan joyda og‘riq va achishish, flebit.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gepatositlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlarining faolligini pasayishi oqibatida, teofillin va/yoki kofeinning (va boshqa ksantinlarning), peroral gipoglikemik preparatlar (glibenklamidni – gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin), bilvosita antikoagulyantlarning (varfarin va boshqalar) konsentrasiyasini oshiradi va yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, protrombin indoksini kamayishiga yordam beradi (qon ketishi rivojlanishining xavfi).

Siprofloksasin tizanidinning Smax ni 7 martaga (4 dan 21 martagacha) va AUC ni 10 martaga (6 dan 24 martagacha) oshiradi, bu AB ni yaqqol pasayish xavfini va uyquchanlikni oshiradi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) bilan bir vaqtda qabul qilish – tirishishlar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Siprofloksasin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llanganida siklosporinning nefrotoksik ta‘siri kuchayadi (qondagi kreatinin darajasini haftada 2 marta nazorat qilish kerak).

Siprofloksasin va glyukokortikoidlarni bir vaqtda qabul qilish paylarni uzilishini paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin.

Siprofloksasin va fenitoinni bir vaqtda buyurish, fenitoinni zardobdagi konsentrasiyasini oshishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin.

Urikozurik preparatlarni birga buyurish, preparatni chiqarilishini sekinlashishiga (50%) va siprofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa mikroblarga qarshi preparatlar (beta-laktamlar, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan birga qo‘llanganda, odatda sinergizm kuzatiladi: preparat azlosillin va seftazidim bilan majmuada Pseudomonas spp. chaqirgan infeksiyalarda, mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan – streptokokkli infeksiyalarda; izoksazolpenisillin va vankomisin bilan – stafilokokkli infeksiyalarda; metronidazol va klindamisin bilan – anaerob infeksiyalarda muvoffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.

Infuzion eritma kislotali muhitda (siprofloksasinning infuzion eritmasining rN – 3,5-4,6) fiziko-kimyoviy barqaror bo‘lmagan hamma infuzion eritmalar va dori vositalari bilan farmasevtik nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tutqanoqg‘i bo‘lgan, anamnezida tirishish xurujlari bo‘lgan, qon tomir kasalliklari va miyaningorganik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish xavfi sababli, siprofloksasinni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.

Siprofloksasin bilan davolash vaqtida yoki undan so‘ng og‘ir va uzoq muddatli diareya bo‘lganida, soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, preparatni darxol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish taoab qilinadi.

Paylarda og‘riq paydo bo‘lganida yoki tendovagintning birinchi belgilari paydo bo‘lganida ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida yallig‘lanishning (ayniqsa bir vaqtda glyukokortikosterodlarni olayotgan keksa pasientlarda) va xatto paylarning uzilishining alohida hollari ta‘riflanganligi sababli davolashni to‘xtatish kerak.

Siprofloksasin bilan davolash davrida haddan ziyod jismoniy yuklamalardan saqlanish kerak.

Siprofloksasin bilan davolanish davrida, kristalluriyadan saqlanish uchun, tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Shuningdek normal diurez rioya qilish va siydikni kislotali muxitini tutib turish uchun, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishni ta‘minlash (diurezni nazorati ostida) kerak.

Siprofloksasin bilan davolash davrida ultrabinafsha nurlanishdan (shu jumladan to‘g‘ri quyosh nurlarini ta‘siridan) saqlanish kerak.

Davolash vaqtida protrombin indeksi oshishi mumkin (jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazishda qon ivish tizimining holatini nazorat qilish kerak). Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarga sipraksolni buyurish gemolitik anemiya rivojlanishini sababi bo‘lishi mumkin.

Davolanish vaqtida pasientlar alkogol iste‘mol qilmasliklari kerak. Sipraksolning infuziya uchun 1 ml eritmasi 3,61 mg natriy saqlaydi. Shuning uchun natriyning miqdori past bo‘lgan parxez tavsiya qilingan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri

Siprofloksasin qabul qilayotgan pasientlar avtomobilni xaydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda (ayniqsa alkogolni bir vaqtda iste‘mol qilganda).

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, og‘irroq hollarda esa chalkashish, tremor, gallyusinasiyalar va tishishishlar.

Davolash: simptomatik, yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash. Spesifik antidoti noma‘lum. Intoksikasiyada gemodializ klinik samara ko‘rsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziyalar uchun eritma 2 mg/ml.

100 ml, 250 ml yoki 500 ml dan infuziya uchun eritma polipropilen flakonda.

100 ml, 250 ml yoki 500 ml li 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 dori vositasi Jurabek Laboratories СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIPRAKSOL konsentrat 10ml 1% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIPRO SD tabletkalari 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
IFISIPRO tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
Narh: 12 100 so'mdan Batafsil
ZID 200 infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа Лабораториез
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
SIPROKS 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROKS 250 tabletkalari 250mg N100
FLAPROKS tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIP 200 eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIP 200 eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 200ml 400mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5ml 0,3% N1
SIPROKSIM eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 17 800 so'mdan Batafsil
SIPRINOL infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
Narh: 2 218 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
SIPRAKSOL eritma 100ml 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9