14 500 s`om dan
Dorixonalardan izlash19 500 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish15 000 s`om dan
Bron qilish- faol modda: flukonazol - 50 mg, 100 mg, 150 mg;
- yordamchi moddalar: sutli qand, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, kartoshka kraxmali, natriy kraxmal glikolyati.
Флуконазолнинг фармакокинетикаси вена ичига юборилганида ва ичга қабул қилинганида ўхшаш. Ичга қабул қилинганидан кейин флуконазол яхши сўрилади, унинг қон плазмасидаги концентрацияси (ва умумий биокираолиши) вена ичига юборилгандаги шундай кўрсаткичидан 90% юқори. Овқат билан биргаликда қабул қилиш флуконазолнинг сўрилишига таъсир қилмайди. Қон плазмасидаги концентрацияси дозага пропорционал ва максимумига (Сmax) флуконазол оч қоринга қабул қилинганидан кейин 0,5-1,5 соат ўтгач эришилади, яримчиқарилиш даври эса, тахминан 30 соатни ташкил қилади.
Тақсимланиши
Тўқсон фоизли мувозанатли концентрациясига даволаш бошланганидан кейин 4-5-кунларда эришилади (препаратни суткада бир марта кўп маротаба қабул қилинганида). Капсула қабул қилинганда флуконазолнинг сўлакдаги максимал концентрациясига 4 соат ўтгач эришилади.
Одатдаги суткалик дозадан икки марта юқори зарбли дозани юбориш (1-куни), 2-куни 90% ли мувозанат концентрациясига эришиш имконини беради. Тақсимланиш хажми организмдаги сувнинг умумий миқдорига яқинлашади. Плазма оқсиллари билан боғланиши паст – 11-12% ни ташкил этади.
Флуконазол организмнинг ҳамма суюқликларига яхши киради. Флуконазолнинг сўлак ва балғамдаги концентрацияси унинг қон плазмасидаги концентрациясига ўхшаш. Замбуруғли менингити бўлган беморларда флуконазолнинг орқа мия суюқлигидаги концентрацияси қон плазмасидаги унинг концентрациясидан тахминан 80 фоизини ташкил қилади.
Терининг муғуз қаватида, эпидермисда, дермада ва тер суюқлигида юқори концентрацияларга эришилади, улар зардобдагидан юқори бўлади. Флуконазол терининг шох қаватида тўпланади. Суткада бир марта 50 мг доза қабул қилинганда флуконазолнинг концентрацияси 12 кун ўтгач 73 мкг/г ни, даволаш тўхтатилганидан кейин 7 кун ўтгач эса - фақат 5,8 мкг/г ни ташкил қилади. Ҳафтада бир марта 150 мг доза қўлланганида флуконазолнинг концентрацияси шох қаватда 7-куни 23,4 мкг/г ни, иккинчи доза қабул қилинганидан кейин 7 кун ўтгач эса - 7,1 мкг/г ни ташкил қилади.
Ҳафтада бир марта 150 мг дозада 4 ой қўллагандан кейин тирноқларда флуконазолнинг концентрацияси соғлом тирноқларда 4,05 мкг/г ва шикастланган тирноқларда 1,8 мкг/г ни ташкил қилади; даволаш якунланганидан кейин 6 ой ўтгач, флуконазол тирноқларда олдингидек аниқланади.
Метаболизм ва чиқарилиши
Препарат асосан буйрак орқали чиқарилади; юборилган дозанинг тахминан 80 фоизи ўзгармаган ҳолда сийдикда аниқланади. Флуконазолнинг клиренси креатинин клиренсига пропорционал. Қонда айланиб юрувчи метаболитлари аниқланмаган.
Қон плазмасидан узоқ муддатли яримчиқарилиш даври флуконазолни қин кандидозида бир марта ва бошқа кўрсатмаларда суткада бир марта ёки ҳафтада бир марта қабул қилиш имконини беради.
Yosh |
Doza |
Ярим чиқарилиш даври, соат |
Kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i osti maydoni (AUC), mkg/soat/ml |
9 oylik - 13 yosh |
Bir marta ichga qabul qilishga 2 mg/kg |
25,0 |
94,7 |
9 oylik - 13 yosh |
Bir marta ichga qabul qilishga 8 mg/kg |
19,5 |
362,5 |
O'rtacha 7 yosh |
Ko'p marta ichga qabul qilishga 3 mg/kg |
15,5 |
41,6 |
Keksa bemorlardagi farmakokinetikasi
Flukonazol ichga 50 mg dozada 65 yosh va undan katta keksa bemorlarda bir marta qo'llanganda, ulardan ayrimlari bir vaqtda diuretiklarni qabul qilganlar, Smax ga qabul qilingandan keyin 1,3 soat o'tgach erishilgan va 1,54 mkg/ml ni, AUC ning o'rtacha qiymati – 76,4±20,3 mkg×soat/ml, yarimchiqarilishining o'rtacha davri esa - 46,2 soatni tashkil qilgan. Bu farmakokinetik ko'rsatkichlarning qiymatlari yosh bemorlardagiga qaraganda yuqori, bu, ehtimol, keksa yoshlilar uchun xos bo'lgan buyrak funktsiyasining pasayishi bilan bog'liqdir. Diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish AUC va Smax ni yaqqol o'zgarishlarini chaqirmagan.
Kreatinin klirensi (minutiga 74 ml), o'zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqarilayotgan flukonazolning foizi (0-24 soat, 22%) va flukonazolning buyrak klirensi (minutiga 0,124 ml/kg) keksa bemorlarda yoshlar bilan solishtirganda past bo'lgan.
Preparat odatda juda yaxshi o'zlashtiriladi.
Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin:
nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tirishishlar, ta'm sezishning o'zgarishi, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor;
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qusish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi;
gepatobiliar tizim tomonidan: gepatotoksiklik, ayrim hollarda o'lim bilan yakunlanuvchi; bilirubin kontsentrasiyasining oshishi, zardob transaminazalari (alaninaminotransferaza /Alat/ va aspartataminotransferaza /ast/), ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, jigar funktsiyaining buzilishi, gepatit, gepatosellyulyar nekroz, sariqlik, xolestaz, gepatosellyulyar shikastlanish;
teri qoplamlari tomonidan: toshma, alopesiya, terining eksfoliativ shikastlanishlari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, o'tkir tarqoq ekzematoz pustulyoz, ko'p terlash, dori ta'sirida toshma;
qon yaratish a'zolari va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya, agranulositoz va trombositopeniya;
immun tizimi tomonidan: anafilaksiya (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishishi, eshakemi, qichishish);
yurak qon-tomir tizimi tomonidan: EKG da QT oralig'ining uzayishi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qaralsin).
moddalar almashinuvi tomonidan: qon plazmasida xolesterin va trigliseridlarning kontsentrasiyasining oshishi, gipokaliemiya;
tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya;
boshqalar: kuchsizlik, asteniya, kuchli toliqish, isitmalash, vertigo kuzatilishi mumkin.
Ayrim bemorlarda, ayniqsa OITS yoki saraton kabi jiddiy kasalliklari mavjud bo'lganlarda flukonazol va unga o'xshash preparatlar bilan davolashda qon, buyrak va jigar ko'rsatkichlarini o'zgarishlari kuzatilgan ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qaralsin). Lekin bu o'zgarishlarning klinik ahamiyati va ularni davolash bilan bog'liqligi aniqlanmagan.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtingiz yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Kam hollarda flukonazolni qo'llash, shu jumladan, asosan jiddiy yondosh kasalliklari mavjud bemorlarda o'lim bilan yakunlangan, jigardagi toksik o'zgarishlar bilan birga kechgan. Flukonazolni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan gepatotoksik samaralar yuz berganida, ularni preparatning umumiy sutkalik dozasi, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog'liqligi aniqlanmagan. Preparatning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo'lgan; davolash to'xtatilgaidan keyin uning belgilari yo'qolgan. Preparat bilan davolash vaqtida jigar funktsiyai ko'rsatkichlari buziladigan bemorlarni, jigarning jiddiyroq shikastlanish belgilarini aniqlash maqsadida kuzatish kerak. Jigar funktsiyaini izdan chiqishining klinik belgilari yoki alomatlari paydo bo'lganida, ular flukonazolni qo'llash bilan bog'liq bo'lishi mumkin, preparatni bekor qilish kerak.
Boshqa azollarni qo'llaganda bo'lgani kabi, flukonazol kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Flukonazol bilan davolash vaqtida kam hollarda bemorlarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terining eksfoliativ shikastlanishlari rivojlangan. OITV ga chalingan bemorlar ko'pchilik preparatlar qo'llanganda og'ir teri reaktsiyalar rivojlanishiga moyilroq bo'ladilar. Yuza zamburug'li infektsiyani davolash vaqtida bemorda toshma paydo bo'lganda, uni flukonazolni qo'llash bilan bog'lash mumkin, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv yoki tizimli zamburug'li infektsiyalari mavjud bemorlarda toshma paydo bo'lganda, ularni sinchiklab kuzatish va bullez shikastlanishlar yoki ko'p shaklli ekssudativ eritema paydo bo'lganda preparatni bekor qilish kerak.
Flukonazolni sutkada 400 mg dozada va terfenadinni bir vaqtda qo'llashni sinchkovlik bilan olib boriladigan nazorat ostida o'tkazish kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin).
Boshqa azollar kabi, flukonazol EKG da QT oralig'ini uzaytirishi mumkin. Flukonazol qo'llanganda QT oralig'ini uzaytirishi va yurak qorinchalarini xilpillashi yoki lipillashi yurakning organik kasalliklari, elektrolitli muvozanatning buzilishi va bunday buzilishlarning rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash kabi ko'p sonli xavf omillariga ega og'ir kasalliklari mavjud bemorlarda juda kam aniqlangan. Shuning uchun potentsial proaritmik holatlari mavjud bunday bemorlarda flukonazolni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jigar, yurak va buyrak kasalliklari mavjud bemorlarga preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Vaginal kandidoz bo'yicha 150 mg flukonazol qo'llanganda bemorlar holatni yaxshilanishi odatda 24 soat o'tgandan keyin kuzatilishi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak, lekin ularni butunlay yo'qolishi uchun ba'zida bir necha kun talab etiladi. Bir necha kun davomida belgilar saqlanganda, shifokorga murojaat qilish kerak.
generalizovanniy kandidoz, vklyuchaya kandidemiyu, disseminirovanniy kandidoz i drugie formi invazivnoy kandidoznoy infektsii, takie kak infektsii bryushini, endokarda, glaz, dixatelnix i mochevix putey, v tom chisle, u bolnix so zlokachestvennimi opuxolyami, naxodyatshixsya v otdeleniyax intensivnoy terapii i poluchayutshix tsitotoksicheskie ili immunosupressivnie sredstva, a takje u bolnix s drugimi faktorami, predraspolagayutshimi k razvitiyu kandidoza;
kandidoz slizistix obolochek, vklyuchaya slizistie polosti rta i glotki, pitshevoda, neinvazivnie bronxolegochnie infektsii, kandiduriya, kojno-slizistiy i xronicheskiy atroficheskiy kandidoz polosti rta (svyazanniy s nosheniem zubnix protezov), v tom chisle u bolnix s normalnoy i podavlennoy immunnoy funktsiey; profilaktika residiva orofaringealnogo kandidoza u bolnix Spidom;
genitalniy kandidoz; ostriy ili residiviruyutshiy vaginalniy kandidoz; profilaktika s tselyu umensheniya chastoti residivov vaginalnogo kandidoza (3 i bolee epizodov v god); kandidozniy balanit;
profilaktika gribkovix infektsiy u bolnix so zlokachestvennimi opuxolyami, predraspolojennix k takim infektsiyam v rezultate tsitotoksicheskoy ximioterapii ili luchevoy terapii;
Mikozi koji, vklyuchaya Mikozi stop, tela, paxovoy oblasti, otrubevidniy lishay, onixomikoz i Kojnie kandidoznie infektsii;
Glubokie endemicheskie Mikozi u bolnix s normalnim immunitetom, koktsidioidomikoz, parakoktsidioidomikoz, sporotrixoz i gistoplazmoz.
Fluask quyidagi holatlarda qo'llanilmasin:
flukonazolga, preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yoki tuzilishi bo'yicha flukonazolga o'xshash azolli moddalarga yuqori sezuvchanlik;
flukonazol sutkada 400 mg va ko'proq dozada ko'p marta qo'llash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qabul qilish ("Dorilarningo'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin);
tsizaprid, astemizol, eritromisin, pimozid va xinidin kabi QT oralig'ini oshiruvchi va CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin);
glyukozani o'zlashtirolmaslik, laktaza etishmovchiligi va glyukoza/galaktoza so'rilishining buzilishi;
3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun) da qo'llash mumikn emas.
Ehtiyotkorlik bilan
jigar funktsiyai ko'rsatkichlarining buzilishi;
buyraklar funktsiyaining buzilishi;
yuza joylashgan zamburug'li infektsiya va invaziv/tizimli zamburug'li infektsiyalari mavjud bemorlarda flukonazolni qo'llash fonida toshmaning paydo bo'lishi;
terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg dan kamroq dozada bir vaqtda qo'llash;
ko'p sonli xavf omillari mavjud bemorlardagi potentsial proaritmik holatlar da extiyotkorlik bilan qo'llaniladi (yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansini buzilishlari va bunday buzilishlarni rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash).
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ikki yil.
Kapsula ichidagisi– oq yoki deyarli oq rangli kukun.
Ичга қабул қилиш учун. Капсулалар бутунлигича ютилади.
Даволашни экиш ва бошқа лаборатор текширишларнинг натижалари олингунча бошлаш мумкин. Лекин бу текширишларнинг натижалари маълум бўлганда замбуруғларга қарши даволашни мувофиқ тарзда ўзгартириш керак.
Беморни препаратни вена ичига юборишдан перорал қабул қилишга ўтказишда ёки аксинча, суткалик дозани ўзгартириш талаб этилмайди.
Флуаск препаратининг суткалик дозаси замбуруғли инфекциянинг хусусияти ва оғирлигига боғлиқ. Вагинал кандидозда кўпчилик ҳолларда препаратни бир марта қабул қилиш самарали. Препаратни такрорий қабул қилишни талаб қилувчи инфекцияларда, даволашни фаол замбуруғли инфекциянинг клиник ёки лаборатор белгилари йўқолгунича давом эттириш керак. ОИТС ва криптококкли менингити ёки қайталанувчи орофаренгиал кандидози мавжуд беморларда инфекциянинг қайталанишларини олдини олиш учун одатда ушлаб турувчи даволашни ўтказиш керак.
Катталарда қўлланиши
1. Криптококкли менингит ва бошқа соҳаларда жойлашган криптококкли инфекцияларда биринчи куни одатда 400 мг қўлланади, сўнгра эса даволаш суткада бир марта
200-400 мг дозада давом эттирилади. Криптококкли инфекцияларни даволаш давомийлиги клиник ва микологик самара бўлишига боғлиқ; криптококкли менингитда даволаш одатда энг камида 6-8 ҳафта давом эттирилади. ОИТС чалинган беморлардаги криптококкли менингитнинг қайталанишини олдини олиш учун, бирламчи даволашнинг тўлиқ курси якунланганидан кейин Флуаск препарати билан суткада 200 мг дозада даволашни жуда узоқ муддат давом эттириш мумкин.
2. Кандидемияда, тарқалган кандидозда ва бошқа инвазив кандидозли инфекцияларда доза одатда биринчи куни 400 мг ни, сўнгра суткада 200 мг данни ташкил қилади. Клиник самаранинг яққоллигига қараб, доза суткада 400 мг гача оширилиши мумкин. Даволаш давомийлиги клиник самарадорликка боғлиқ.
3. Орофарингеал кандидозда препарат одатда 5-100 мг дан суткада бир марта 7-14 кун давомида қўлланади. Зарурати бўлганда, иммун функцияси яққол сусайган беморларда даволаш узоқроқ вақт давом эттирилиши мумкин. Тиш протезларини тақиш билан боғлиқ бўлган оғиз бўшлиғининг атофик кандидозида препарат одатда 50 мг дозада суткада бир марта 14 кун давомида, протезга ишлов бериш учун маҳаллий антисептик воситалар билан бирга қўлланади.
Шиллиқ қаватларнинг бошқа кандидозли инфекцияларида (генитал кандидоздан ташқари, қуйига қаранг), масалан, эзофагитда, ноинвазив бронх-ўпка инфекцияларида, кандидурияда, тери ва шиллиқ қаватларнинг кандидозида ва х.к., самарали доза одатда суткада 50-100 мг ни ташкил қилади, даволаш давомийлиги 14-30 кунга тенг бўлади.
ОИТС га чалинган беморларда орофарингеал кандидозни қайталанишларини олдини олиш учун флуконазол билан бирламчи даволашнинг тўлиқ курси якунланганидан кейин, ҳафтада бир марта 150 мг дан қўллаш мумкин.
4. Вагинал кандидозда флуконазол ичга бир марта 150 мг дозада қўлланади.
Вагинал кандидознинг қайталанишлари сонини камайтириш учун ҳафтада бир марта 150 мг дозада қўллаш мумкин. Қайталанишга қарши даволаш давомийлиги шахсий равишда белгиланади, ва, одатда, 6 ойни ташкил қилади. Уч ёшдан 18 ёшгача бўлган болалар ва 60 ёшдан катта беморларда бир марталик дозани шифокорнинг кўрсатмасисиз қўллаш тавсия этилмайди.
Candida spp. томонидан чақирилган баланитда флуконазол 150 мг дозада бир марта қўлланади.
5. Хавфли ўсмалари мавжуд беморларда кандидозни олдини олиш учун флуконазолнинг тавсия этилган дозаси замбуруғли инфекцияни ривожланиши хавф даражасига қараб, суткада бир марта 50-400 мг ни ташкил қилади. Тарқоқ инфекциянинг юқори хавфи мавжуд, масалан, яққол ёки узоқ вақт сақланаётган нейтропенияси бўлган беморлар учун тавсия этилган доза суткада бир марта 400 мг ни ташкил қилади. Флуконазол кутилаётган нейтропенияни ривожланишигача бир неча кун қўлланади ва нейтрофиллар сони 1000 мм3 кўпроққа ошгандан кейин, даволаш яни 7 кун давом эттирилади.
6. Тери инфекцияларида, шу жумладан оёқ панжалари, силлиқ тери, чов соҳаси микозлари ва кандидозли инфекцияларда, тавсия этиладиган доза ҳафтада бир марта 150 мг ёки суткада бир марта 50 мг ни ташкил қилади. Даволаш давомийлиги одатда 2-4 ҳафтани ташкил қилади, лекин оёқ панжаси микозларида давомлироқ (6 ҳафтагача) даволаш талаб қилиниши мумкин.
Кепаксимон темираткида тавсия этиладиган доза 300 мг ни ташкил қилади, ҳафтада бир марта 2 ҳафта давомида; айрим беморларга ҳафтада 300 мг бўлган учинчи доза талаб қилинади, шу вақтнинг ўзида айрим беморлар учун бир марта 300-400 мг қабул қилиш етарли бўлади. Даволашнинг муқобил чизмаси препаратни 2-4 ҳафта давомида 50 мг дан суткада бир марта қўллаш ҳисобланади.
Онихомикозда тавсия этиладиган доза ҳафтада бир марта 150 мг ни ташкил қилади. Даволашни инфекцияланган тирноқ алмашгунича (инфекцияланмаган тирноқ ўсиб чиққунича) давом эттириш керак. Қўллар ва оёқларда тирноқларни қайта ўсиб чиқиши учун одатда мувофиқ равишда 3-6 ой ва 6-12 ой талаб этилади. Лекин ўсиш тезлиги турли одамларда, шунингдек ёшга қараб кенг чегараларда ўзгариши мумкин.
7. Чуқур эндемик микозларда препаратни суткада 200-400 мг дозада қўллаш талаб этилиши мумкин. Даволаш 2 йилгача давом этиши мумкин. Даволаш давомийлиги шахсий равишда белгиланади; у коксидиоидомикозда 11-24 ойни, паракоксидиоидомикозда 2-17 ойни, споротрихозда 1-16 ойни ва гистоплазмозда 3-17 ойни ташкил қилади.
Болаларда қўлланиши
Катталардаги ўхшаш инфекцияларда бўлгани каби, даволаш давомийлиги клиник ва микологик самарага боғлиқ. Болалар учун препаратнинг суткалик дозаси катталар учун шундайдан ошмаслиги керак. Флуконазол хар куни суткада бир марта қўлланади.
Шиллиқ қаватлар кандидозида Флуаск препаратининг тавсия этиладиган дозаси суткада 3 мг/кг ни ташкил қилади. Биринчи куни мувозанатли концентрациясига тезроқ эришиш мақсадида 6 мг/кг га тенг зарбли дозани қўллаш мумкин.
Тарқоқ кандидоз ва криптококкли инфекцияни даволаш учун касалликнинг оғирлигига қараб, тавсия этиладиган доза суткада 6-12 мг/кг ни ташкил қилади.
ОИТС га чалинган бемор болаларда криптококкли менингит қайталанишини сусайтириш учун Флуаск препаратининг тавсия этилган дозаси суткада 6 мг/кг ни ташкил қилади.
Инфекциянинг ривожланиш хавфи цитотоксик кимёвий даволаш ёки нурли даволаш натижасида ривожланаётган нейтропения билан боғлиқ бўлган. Иммунитети сусайган беморларда замбуруғли инфекцияларни олдини олиш учун, препарат индукцияланган нейтропениянинг яққоллиги ва сақланиш давомийлигига қараб, суткада 3-12 мг/кг дан қўлланади (катталар учун дозага қаралсин; буйрак етишмовчилиги мавжуд болалар учун - буйрак етишмовчилиги мавжуд беморлар учун дозага қаралсин).
Флуаск препаратини капсулалар кўринишидаги дори шаклини болаларда тўғри қўллашнинг иложиси бўлмаганида эквивалент дозаларда препаратнинг бошқа дори шаклларига алмаштириш имкониятини кўриб чиқиш керак (ичга қабул қилиш учун суспензия тайёрлаш учун кукун ёки вена ичига юбориш учун эритма).
Кекса беморларда қўлланиши
Буйрак етишмовчилиги белгилари бўлмаганда флуконазол одатдаги дозада қўлланади. Буйрак етишмовчилиги мавжуд беморларда (креатинин клиренси ≤50 мл/дақ) препаратнинг дозасига, қуйида таърифланганидек, тузатиш киритилади.
Буйрак етишмовчилиги мавжуд беморларда қўлланиши
Бир марта қабул қилишда дозага тузатиш киритиш талаб этилмайди. Буйрак функцияининг бузилиши мавжуд беморларларда (шу жумладан болаларда) препарат кўп марта қўлланганида дастлаб 50 мг дан 400 мг гача бўлган зарбли дозани юбориш керак, шундан кейин суткалик доза (кўрсатмаларга қараб) қуйидаги жадвалга мувофиқ белгиланади:
Klirens kreatinina (ml/min) |
Tavsiya etilgan dozaning foizi |
> 50 ≤ 50 (dializsiz) Muntazam dializ |
100% 50% 100% har bir dializdan keyin |
Флуконазолнинг дозасини ошириб юборилиши ҳақида хабарлар бор ва бир ҳолатда одам иммун танқислиги вируси билан зарарланган 42 ёшли беморда 8200 мг препарат қабул қилингандан кейин галлюцинациялар ва параноидал хатти-ҳаракатлар пайдо бўлган. Бемор шифохонага ётқизилган; унинг ҳолати 48 соат давомида меъёрлашган.
Доза ошириб юборилган ҳолларда белгиларга мувофиқ даволаш (шу жумладан ушлаб турувчи чоралар ва меъдани ювиш) ни ўтказиш мумкин.
Флуконазол асосан буйрак орқали чиқарилади, шунинг учун жадаллаштирилган диурез, эҳтимол, препаратнинг чиқарилишини тезлаштириши мумкин. Уч соат давомидаги диализ сеанси флуконазолнинг қон плазмасидаги даражасини тахминан 50% га пасайтиради.